Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə153/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
Ch... xotinlari menga juda yoqdi. Vafodor, ishchan, hayotlaridan mamnun, sodda, 
kamtar ekan. Mehnatni qancha yaxshi ko‘rishsa, o‘yin-kulgini ham shuncha sevisharkan. 
Biron hafta yo‘qki, to‘ysiz o‘tsin. Har bir to‘y turli-tuman nom bilan ataladigan kechalar-
ga, marosimlarga ulashib, rosa bir haftaga cho‘ziladi. Natijada, bu yerning xotinlari har 
kecha o‘yin-kulgi qilishadi. 
Avvallari bunga qaerdan pul yetkazishar ekan, deb hayron bo‘lardim. Keyin bilsam, 
buning boshqa siri bor ekan. Masalan, har bir xotin o‘zining kelinchakligidagi kiyimlarini 
o‘n yil, yigirma yil to‘yga kiyar ekan-da, keyin top-toza holicha qiziga berar ekan. 
Bularning o‘yin-kulgilari juda sodda. Bir qari armani xotin kelib garmon chaladi, keyin 
uni odmigina ko‘ylaklik va ozgina pul bilan rozi qilib chiqarishadi. 
Ha, bularning o‘yin-kulgilari juda sodda. Shunchaligiga ham xursand bo‘lishadi, bunisi 
juda yaxshi! Oh, koshkiydi, men ham shular orasida tug‘ilgan bo‘lsam! Koshkiydi, bir 
kun mening ham barmoqlarim xinaga, hovuchlarim xurmo rangiga bo‘yalgan bo‘lsa... 
Bas, boshqa to‘g‘rilarda gaplashaylik. 
Qo‘shnilarim meni, nima uchundir, yaxshi ko‘rib qolishdi. Faqat ularga aralashmaga-
nimga, o‘yin-kulgilarga qo‘shilib bahrimni ochmaganimga jahllari chiqadi... Kerik ekan 
deyishmasin, deb ularga o‘zimni poyandoz qildim, maktabdagi qizlariga ham, ularning 
o‘zlariga ham qo‘limdan kelganicha qarashdim, xizmatimni ayamadim. 
* * * 
Bu shaharda eng yaxshi ko‘rgan yerim — soy bo‘yidagi Tolzor deb atalgan joy edi. 
Bayram kunlarida u yerga borishdan tortinaman. Lekin ba’zan kechki payt maktabdan 
qaytishda Munisa ikkalamiz boramiz. Tolzorda faqat tollargina emas, chinorlar ham bor. 
Kim biladi, bu o‘rmon necha yoshda ekan? Chinorlarning pastlari kallaklab tashlanibdi, 
faqat o‘zaklari bilan tepadagi shoxlari, yaproqlarigina qolibdi. Kechqurun soyalar cho‘zila 
boshlagan paytda bu yerga kelgan kishi o‘zini uchi-keti ko‘rinmaydigan vayrona qubba 
tagiga kirib qolganday sezadi. Yondan tushib turgan oqshom quyoshida bu azamat, xa-
rob chinor o‘zaklari ko‘z ilg‘amas uzun, siniq ustunlarga o‘xshab ketadi. Soyning narigi 
yuzida atroflariga chetan tutilgan qator-qator bog‘lar, ular orasida soyalarga ko‘milgan 
so‘qmoq yo‘llar bor. Uzoqdan ana o‘sha yo‘llarga qarasam, bular menga odamni eng shi-
rin orzulari ushaladigan boshqa bir dunyoga olib boradigandek tuyuladi. 
Shahar boylari “Xastalar tepasi” deb atalgan yerda turishar ekan. Nomi yomon bo‘lsa 
ham, o‘zi eng shod, eng baxtiyor kishilar makoni. Ch...ga kelganimda, menga u yerdan 
bir chiroyli uy ko‘rsatishgan edi, lekin rad qildim. chunki hozir men B...dagi singari ba-
davlat emasman. Shuning uchun tejamliroq yashashga, kichikroq uyda turishga majbur-
man. Lekin hozirgi uyim ham uncha yomon emas. Shaharning obod yerida: yaqinimizda 
maydon, qahvaxonalar, do‘konlar bor. Masalan, bugun ertalab Tolzorga jo‘nagan shahar 
aholisi bizning uyimiz yonidan o‘tdi. Hozir vaqt ancha erta bo‘lsa ham, qaytib kelishyapti. 
Bir zumgina avval Tolzordan bir to‘da ofitser qaytib keldi. Ular ro‘paradan shoshib ke-
layotgan leytenant bilan gaplashish uchun to‘xtashdi. 
— Nega muncha erta qaytdinglar? — deb so‘radi leytenant. — Men endi ketyapman, 
navbatchilikdan hozir bo‘shadim. 
Mundirining oldi hamisha ochiq yuradigan semiz, keksa qo‘log‘asi: 
— Ovora bo‘lmay, qayta qol. Bugun Tolzorning mazasi yo‘q. Qancha qidirsak ham gul-
bashakar* yo‘q, — deb javob qildi. Men bu qo‘log‘asini ko‘chada ko‘p uchratardim. 
Tavba, bu shaharning harbiylari gulbashakarni muncha yaxshi ko‘rishmasa-ya! Katta-
sining ham, kichigining ham og‘zidan gulbashakar tushmaydi. Nazarimda, bu guldan 
qilingan shirinlik bo‘lsa kerak. Qiziq, Xizr Ilyos kunida gulbashakar qidirish, topilmasa 
xafa bo‘lish — yosh bolalik-ku! 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin