www.ziyouz.com kutubxonasi
180
Mehmonlarning hammasi bir og‘izdan: “Voy, munchayam chiroyli ekan!” deb
qichqirishdi, keyin qo‘llarini silkitishib, meni chaqirishdi.
Men ular tomonga bora turib:
— Foydasi yo‘q, har qanaqa bo‘lganda ham men o‘z deputatimdan kechmayman, —
dedim.
Albom ustida bir-biriga aralashib ketgan mayin sochlar orasidan boshimni suqdim,
men ham ular qatori “voy” deyishdan o‘zimni tutib qololmadim. Albom sahifasidan
ko‘zlarimga tikilib kulimsirayotgan surat Komronniki edi!
Sabohat bu surat egasini mazax qilmadi, qaytaga ko‘p hurmat va izzat bilan dugona-
lariga ta’rif qilib berdi:
— Bu kishi Munavvar xolamning kuyovlari bo‘ladilar. O‘tgan bahor Istambulda ekani-
mizda to‘ylari bo‘ldi. O‘zini ko‘rsangiz, surati ham gapmi! Biram ko‘zlari, biram xushbi-
chim burni borki, tomosha qiladigan. Shoshmanglar, men sizlarga bir boshqa qiziq nar-
sani aytib beray: bu bey xolalaridan birining qizini yaxshi ko‘rarmish. Qiz esa kichkina,
injiq, juda sho‘x narsa emish. Sho‘xligidan, qaqajonligidan unga Choliqushi degan laqab
ham qo‘yishgan ekan. Choliqushi Komronbeyni nima uchundir xohlamabdi, ko‘ngil
ko‘ngil-da...
Shunday qilib, to‘ylariga bir kun qolganda yotu begona yurtlarga boshini olib qochib ke-
tibdi, Komronbey oylarcha kuyib-yonib vafosiz qizni kutibdi. To‘g‘ri-da, qaytib kelish ko‘ngli-
da bo‘lsa, to‘y kechasi qochib ketarmidi? Munavvar xolam qaynanasining qo‘lini o‘pganda
men o‘sha yerda edim. Bechora kampir, bir shoxda turmaydigan u g‘alati Choliqushini esladi
shekilli, yosh boladay yig‘lab yubordi.
Bu tafsilotni orqamdagi pianinoga suyanib, hech nima demasdan, qimir etmay turib
eshitdim. Komron hamon albom ichidan menga kulib turardi.
Sekingina:
— Qalbsiz! — dedim.
Sabohat menga qaradi:
— Juda to‘g‘ri aytdingiz, Farida xonim. Shu qadar go‘zal, shu qadar ajoyib bir yigitga
vafo qilmagan qizni “vafosiz” demasdan bo‘lmaydi.
* * *
Komron, men sendan nafratlanaman. Bo‘lmasa, bu xabarni eshitganimda yig‘lar,
hushimdan ketar, aza tutardim. Aksincha, men shu kuni shunchalar kuldim, atrofimdagi
odamlarni shunchalar xushvaqt qildimki, umrimda hech mahal bunday bo‘lmagan edi.
Agar bir necha soatdan keyin boshimga falokat tushmagan bo‘lsa, men shu bugunni um-
rimning eng baxtli kuni deb hisoblardim. Kechki payt havo ochilib, dalada sayr qilishi-
mizga imkon tug‘ildi. Biz sel suvi hayqirib oqayotgan anhor bo‘yi bilan ketayotgan edik,
mehmonlardan biri anhorning narigi yuzidagi xrizantema gulini ko‘rib: “Voy, munchayam
chiroylik-a, qani endi olishning iloji bo‘lsa!” deb qoldi.
Men kulib:
— Xohlasangiz, sizga hadya qilishim mumkin, — dedim.
Anhor keng, chuqur bo‘lgani uchun anchagina xavfli edi. Qizlar kulishdi. Bittasi hazil-
lashib:
— Ko‘prik bo‘lsa-yu, yaxshi bo‘lardi-ya, — dedi.
Men parvoyimga ham keltirmay:
— Ko‘priksiz ham o‘tsa bo‘ladi, — dedim-u, suvga sakradim.
Orqadan qiy-chuv ko‘tarildi.
U tomonga bir amallab o‘tishga o‘tdim, lekin xrizantemani uzib olishga muvaffaq
bo‘lmadim, chunki qirg‘oqqa yetganimda oyog‘im tiyg‘anib ketdi. Yiqilib ketmaslik uchun
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |