I Bob. IMOM ABU YUSUF HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI Imomi A’zamning eng qadrdon va yirik shogirdlaridan biri Imom Abu Yusufning asli ismi Ya’qub ibn Ibrohim ibn Habib Ansoriy Kufiy (113-182 hijriy / 731-798 milodiy) Kufada tug’iladi. Otasi erta vafot etib, onasining tarbiyasiga qoladi. Onasi pul topish uchun ip, urchuq yigirib, yetim o’g’lini boqar edi. Ya’- qub to’qilgan mato va kalava (o’rama ip)larni bozorda sotib, qaytishda Imomi A’zamning dars halqalariga qatnashardi. Imomi A’zamning porloq; zakosi va ilmi uni qoyil qoldirar va u zotga doim hurmatda bo’lar edi. Bu ziyrak va shijoatli, lekin faqir talaba iztiroblar og’ushida ustozning dars haqlkalarida utirardi. Onasi farzandining kech qolib ketishining sababini so’radi. “Men ilm o’rganish uchun Imomi A’zamning darslariga qatnashyapman”, dedi. Onasi aytdiki: “Ey o’g’lim, biz faqir, kambag’al yashaymiz, shuning uchun ko’proq pul topmasak qiynalib qolamiz”. Shunday bo’lsada, kichik Ya’qub dars tinglashdan qolmadi. Oxir-oqibat bu holatga chiday olmagan onasi Ra’no Imomi A’zamning oldilariga kelib, u zotga: “Bu bolamni qo’ying, pul topsin, ilm fakirlarning ishi emas”, dedi. Imomi A’zam unga: “Uning o’tkir zehni buyuk istiqboli borlig’idan darak bermoqda, unga ruxsat bersangiz, darslarga qatnashsa yaxshi bo’lar edi. U kelajakda shunday olim bo’ladiki, podshoxlarning ziyofatida bo’ladi va yuksak darajalarga erishadi”, deb Ra’noga pul berib jo’natib yubordi.3 “Oradan biroz o’tgach, ustozim Imomi Abu Hanifa meni axtarib topdi va darsga qaytishimni so’radi. Men u zotga ro’zg’or tashvishlaridan ortib, o’qishga vaqt topa olmayotganimni aytdim, - deydi Abu Yusuf so’zlarida. Shunda ustozim Abu Hanifa shuni ishlatib tur, deb aqcha solingan bir xaltachani menga tutqazdi. Shundan so’ng muhdojlik hamda faqirlikdan chiqib, boy bo’lib ketgunimcha yordamlarini ayamadilar”, deb xotirlaydi. Imom Abu Yusuf ustozi Abu Hanifaning darslarini juda chanqoqlik bilan berilib tinglagan.
Imom Abu Yusuf ustozi Imomi A’zamnipg xislatlari to’g’risida hikoya qiladi: «Bir kuni men ustozim Abu Hanifa bilan birga edim. Bolalar: “Ana kechasi bilan uxlamaydigan kishi”, deyishganini eshitib qoldim. Shunda Abu Hanifa menga: “Ey Abu Yusuf! Bolalarning gapini eshityapsanmi? Endi to Allohga yo’liqqunga qadar yonboshim to’shak ko’rmasligi haqida Allohga ahd qildim”, dedi. Shundan so’ng to vafot etguniga qadar butun kechalarni ibodat bilan o’tkazdi».4 Rivoyat qilinishicha, Abu Yusuf betob bo’lib, darsda ko’rinmadi. Imomi A’zam uni so’raganida shogirdlari betob bo’lib qolganini aytishdi. Abu Hanifa darxol o’rnidan turdida, “Qani yuringlarchi, uni ko’rgani boramiz”, dedi. Imomi A’zam shogirdining boshiga kelib duo qildi: “Ey Allohim, bu yigitga O’zing shifo bergin. Agar bu yigit vafot etsa, yer yuzida uning o’rnini bosadigan biror kimsa yo’q”. Shu duodan keyin Ya’qub shifo topdi .
Abu Yusuf shifo topgach, Abu Hanifaning so’zlaridan mag’rurlanib, fiqhiy masalalarga javob berishga o’zi aloxida ilmiy majlis tashkil etdi. Odamlar fiqhiy masala so’rash maqsadida uning huzuriga kela boshlashdi. Bu vokea Abu Hani- faning qulog’iga yetgach, xuzuridagi bir kishiga: «Sen Abu Yusufga borginda, unga: “Bir kishi tikuvchiga kiyimini kalta qilib berishga bersa va haqiga ikki dirham berishga kelishsalar, so’ngra kiyimini so’rab kelganida tikuvchi undan kiyim olganini inkor etsa, keyin yana bir bor kiyimini so’raganida, u kiyimini kalta qilgani haqini berishi kerakmi yoki yuqmi?” - deb savol qilgin» dedilar va agarda Abu Yusuf haqini berish kerak desa ham, bermaydi desa ham, unga xato qilding, deb javob berishini tayinladi.
U kishi borib Abu Yusufdan ushbu savolni so’radi, Abu Yusuf: “Ha, haqini beradi”, degan edi, u: “Xato qildingiz”, dedi. Bir oz tafakkur qilib: “Yo’q, haqini bermaydi”, degan edi, yana u xato qildingiz, dedi. Abu Yusuf shu zaxoti o’rnidan turib, ustozi Abu Hanifaning huzuriga yo’l oldi. Abu Hanifa uni ko’rishi bilan: “Ha, tikuvchining masalasi seni bu yerga olib keldimi? Aloxida ilmiy majlis qurib, Allohning dini haqida gapirib, odamlarga fatvo beradigan odam shu masalaga javob bera olmadingmi?” dedi. U: “Ey ustoz, menga o’rgating”, dedi. Abu Hanifa aytdi: “Agarda kiyimni qaytarib bermaslik niyatidalik payti qisxartirgan bo’lsa, unga haq berilmaydi, chunki bu holda u o’zi kiyishi uchun qisxartirgan, ammo kiyimni olib qo’yish niyatida bo’lmasdan avval qisxartirgan bo’lsa, haqi beriladi, chunki bu holda egasi uchun qisxartirgan bo’ladi”, dedi .
Imomi A’zamning fiqhini jamlagay va uning mazhabini keng yoyishda beqiyos xizmat qilgan mujtahid eng mashxur shogirdlari Abul Huzayl Zafar ibn Huzayl ibn Qays Anbariy, Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Hasan ibn Ziyod Lu’lu’iy va Abu Yusuf Ya’qub ibn Ibrohim ibn Habib Ansoriydir. Alloma Zahabiy “Manoqib”ida Abu Yusuf Imom Abu Hanifadan 17 yil davomida ilm olganini aytadi.
Saymoriy “Axbor Abu Hanifa va ashabihi” nomli kitobida Abu Yusufning o’zidan ustozi Abu Hanifaning oldiga faqat kasallik sababligina bora olmagani va boshqa paytlarda kechayu kunduz undan ajralmagani haqidagi rivoyatni keltirib o’tgan .
Shamsiddin Zahabiyning “Siyarul a’lam an-nubalo” asarida qozi Yusuf haqida: “U zot mujtahid alloma, muxandis, qoziul quzzot, Abu Yusuf Ya’qub ibn Ibroxim ibn Habib ibn Habish ibn Sa’ad ibn Bashir ibn Muoviya Kufiy Anso- riydir”, degan.
Imom Zahabiy aytadi: “Imom Ahmad ibn Hanbal ham bul zotdan hadis rivoyat etganlar” . Abu Yusuf tengdoshlari orasida zehni, shijoati va fikrlashi bilan aloxida ajralib turar edi. Shuningdek, Abu Yusufdan ko’pgina odamlar ta’lim olib, uning ilmidan bahramand bo’lishgan.5 Xurosonda hanafiya ta’limoti keng tarqalgan ikkinchi o’lka Ray shahridir. Abbosiy xalifalardan Horun Rashid va Ma’mun shialarning bir toifasiga bo’lgan qarshi chiqishi uchun Ray o’lkasiga hanafiylarning mashxur qozilarini jo’na- tishgan edi. Chunki bu o’lkada shialarning mavqei ancha mustahkamlanib borayotgan edi. Abbosiylar Ray shahriga dastlab Abu Yusufning shogirdi, asli marvlik bo’lgan Fazl ibn Ranim Xuzoiyni (vafoti 850 yil), so’ngra esa Muhammad Shayboniy va Abu Muti’ Mukotil Roziyni (vafoti 862 yil) qozi qilib tayinlaganlar .
Abu Hanifaning shogirdlari dars halqalariga har doim qatnashganlar. Rivoyat qilinishicha, Abu Yusuf rahimahullohning uyidagilardan biri vafot etganida xam, u zot kafanlash va dafn qilishga bir kishini vakil qilib, dars halqasi- ga ilm o’rganish uchun borgan .
Abu Yusufning o’zi ham, shogirdlari ham hanafiya mazhabiga hissa qo’shgan bilimli shaxslardan bo’lishgan. Ularning xizmatlari barcha ilmlarni qamrab olgan. Imom Abu Yusufning so’nmas ziyosi, beqiyos hissasi asrlar davomida saqlanadi.6 Abu Yusuf dastlab Ibn Abu Laylo rahimahullohga shogird tushgan. So’ngra Abu Hanifa rahimahullohdan fiqhni o’rgangan. Abu Hanifa va- fotiga qadar u zotning etagini mahkam tutgan. Bu haqda uning o’zi bunday degan: “Men ilm o’rganish uchun Ibn Abu Laylo huzuriga borardim. U kishi meni hurmat qilardi. U biror masalada hukm chiqarishga qiynalsa, Abu Hanifaning so’zini olar edi. Men Abu Hanifaning halqasiga borishni juda istardim. Birox Ibn Abu Laylodan xayo qilganimdan bora olmasdim. Bir kuni u bilan o’rtamizda ko’ngilsiz voxea sodir bo’ldi. Bu Ibn Abu Layloga og’ir botdi. Men esa vaziyatdan foydalanib, Abu Hanifaning oldiga borib u zot etagidan mahkam tutdim” .