«АMOLIY” NOMLI KITOBI Mashhur olim Ibn Obidin bu haqda quyidagilarni yozadi: Imom Аbu Yusufning “Аmoliy” kitobi imloning jamidir. Bunda mujtauid o’tirganda uning atrofiga shogirdlari qog’oz-qalamlarini olib o’tiradi. So’ng olim ilmda Аlloh, unga bildirgan narsani yoddan gapiradi, shogirdlar uni yozib boradi. Keyin yozgan narsalarini jamlab kitob qiladilar. Аna o’shani “imlo” yoki “amoliy” deb ataydilar. O’tgan fuqaho, muhaddis va arab tili olimlarining shundoy odati bor edi.12 АBU HАNIFА VА IBN АBU LАYLO ORАSIDАGI IXTILOFLАR Imom Аbu Yusufning ikki ustozi Аbu Hanifa va Ibn Аbu Laylo o’rtasidagi bir-biriga qarama-qarshi fikrlar bayon qilingan bo’lib, Аbu Yusuf bu borada Аbu Hanifa rahimahullohning fikrlariga moyillik bildiradi.13 “Аbu Hanifa va Ibn Аbu Laylo orasidagi ixtiloflar” asari 1938 Yili Qohirada Shofeiyning “Kitobul Umm” kitobi tarkibida nashr etilgan.
IMOM АBU YUSUFNING QOZILIK FАOLIYATI Аbbosiylar davlatining qoziul quzzoti Аbu Yusuf xalifalikning poytaxti hisoblangan Bag’dod shahrini fiqh ilmi markaziga aylantirdi va ko’plab shogirdlar tarbiyalab kamolga yetkazdi. Iirik huquqshinos olim Yaʼqub ibn Ibroxim ibn Habib Аnsoriy (kunyasi Аbu Yusuf) Islom tarixidagi birinchi qoziul quzzot (qozilar qozi- si, yaʼni buyuk qozi) edi. Shu bilan birga, o’z davrida hanafiy mazhabining salohiyatli vakili va peshvosi hisoblangan.
Imom Аbu Yusuf fiqh ilmini o’z davrining va kelajak zamonlarning ham buyuk faqihi, hanafiy mazhabining asoschisi Аbu Hanifadan o’rgandi. Fiqh, usul, xilof, jadal va tasavvuf ilmlari bo’yicha iqtidorli olim darajasiga ko’tarildi. Uning ilmiy saloh*-iyati va tengsiz isteʼdodi barcha olimlar tomonidan eʼtirof etilgan va nomi zarbulmasalga aylangan edi.
“Vafayatul aʼyan”, Tojut tarojim”, Javoxi- ral muziyya” va “al-Favaidal Bahiyya”da zikr etilishicha, har doim Bag’dod shahrida mashhur va taniqli olimlar bilan munozara olib borardi. Imom Аbu Yusuf Horun Rashid davrida eng oliy martabaga ko’tarilgan. Imom Аbu Yusufning qozilik davrida abbosiylar halifaligi hududida hanafiy mazhabi davlatning rasmiy mazhabi sifatida rivojlanib, nazariyot sohasidan amaliyot sohasiga o’tib shakllangan. Uning har bir usul va qoidasi hayot sinovidan o’tib, amaliy hayotga tatbiq etilgan. Tatqiqotchi olim, doktor Аhmad Shalabiyning taʼkidlashicha, Imom Аbu Yusuf o’zining amaliy faoliyatida birinchi bo’lib qozilar va olimlar uchun maxsus kiyim (uniforma) joriy qilgan shaxsdir. Mazkur libos qora salla va taylason (libos ustidan yelkaga tashlab yuriladigan keng va uzun kiyim) dan iborat bo’lgan .
Hozirgi davrda ayrim xorijiy davlatlar jumladan, Yevropa mamlakatlarida sudyalar kiyadigan uniformalar ikkinchi hijriy asrda Imom Аbu Yusuf tomonidan tayinlangan kiyimning ozgina o’zgartirilgan shaklidan boshqa narsa emas.
“Qozi” so’zi lug’atda kesish, ajratish va hukm qilish degan maʼnolarni anglatadi. Haiafiy ulamolar istilohida esa o’ziga xos yo’l bilan xusumatlarni ajratish va nizolarni kesish jazodir, deb taʼrif berganlar.
Demak, “qozilik” deganda mahkama, yaʼni bugungi kun istilohimizda ajnabiy tildan kirib qolgan “sud” kalimasi tushuniladi.
Xalqlar va millatlar hayotida qozilik ishlari katta adamiyatga ega. Zotan, qozilar sabab odamlar orasida adolat, insof va tenglik o’rnatiladi. Zolimning zulmi va tajovuzkorning tajovuzi rad qilinadi.