Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə175/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
sizligini yuvish uchun unga ajoyib qalb bergan. 
Meningcha, ko‘ngil go‘zalligi yuz-ko‘z go‘zalligidan ming chandon yaxshiroq! 
Qalbsiz go‘zallik bechora xolavachcha qizlarning hayotini barbod qilishdan, ko‘nglini 
sindirishdan boshqa nimaga ham yarardi! 
* * * 
Iz-mir, 22 sen-tyabr. 
Bugun konkursga qatnashdim. Yozuv imtihoni yomon o‘tdi. “Istiqsor, istismor, istitof 
kabi otlardan yasalgan sakkiz-o‘n fe’lning o‘tmish va hozirgi zamon shakllarini frantsuz-
cha yozib ko‘rsating”, — deyishdi. Bu so‘zlarning turkchasini bilsaydimki, frantsuzchasini 
yozsam! Lekin og‘zaki imtihon yaxshi o‘tdi. Rashidbey afandi men bilan frantsuzcha 
so‘zlashdi. Imtihonda albatta yutib chiqishimni so‘z orasida ishora qilib ketdi. 
E xudo, Munisaga rahming kelsin-da! 
* * * 
Iz-mir, 25 sentyabr. 
Bugungi konkurs natijalari e’lon qilindi. Men imtihondan o‘tolmabman. Maorif bo‘limi-
ning kotiblaridan biri: 
— Rashidbey afandi xohlasa, albatta, o‘tardingiz. Uning ra’yiga kim qarshi chiqa olar-
di? Nazarimda, biron niyati bo‘lsa kerak, — dedi. 
Ahvolim juda og‘ir. Ikki kundan keyin uyning ijara haqini to‘lashim kerak. Onamdan 
qolgan so‘nggi medalon qora kunimga yaradi. Bugun uni qo‘shnilarimdan biriga berdim, 
eriga sottirib, pulini olib kelib beradi. Bu yodgordan ajraganim uchun juda achindim
chunki ichida oyim bilan otam uylangan yillarida tushgan suratlari bor edi. Bechora surat 
endi yalang‘och qoldi! Lekin bu haqda ham o‘zimga tasalli topdim: 
— Onam bilan otam bir parcha oltin ichida yotgandan ko‘ra, kimsasiz qizlarining qalbi-
da yashashni, albatta, afzal ko‘rishadi, — dedim. 
* * * 
Iz-mir, 27 sen-tyabr. 
Bugun Rashidbey afandidan bir parcha xat oldim. U menga ish topibdi. Bu haqda gap-
lashish uchun meni Qarshiyoqadagi chorbog‘iga taklif qilibdi. Maorif bo‘limidagi kotib bu 
beyning menga qarshilik qilganini aytib edi. Demak, noto‘g‘ri aytgan ekan-da? Ko‘ramiz, 
ertaga ma’lum bo‘ladi. 
* * * 
Iz-mir, 28 sen-tyabr. 
Rashidbey afandining Qarshiyoqadagi chorbog‘idan hozirgina qaytib keldim. Chorbog‘i 
chinakam saroyga o‘xshaydi. U kishiga nima uchun shuncha hurmat bilan qarashlarining 
sababini endi payqadim. 
Rashidbey meni hurmat-ehtirom bilan qabul qildi. Frantsuzcha gapirishimni juda 
yoqtirganini, lekin hamkasblarining menga qilgan adolatsizliklariga mone bo‘lolmaganli-
gini aytdi. Xatida tilga olingan ish esa qizlarini frantsuzchaga o‘qitish ishi emish. 
— Xonim qizim, — dedi, — iste’dodingiz kabi odob va qiyofangiz ham menga juda 
manzur bo‘ldi. Maorif maktablarida o‘zingizga jabr qilib nima qilasiz? Qizlarimga frantsuz 
tilini o‘rgating. Biz bilan birga o‘tirib, birga turasiz. Sizga bitta chiroyli xona beramiz, 
xo‘pmi? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin