Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə147/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
nima qilib bo‘lsa ham yosh ofitserni o‘ziga maftun etibdi. Xoin qiz bir haftadan so‘ng 
unashib ham olibdi. 
Vasfiya bu hodisadan juda qattiq ezilibdi. Bir yoqdan aziz dugonasi tomonidan aldan-
ganiga kuysa, ikkinchi yoqdan yolg‘iz qolganligi uchun dard chekar edi. Tez-tez oh urib: 
— Oh, Farida xonim, siz bilan naqadar yaxshi do‘st bo‘la olardik. Lekin qanday qilib 
tushuntirsam ekan, siz shu qadar xushchaqchaq, yaxshi, jonon qizsiz-ku, lekin yashash 
gashtini bilmaysiz, — derdi. 
Uyalarda tuxumlarni yangi qushchalar yorib chiqqanda naqadar nash’ali bir hayot bo-
shlansa, maktab ham hozir shunga o‘xshagan bir ahvolda edi. 
Bir necha kun avval chaqmoqlar, momaqaldiroqlar bilan boshlangan shiddatli yomg‘ir 
jazirama va sokin yoz kunlarining menga bergan mavridsiz g‘amu g‘ussalarini, dudmal 
hayot horg‘inligini yuvib ketdi. Endi qushday yengilman, vaqtim shu qadar chog‘ki!.. 
* * * 
B..., 17 ok-tyabr. 
Yomg‘ir o‘n kundan beri tinmaydi, shivalagani shivalagan. Dastlabki kunlarda men 
qatori suyangan, so‘lg‘in chehralariga musaffo hayot rangi yugurgan kechki gullar xarob 
bo‘ldi. Bechoralar bog‘chada, tinmay yog‘ayotgan yomg‘ir ostida boshlarini egib turadi, 
“bas endi!” deyishayotgandek, shimtirab titrashadi. 
Bugun kechqurun maktabdan qaytayotganimda mening ham ahvolim ularnikidan 
qolishmas edi. Shalabbo ivib ketdim. Chodram badanimga yopishdi, ko‘chada uchragan-
lar meni toza kulgi qilishdi. 
Munisa shu oqshom menga bir ahvolda ko‘rindi. Shamollab qolishidan qo‘rqib, unama-
ganiga qo‘ymay, barvaqt yotqizdim, lipa guli qaynatib ichirdim. Yaramas qiz injiqlik qilar, 
mening vahimamdan kulardi. 
— Opajonim, sovuq odamga nima qilardi? Bultur qorda, somonxonada yotganim esin-
gizdan chiqdimi? — deyardi. 
Shu kecha hech uyqum kelmadi. Munisani uxlatganimdan keyin qo‘limga kitob olib, 
divanga cho‘zildim. Yomg‘irning tomda, tarnovlarda chiqargan shovqinini, o‘n besh kun-
dan beri bitmagan bu motam kuyini eshitib yotdim. Qancha vaqt o‘tganini bilmayman. 
Birdaniga eshigim qattiq-qattiq taqillay boshladi. Shunday bemahalda kim bo‘lishi mum-
kin edi? 
Eshikni ochishga yuragim betlamadi. Mehmonxona jumbasidan* qaradim. Qorong‘ida 
o‘zini yomg‘irdan jumba panasiga olib novcha bir xotin turardi. Qo‘lidagi kleyonka yopil-
gan fonar yog‘dusi ko‘chadagi yomg‘ir ko‘loblarida jivirlar edi. 
— Kim u? — deb so‘radim. 
Titroq bir tovush: 
— Oching, Farida xonimni ko‘rgani keldim, — dedi. 
Eshikni dir-dir titrab turib ochdim. O‘sha mash’um oqshomdan beri begona xotinlar-
dan yuragim bezillab qolgan. Qaysi-qachon mana shunday begona odamlarning meni 
axtarayotganlarini bilsam, yomon xabar olib kelgandir, deb qo‘rqib ketaman. Bemahal 
kelgan mehmon yuzimni ko‘rish uchun chirog‘ini ko‘tardi. Ana shunda men ham uning 
so‘lg‘in chehrasini, g‘am to‘la moviy ko‘zlarini ko‘rdim. 
— Kirsam maylimi, xo‘jonim? 
Uning yuzi, ovozi menga dalda berdi. Kim ekanligini, nimaga kelganini so‘rab o‘tirishni 
lozim ko‘rmay, yonimdagi mehmonxona eshigini ochdim-da: 
— Marhamat, — dedim. 
Xotin uyni ho‘l qilib qo‘yishdan tortinayotganday tevaragiga qarar, o‘tirishga yuragi 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin