Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə179/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
zik qizlari-ey! Havo jindek o‘zgardimi — bo‘ldi, darrov gulday sarg‘ayishadi-qolishadi, — 
dedi. 
Hamma meni qiyinchilikka chidamaydigan arzanda, nozik, kasal qiz deb hisobladi. 
Men ularning gaplarini bosh ishorasi bilan tasdiqlar, shunday deb o‘ylaganlari uchun hat-
to minnatdor ham edim. 
Lekin ularga yolg‘on aytdim. Bu safargi hushdan ketishimning sababi boshqa edi. Shu 
kuni Choliqushi umrida birinchi marta och qolgan edi! Nima qilay, uyalsam-da yozib 
qo‘yishga majburman. 
* * * 
Qar-shiyoqa, 11 ok-tyabr. 
Bugun Farhunda bilan Sabohatga yana Izmirdan mehmonlar keldi. Bular o‘n besh bi-
lan yigirma yoshlar o‘rtasidagi to‘rtta qiz edi. Choshgohdan so‘ng dengiz sayohatiga 
chiqmoqchi, qayiqda Bayroqligacha bormoqchi bo‘ldik. Endi ko‘chaga chiqqanimizda, ak-
siga yurib, yomg‘ir yog‘ib qoldi. Tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushib, yana mehmonxonaga 
qaytib kirdik. Kichik xonimlar bir oz pianino chalishdi, u yoq-bu yoqdan g‘iybat qilishdi, 
keyin ikkita-ikkita bo‘lib burchak-burchakda shivirlasha boshlashdi. Xuddi birov 
qitiqlayotganday qichqirishib, sharaqlashib kulishlaridan nimalarni gaplashayotganlari 
ma’lum edi. 
Sabohat juda ham sho‘x, juda shayton qiz. Mehmonlarini zeriktirmaslik uchun turli-tu-
man qiziqchiliklar o‘ylab chiqaradi. Etajerkada oila a’zolari va do‘stlarining suratlari bilan 
to‘liq albomlar bor edi. Shulardan bittasini oldi-da, dugonalarini stol atrofiga yig‘ib, su-
ratlarini ko‘rsata boshladi. Suratlar emas, Sabohatning topgan gaplari g‘alati edi. U har 
bir suratni ushlab olib, undagi kishining hayoti, tabiati to‘g‘risida shunday qiziq narsalar 
aytardiki, kula-kula ichaklarimiz uzilardi. Masalan, ko‘kragi ordenlar bilan to‘la, haybatli 
bir posho, ya’ni dunyo hukmroniday ko‘ringan bu mo‘ysafid cholni xotini supurgi bilan 
rosa urgan emish. 
Qarindoshlaridan savlatli bir xotinning suratini ko‘rsatdi, aftidan, viloyatli ekani bilinib 
turardi. Bir kun kemadan Qo‘qoriyali limaniga tushayotganida, bir nima bo‘lib, dengizga 
yiqilib ketibdi. Esxonasi chiqib ketganidan o‘z viloyatining shevasida “Shirin jonimdan 
ayrilyapman, qutqaringlar!” deb chinqiribdi. 
Rashidbeyning ko‘nyalik sut tog‘asi bor ekan. Suratini ko‘rgan kishi kulmay turolmay-
di. Boshida salla, egnida cholvor, imom domlaning o‘zginasi. Buning ro‘parasidagi ikkin-
chi suratda esa deputat bo‘lgandan keyin frak kiyib, yakka ko‘zoynak bilan tushgan ras-
mi turibdi. 
Imom domla deputatga xo‘mrayib qarab turibdi, deputat esa uni ermak qilib olayib 
turibdi. Bu shunaqayam alomat surat ediki, yangi sahifani ochib yubormasin, deb Sa-
bohatning qo‘lini ushlab olib toza kuldim. 
Farhunda men bilan hazillasha boshladi: 
— Farida xonim, xohlasangiz sizni shu zotu husnobodga beramiz, hozir boshi ochiq, — 
dedi. — Avvalgi xotinlarini qo‘yib, endi deputatga loyiq, yevropalashgan xonim qidirib 
yuribdi. 
Men hamon kulishdan to‘xtamay stol yonidan uzoqlashdim-da, Farhundaga: 
— Hoziroq yozing, men roziman. U kishiga tegadigan xotin boshqa yerdan baxt topol-
maganda ham umrini hech bo‘lmasa kulgi bilan o‘tkazadi-ku, — dedim. 
Sabohat yangi sahifani ochib, meni qo‘li bilan imladi. 
— Farida xonim, mana bu suratni ko‘rsangiz, deputatimizdan aynib qolarmikansiz, 
deb qo‘rqaman, — dedi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin