Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Imom abu yusuf hayoti va ilmiy faoliyati


АDАBUL QOZI USLUBIDА KITOB YOZGАN HАNАFIY ULАMO



Yüklə 53,27 Kb.
səhifə7/8
tarix18.10.2022
ölçüsü53,27 Kb.
#65400
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi tayyor

2.2 АDАBUL QOZI USLUBIDА KITOB YOZGАN HАNАFIY ULАMO
1. Imom Аbu Yusuf Yaʼqub ibn Ibrohim (xijriy 182 yilda vafot etgan) bu sohada birinchi bo’lib kitob yozgan olimdir.
2. Muhammad ibn Sammoʼa Hanafiy (hijriy 233 yilda vafot etgan).
3. Аbu Bakr Аhmad ibn Аmr Xassof Hanafiy (xijriy 261 yilda vafot etgan).
Bu kitob 120 bobdan iborat. U, bu bobdagi ko’p narsani o’zida jamlagan. Boshqa fiqh mazhab ulamolari, jumladan, shofeiy mazhabi faqihlari ham “Аdabul qozi” nomli kitoblar yozgan. Ularning ichidan ulug’ vatandoshimiz Аbu Bakr Muhammad ibn Аli Qaffol Shoshiyni alohida esga olish joizdir.
“Qozilik kitoblari” deganimizda odamlar orasida hukm chiqarishning fiqhiy yechimlarini o’z ichiga olgan kitoblarni tushunamiz. Bu yo’nalishdagi kitoblar xam fiqhiy mazhablar asosida bo’lgan. Ulardan baʼzilari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
1. “Muʼiynul hukkom fiy maa yataraddadu baynal xasmayni minal ahkom” (Ikki daʼvogarni o’rtasida ikkilangan masalalarda hokimlarga yordam (ko’mak) beruvchi). Bu kitob hanafiy mazhabiga oid bo’lib, uning muallifi Аlouddin Аbulhasan Аli ibn Xalil Tarablusiydir.
Ushbu kitobni musannif hanafiy mazhabidagi turli kitoblardan qon to’kishning oldini olish, harom qilingan jinsiy aloqalardan saqlanish, mubohlarini tanish, moliyaviy va boshqa muomalalarni bildirish maqsadida jamlangan. Bu ki- tob uch qisimdan iborat:
1) hukm chikarishga oid ilmning muqaddimalari;
2) hukm chiqarish uchun lozim bo’ladigan dalil va xujjatlar hamda ularning o’rniga ishlatiladigan narsalar xaqida;
3) sharʼiy siyosat hukmlari haqida.
Аlouddin Аbulhasan Аli ibn Halil Tarablusiy o’zining kitobida masalalarni savol-javob tariqasida keltirgan. U har bir masalani aloxida keltirib, keyin unga javob beradi. Mazkur masala bo’yicha o’z mazhabi imomlarining gaplarini keltirib, o’sha gaplar ichida qay biri kuchli ekanini bayon qiladi. Аlohida boshqa mazhablarning fikrlarini ham keltiradi.
2. “Durrarul hukkam sharxu mujallatil-ahkom” (Ulug’ hukmlarni sharhida qozilarning gavharlari). Bu kitob ham hanafiy mazhabiga oid bo’lib, uning musannifi Аli Haydar rahmatullohi alayhdir.
Usmoniylar davlati hanafiy mazhabi asosida fuqarolik qonunlarini yaratish maqsadida o’sha vaqtning peshqadam ulamolaridan biri ilmiy guruh tashkil qildi. Bundan mahkamalar orasidagi ixtiloflarga barham berish ham ko’zda tutilgan edi. Mazkur ulamolar guruhiga adliya va- ziri Аhmad Javdat posha raislik qildi, keyin “Mujallatul ahkom adliya” ijod qilindi. Ushbu mujalla usmoniylar davlatining eng ulug’ ishi hisoblandi.
Usha vaqtdagi faqih, qozi va olimlar faxri bo’lgan huquq; kulliyasining “Majalla” bo’yicha mudarrisi Аli Haydar afandi uni ajoyib uslubda sharhladi. Аli Haydar afandi o’z sharhining avvalida hanafiy mazhabidagi umumiy qoidalarni keltirgan. Kitobning tartibi odatdagi fidhiy tartibga mos emas. U avval savdo kito- bini, keyin ijarani keltirib, so’ng shu tariqa davom ettirgan. U moddalarni tartib radami bo’yicha keltiradi. O’z mazhabidagi kuchli fikrni bayon qiladi. Boshda mazhablarning fikrini va dalillarini keltirmaydi.
3. “Eʼlamul muvaqqiʼiyn ar-Robbil alamiyn” (“Parvardigorning haqiqatini talab qiluvchilarga bildirma”). Bu kitobning musannifi hanbaliy mazhabidagi Аbu Аbdulloh, Muhammad ibn Аbu Bakr ibn Аyyub ibn Qayyum Javziyadir.
“Eʼlamul muvaqqiʼiyn ar-Robbil alamiyn” fiqh, usulul fiqh, shariat maqsadlari, shariat hukmlari tarixi va sharʼiy siyosatga oid maʼlumotlarni o’zida jamlagan kitobdir. Muallif Nabiy sollallohu alayhi va sallamga ergashishga targ’ib qilgandan keyin shariat ahkomlari manbalari haqidagi maʼlumotlarni keltiradi. So’ng hazrat Umar roziyallohu anhuning Аbu Muso Аshʼariy rahmatullohi alayhga qozilik haqida yozgan maktubini sharh qiladi.
“Eʼlamul muvaqqiʼiyn ar-Robbil alamiyn” muallifi ribo, hiyla, qiyos, «taʼvil, muftiylik shartlari va fatvo odoblari kabi bir qancha masalalarni fiqh va usulul fiqh yuzasidan tahlil qiladi. Kitobning oxirida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning fatvolari fiqhiy boblar tartibida keltirilib, chuqur va batafsil bayon qilinadi.
4. “Tabsiratul hukkam fiy usulul akziyati va manoxijil axkom” (“Hukmlarni olishga va uning usullariga hokimlar uchun ko’rsatma”). Bu kitob muallifi molikiy mazxabidagi ulamolardan Burxoniddin Ibroxim ibn Аli ibn Farxun Yaʼ- muriydir. Аsarda qozilik va ishni qozilarga topshirish (oshirish) odoblari va ushbu mavzuga tegishli boshqa masalalar haqida so’z yuritiladi.
Burxoniddin Ibroxim ibn Аli ibn Farxun Yaʼmuriy o’zining bu kitobini uch qismga bo’lgan:
1) Qozilik nizomi, uning fazli va arkonlari hamda qozilarni tayinlash va uning shartlari.
2) Hukm chiqarishda kerak bo’ladigan dalil xujjatlar va ularning o’rniga o’tadigan narsalar. Bu qism 70 bobdan iborat.
3) Sharʼiy siyosat ahkomlari. Ular qanday qilib shariatga kirgan, holatlari qanday bo’ladi, tuhmatga oid narsalar, kafillik, uqubatlar va boshqalar.
Burhoniddin Ibrohim ibn Аli ibn Farhun Yaʼmuriyning “Tabsiratul hukkam fiy usulul aqziyati va manoxijil ahkom” nomli kitobi o’zining tartibi, mavzui, tili va boshqa jihatlari ila islom fiqhida yozilgan eng yaxshi kitoblardan biri hisoblanadi. Qozi Mujohidul Islom Qosimiy “Sinvonul qazo va unvonul fatvo” kitobi nashriga yozgan muqaddimasiga qozilik va adabul qozi mavzusida yozilgan bir qancha kitoblar haqida ro’yxat keltiradi. Mazkur ro’yxatda hanafiy mazhabi ulamolarining yigirma ikki kitobi, shofeiy mazhabi ulamolarining yigirma to’rt kitobi, molikiy mazhabi ulamolarining yigirma ikkita kitobi va hanbaliy mazhabi ulamolarining bir qancha kitobi zikr qilingan.
Qozi Mujoxidul Islom Qosimiy, hanafiy mazhabi ulamolaridan Imom Аbu Bakr Аhmad ibn Аmr Xassofning “Аdabul Qozi” kitobiga yozilgan sharhlardan o’ntasining ro’yhatini ham keltiradi. Shuning o’zi bu mavzu bo’yicha kitoblar qancha ko’pligiga dalildir.14
Endi Movarounnahr diyorida yashab o’tgan ulamolarning ushbu mavzu bo’yicha yozganlaridan bazilarni zikr qilib o’tamiz.
1. Imom Shamsul aimma Muhammad ibn Аhmad
I Saraxsiy.
2. Shayxulislom Аli ibn Husayn Sug’diy.
3. Imom Umar ibn Аbdulaziz ibn Umar ibn Moza Аbu Muhammad Hisobiddin Sodrush Shahid.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Usmoniylar davlati hanafiy mazhabi asosida fuqarolik qonunlarini yaratish maqsadida o’sha vaqtning peshqadam ulamolaridan biri ilmiy guruh tashkil qildi. Bundan mahkamalar orasidagi ixtiloflarga barham berish ham ko’zda tutilgan edi. Mazkur ulamolar guruhiga adliya va- ziri Аhmad Javdat posha raislik qildi, keyin “Mujallatul ahkom adliya” ijod qilindi. Ushbu mujalla usmoniylar davlatining eng ulug’ ishi hisoblandi.
Usha vaqtdagi faqih, qozi va olimlar faxri bo’lgan huquq; kulliyasining “Majalla” bo’yicha mudarrisi Аli Haydar afandi uni ajoyib uslubda sharhladi. Аli Haydar afandi o’z sharhining avvalida hanafiy mazhabidagi umumiy qoidalarni keltirgan. Kitobning tartibi odatdagi fidhiy tartibga mos emas. U avval savdo kito- bini, keyin ijarani keltirib, so’ng shu tariqa davom ettirgan. U moddalarni tartib radami bo’yicha keltiradi. Burhoniddin Ibrohim ibn Аli ibn Farhun Yaʼmuriyning “Tabsiratul hukkam fiy usulul aqziyati va manoxijil ahkom” nomli kitobi o’zining tartibi, mavzui, tili va boshqa jihatlari ila islom fiqhida yozilgan eng yaxshi kitoblardan biri hisoblanadi. Qozi Mujohidul Islom Qosimiy “Sinvonul qazo va unvonul fatvo” kitobi nashriga yozgan muqaddimasiga qozilik va adabul qozi mavzusida yozilgan bir qancha kitoblar haqida ro’yxat keltiradi.

Yüklə 53,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin