Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Imom abu yusuf hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 53,27 Kb.
səhifə1/8
tarix18.10.2022
ölçüsü53,27 Kb.
#65400
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi tayyor


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….4
ASOSIY QISM
I BOB. IMOM ABU YUSUF HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI…….………9

    1. Imom abu yusufga imomi a’zamning nasihatlari…………………………..11

    2. Imom аbu yusufniyg ilmiy-mа’nаviy merosi………………………………15

II BOB. KITOBUL XАROJ”………………………………………………….17
2.1 “Kitobul osor”…………………………………………………..………….21
2.2 Aаdаbul qozi uslubidа kitob yozgаn hаnаfiy ulаmo………….……………26
XULOSA…………………………………………………………………………27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……….………………………………28
Kirish
Bismillahir rohmanir rohiym
Allloh, subhanahu va taologa hamdu sanolar, barcha payg’ambarlarning peshvosi, butun olamga rahmat etib yuborilgan Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, u kishining ahllari, ashoblariga va u zotga ergashganlarga salavotu durudlar bo’lsin.
Mamlakatimizda bugungi kunimizda muhim vazifalardan biri ma’naviyatni yuksaltirish, Islom dinini to’laligicha tushuntirib berish va uni kamol toptirish yo’lida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ulkan ma’naviyatimizni tashkil etuvchi yirik masalalardan biri islomiy ilmlarni rivojlantirish, islom madaniyati va axloqi bilan bog’liq ilmiy muammolarni atroflicha va chuqur tadqiq etishdan ham iboratdir. Shu bois dinimizda ilm olishga, bilmagan narsalarini so’rab, din asoslarini va ibodat tartiblarini o’rganishga katta e’tibor berilgan.1
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga kuta-rur” (Mujodala surasi, 11-oyat), “Allohdan bandalari orasidagi olim - bilimdonlargina qo’rqur” (Fotir surasi, 28-oyat).
Xadisi shariflarda ilm olish, surab-o’rganishning fazilatlari bayon etilgan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ummatlariga beshikdan qabrgacha ilm izlashni buyurganlar. U zot sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qo’yadi va unga tug’ri yo’lni ko’rsatadi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Tarixga nazar soladigan bo’lsak, Damashq; shaxrida xukmronlik qilgan umaviylar sulolasi zamonida hokimiyat masalasida kelishmovchiliklar va ziddiyatlar bo’lgan. Buning natijasida huquqshunoslik masalalarini amaliy hayot talablariga joriy etish birmuncha qiyinlashadi. O’ziga xos muammolar, to’siqlar paydo bo’ladi.
Abbosiylar davriga kelib esa, bu yo’nalishlarda burilish ro’y beradi. Agar umaviylar siyosati hokimiyat masalasida ko’proq dunyoviylikka moyillik bildirishgan bo’lsa, abbosiylar diniy xamda dunyoviylikni barobar olib borishga in- tilishadi.
Abu Hanifa (699-769)ning yetuk va zukko shogirdlaridan biri Abu Yusuf (731-798) Horun Rashid (786-809 xalifalik davri) davrida qozilik vazifasida faoliyat yuritgan.2
Imom Abu Yusuf onasining qo’lida voyaga yetadi. Xalol kasb va mehnat bilan ulug’ darajaga ko’tariladi. Uning ilmga bo’lgan qiziqishi yoshligidan shakllana boshlaydi. Imomi A’zamning ta’limoti asosida bilimga ega bo’ladi. U tengqurlari orasida ilmu salohiyati, zexni va farosati bilan ajralib turar edi. Imom Abu Yusuf hanafiy mazxabiga katta hissa qo’shgan shaxslardan biridir. U qozilik ishi va qozilar haqida barcha qoidalarni tartibga keltirib bergan kishidir. Imom Abu Yusufning bizgacha yetib kelgan 4 ta asari butun Islom olamida ma’lum va mashhurdir. Imom Abu Yusuf ilmiy-ma’naviy meroslaridan bugungi kunda xam foydalanib kelinmoqda.
Alloh taolo bu xayrli ishda bizga O’zi madadkor bo’lsin!



Yüklə 53,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin