Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə148/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
betlamay turardi. Keyin o‘rtadagi o‘ng‘aysizlikka barham berish uchun bo‘lsa kerak: 
— Voy, bu yomg‘ir-ey, bu yomg‘ir-ey! Odamni ko‘mib tashlay deydi-ya! — dedi. 
Men uning yuziga diqqat bilan qarab turardim. Undagi parishonlikning sababi yomg‘ir 
emas, tamoman boshqa narsa ekanligi ravshan edi. Asl maqsadini aytishdan avval, o‘zi-
ni bir oz bosib olmoqchi ekanligini fahmlab, darrov surishtirishga tutinmadim. 
Yuragimda uyg‘ongan birinchi his meni aldamadi. U istarasi issiq, yaxshi, tarbiyali xo-
tin edi. Nihoyat: 
— Kim bilan ko‘rishib o‘tiribman, afandim? — deb so‘radim. 
U mendan tortinayotganday boshini solintirdi. 
— Farida xonim afandim, men yot emasman. Garchi hozirgacha ko‘rishmagan bo‘lsak 
hamki, men sizni yaxshi taniyman. — U bir oz to‘xtadi, keyin o‘ziga kuch yiqqanday 
yana davom qildi: — Men hamkasblaringizdan birining opasi bo‘laman. Maktabingizning 
musiqa muallimi Shayx Yusuf afandining opasiman. 
Birdan nafasim og‘zimga tiqildi. Lekin mahkam turish, sir bermaslik kerak edi. Shu-
ning uchun: 
— Shunaqami, afandim, ko‘rishganimiz uchun xursandman, — dedim. — Shayx afandi 
bir oz tuzukmilar? 
Bu, albatta, shunday bemahalda, shu ahvolda kelgan bir kishiga aytiladigan so‘z ema-
sdi, lekin boshqa nima ham deya olardim. 
Mehmon javob topolmay jim turardi. Men esam yuziga boqishdan qo‘rqib ko‘zlarimni 
yerga qaratib oldim. Quloqlarimga zaif bir yig‘i eshitildi. Qutulishning imkoni bo‘lmagan 
bir falokatga unayotganday, boshimni yana pastroq solintirib olib kutdim. 
U yig‘lab yubormaslik uchun ko‘ksini, bo‘ynini qo‘llari bilan ezib turib: 
— Ukam shu kecha jon beradi... — dedi. — Kechga kelib ahvoli og‘irlashdi. Olti soat-
dan beri o‘zini bilmaydi. Ertalabga yetmasa kerak. 
Javob bermadim. Nima ham deyardim! 
— Kichik xonim, — dedi u, — Yusuf mendan uch yosh kichik bo‘lsa hamki, men uni 
o‘g‘lim deb bilaman. Nimaga desangiz, onamiz o‘lganda Yusuf kichkina buvak edi, men 
ham unchalik katta emasdim. Shu aholimda unga onalik qildim. Butun umrimni shu bilan 
o‘tkazdim. Tul qolganimda yoshim siznikicha edi. Yusufginam yolg‘iz qolmasin, deb 
boshqa er qilmadim. Mana endi u meni yolg‘iz tashlab ketyapti! Bularni nima uchun 
menga aytayotir deyarsiz, xonim afandi? Meni ayb qilmang, sizni shunday bemahal be-
zovta qilganim uchun, sizdan yolvorib iltimos qiladigan narsam uchun mendan xafa 
bo‘lmang, meni quvmang... 
So‘zi shu yerga kelganda birdan oyoqlari bukilib, yerga cho‘kdi. Bir balo bo‘lib qoldi 
shekilli, deb yelkalaridan ushlab turg‘azmoqchi bo‘ldim. Lekin u yerda sudralib, yig‘lab 
yurib, oyoqlarimni o‘pa boshladi. 
Ehtiyot bilan o‘zimni qutqazdim. Shunday paytlarda odam o‘zini qanchalik og‘ir-vaz-
min tutish mumkin bo‘lsa, men ham shunday vazmin tovush bilan gapirdim. 
— Xonim afandi, qayg‘ungizni tushunib turibman, ayting, qo‘limdan keladigan narsa 
bo‘lsa... 
Xotinning yig‘idan shishgan qovoqlari ostidagi so‘niq moviy ko‘zlarida umid uchqunlari 
chaqnadi. Boyoqish ko‘ksining dukurini qo‘llari bilan bosishga tirishib: 
— Yusuf o‘n yildan beri kasal edi, — dedi. — Qanchalar harakat qildim, qanchalar tiri-
shib-tirmashdim, lekin la’nati kasal yo‘q bo‘lmadi, ukam bechorani ichdan kemira bordi. 
Nihoyat, bu voqea yuz berdi... Sizni ko‘rdi. U shunaqa, hassos odam. Ana shundan keyin 
ko‘z o‘ngimda xazon bo‘la boshladi. 
Mana shu yerda o‘zimni tutolmay e’tiroz qildim: 
— Xonim afandi, qasamyod qilamanki, ukangizga biron yomonlik qilganim yo‘q. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin