Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə157/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
kur, bir mahallar amakim Parijdan yuborgan bitta ko‘k kostyumim bor edi. 
Nadida xonim afandini pastdagi xonada anchagina kuttirib qo‘yishdan tortinmadim. 
B...da ekanligimda allaqaysi bir Yevropa jurnalidan sochlari modali qilib taralgan bir xo-
tin kishi rasmini kesib olgan edim. Shuni oynagimning romiga qadab qo‘yib taranishga 
tutindim. O‘zimni o‘shanga o‘xshatish uchun butun san’at va mahoratimni sarf qildim. 
Natijada, madam nihoyatda go‘zal bo‘lsa ham, lekin fasli o‘tganroq edi. Lekin nima 
qilay? Men bugun bir artist singari bu kibor qishloq dilbarlarida qoldiradigan taassurotim-
nigina o‘ylashim kerak. 
Kichkina xonimni pastda kutdirishdan maqsadim, faqat yasanib-tusanishdangina ibo-
rat emas edi. Olaqorong‘i, faqir ashyoli uy oynagida kulimsiragan yosh qizni tomosha 
qilish uchun ham kuttirgan edim. Men oynakdagi qizga begona odamga qarayotgandek, 
uyalib-qizarib qarardim. Modomiki, xotira daftarimni mendan boshqa hech kim o‘qimas 
ekan, nega endi haqiqatni e’tirof etmayin? Oynakda menga qarab kulimsirab turgan qiz 
nihoyatda go‘zal edi. Diqqat bilan qaraganimda, u menga insonning aqlini shoshirib 
qo‘yadigan darajada go‘zal ko‘rindi. Menga tamoman yangi ko‘zlar qarab turar edi. Bu 
ko‘zlar men bir mahallar Istambulda tanigan shod, sho‘x, qayg‘usiz Choliqushining 
ko‘zlariga sira o‘xshamas edi. Bu ko‘zlarda qorong‘i kechalarda boqa-boqa o‘tgan yolg‘iz-
lik damlarining qora alam va g‘ussalari, horg‘inlik, dilxunlik, uyquga va boshqa narsalar-
ga to‘ymagan ko‘zlarning achchiq mahrumiyati bor edi. Bu ko‘zlar kulmasa jonli bir izti-
rob kabi zo‘r va chuqur ko‘rina bilardilar. Faqat kula boshladi degunlaricha, har narsa 
o‘zgarib ketadi. Ana shunda kichrayadi, nurlari ichlariga sig‘maydi, mayda uchqunlar ka-
bi yonoqlariga to‘kila boshlaydi. 
Bu yuzda naqadar go‘zal, naqadar alomat chiziqlar bor? Odamda yig‘lab yuborish 
havasini tug‘diradigan go‘zal narsalar bor. Nuqsonlarimda ham qandaydir malohat borli-
gini ko‘raman. Taqirdog‘idagi pochcham: “Farida, qoshlaring ham tilingga o‘xshaydi, 
go‘zal-go‘zal, nozik-nozik boshlanadi-yu, keyin yo‘lini yo‘qotib qo‘yadi”,— deyar edi. 
Pochcham aytgan go‘zal-go‘zal, nozik-nozik boshlangandan so‘ng yo‘lini yo‘qotgan bu 
qoshlarning chakkalarga qarab nihoyatda chiroyli suzilib ketganligini ko‘rdim. 
Endi mana bu lablar! Yuqorigisi bir oz kalta, qisqa bo‘lganligi uchun doimo kulib, do-
imo ustki tishlarimni bir oz ko‘rsatib turgan ustki labim, bir mahallar Bursadagi Hoji 
afandi aytganidek, meni qabrga ham kulgi bilan olib boradi. 
Nadida xonimning pastda botinkalarini jo‘rttaga dukurlatib yurganligini eshitsam ham, 
negadir, oynakdagi kichik xonimdan o‘zimni ayira olmayman. 
B...da “Ipak qurti”, Ch...da “Gulbashakar” deb qo‘yilgan laqablar menga qancha ozor 
yetkazgan edi. Mana hozir, oynada ko‘rinib turgan yosh qizga, subhidam yorug‘i kabi 
ravshan, qirov tomchilari o‘tirgan aprel gullari kabi toza bu qizga men ham shu ismlarni 
berishdan hozir tortinmadim. Birov qarab turmaganmi ekan, degan hadik bilan tevara-
gimga alangladim, so‘ngra o‘z-o‘zimni, ko‘zlarimni, yonoqlarimni, iyagimni o‘pish uchun 
oynakka cho‘zildim. Yuragim qush kabi tipirchilar, lablarim lazzat bilan titrardi. 
Lekin, afsuski, oynaklar ham erkaklar ijodidir. Inson hech mahal o‘z sochlarini, ko‘zla-
rini o‘pmaydi. Nima qilsa ham, qanchalik tirishib-tirmashsa ham o‘zini faqat lablaridan, 
og‘zidangina... 
Yo ollo, nimalar deyapman? Aleksi opa: “Pop jaddasi odam qalbini ham pop qiladi”, — 
deyar edi. Bundan chiqdi, nozli qilib taralgan bosh ham odamni nozli qilib yuborarmikin? 
Maktab o‘qituvchisiga yarashmagan naqadar ma’nosiz, naqadar ayb so‘zlar bu. 
Ikki yil jim o‘tirganimdan keyin bugun bir oz sho‘xlik qilishga haqqim bor edi. 
Xonimlarni zallarning birida artistlikni endi o‘rgana boshlagan kishilar qiyofasi bilan 
menga qarab turishganlarini ko‘rib, ichimdan kuldim, keyin “Hali ko‘rasiz, picha sabr 
qilinglar” deb ko‘nglimdan o‘tkazdim. Ular boshqalar singari uy bekasini, oyimqizlarining 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin