www.ziyouz.com kutubxonasi
174
— Qizim, bu yerdan ikki soatlik masofada bitta bo‘lis maktabi bor. Ob-havosi yaxshi,
manzarasi nihoyatda chiroyli joy...
Bu nutq meni Zaynilar qishlog‘iga yuborilayotgandagi nutqning o‘zginasi edi. Birdan
jinniligim tutdi-yu, kulib, so‘zini og‘zidan oldim:
— O‘zingizni urintirmang, bey afandi, sizning o‘rningizga men gapiray, — dedim. —
Maorif bo‘limi ko‘p mehnat va mablag‘ sarf qilib, maktabni butunlay yangiladi. Endi u
menday yosh muallimaning himmat va fidokorligiga muhtoj, shundaymi? Mersi, bey
afandi. Bu iltifotingizni bir marta Zaynilar qishlog‘iga ketayotganimda ko‘rgan edim.
Bu so‘zlarni aytib turganimda, albatta, mudir meni quvib chiqaradi, deb ishongan
edim. Lekin qiziq bo‘ldi. Jahli chiqmadi, aksincha, qah-qah urib kulib yubordi. Keyin fay-
lasufnamo:
— Nachora qizim? Vazifa burchi. Sen bormasang, u bormasa, kim boradi, axir, — de-
di.
Maorif bo‘limining idorasida ish bilan kelgan odamlar hamisha to‘lib-toshib yotadi.
Burchakdagi kursidan birdan xirqi tovush ko‘tarildi:
— Voy, bu yana qanday yong‘oq qurti, a?
Yong‘oq qurti? Ipak qurti, Gulbashakar deb-ku jonimni olishgan edi, endi yong‘oq qur-
ti bo‘lishim qolgan ekan-da?
Men cho‘rt o‘girildim. Menga turli-tuman ismlar, o‘z mayllariga qarab goh “shirin”, goh
“qurt” kabi ismlar bergan hayosizlardan birini tutib oldim. Endi uning ta’zirini yaxshilab
bermoqchi, boshqalarning alamini bundan chiqarib olmoqchi bo‘lib turganimda, u
so‘zlashga imkon bermay, maorif bo‘limi mudiri tomonga o‘girildi-yu, buyruq be-
rayotganday qilib:
— Kichik xonim nimani xohlasa ber, xudo haqqi, xafa qilma qizaloqni, — dedi. Mudir
g‘oyat hurmat bilan javob berdi:
— Buyruqlarini bajo keltirishga tayyorman, Rashidbey afandi. Lekin hozir haqiqatan
ham bizda bo‘sh o‘rin yo‘q. Faqat rushdiyaning frantsuzcha muallimaligi o‘rni bor, xolos.
Albatta, bu o‘rin xonimga to‘g‘ri kelmaydi.
— Nega to‘g‘ri kelmas ekan, afandim? — dedim o‘zimni tutolmay. — Axir joriyangiz
B...dagi xotin-qizlar bilim yurtida frantsuz tilini o‘qitgan-ku!
Mudir shoshib qoldi.
— Shunaqa, lekin konkurs e’lon qilganmiz. Ertaga imtihon.
Rashidbey:
— Juda soz! Kichik xonim ham konkursga qatnashsin, xo‘pmi? — dedi. — O‘zim ham
imtihonda bo‘laman, xudo xohlasa, men kelmasdan imtihon boshlanmas...
Rashidbey, chamamda, katta odam bo‘lsa kerak. Lekin, voy xudo-ey, munchayam
badburush-a! Xunuk basharasini ko‘rib, kulib yubormaslik uchun lablarimni mahkam ti-
shlab turdim. Odam degan yo bug‘doyrang, yo oq bo‘ladi, shunday emasmi? Bu bey
afandining yuzida yangigina bitgan yaralarning zahilligidan tortib ko‘mir qorasigacha
bo‘lgan ming xil rang bor edi. Terisining tusi shu qadar mog‘or ediki, yoqasining kir
bo‘lib ketmaganiga odam hayron qoladi. Bamisoli birov hazillashib qo‘lini qora kuyaga
tiqqan-u, keyin buning yuziga keltirib surtgan deysiz. Yaraga o‘xshash qip-qizil, kipriksiz
qovoqlari ostida bir-biriga tutashguday bo‘lib ketgan baqa ko‘zlar. Oppoq mo‘ylovlari us-
tidan lablarigacha osilib tushgan g‘alati burun. Lunjlarini bir tomosha qiladigan. Xuddi
maymunlar og‘izlariga yong‘oq to‘lg‘azib olganlaridagi singari lunjlari yuzining ikki
yog‘idan osilib tushgan.
Ammo rosa mahovat qilib yubordim. Haqiqatni aytganda, Rashidbek afandining bir
necha og‘iz so‘z bilan menga qilgan yaxshiligi hazilakam narsa emas. Harholda, tabiat bu
bey afandining yuzini chizgandan so‘ng juda haddidan oshib ketganini ko‘rgan-u, adolat-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |