Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Imom abu yusuf hayoti va ilmiy faoliyati


IMOM ABU YUSUFGA IMOMI A’ZAMNING NASIHATLARI



Yüklə 53,27 Kb.
səhifə3/8
tarix18.10.2022
ölçüsü53,27 Kb.
#65400
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi tayyor

1.1 IMOM ABU YUSUFGA IMOMI A’ZAMNING NASIHATLARI
Imom Abu Yusuf kamolot yoshiga yetguncha bir kancha sinovlarni boshdan kechirdi. Erta otadan ayrilgan Ya’qub onasi bilan halol meknat qilib, kun kechirar va ilm ham olar edi. Ya’qub voyaga yetgunga qadar buyuk imomning sinovi ostida bo’ldi. Kamolot yoshiga yetganidan so’ng va ajoyib hislatlar va odamlar bilan muloqot qilish salohiyati namoyon bo’lganidan keyin Imomi A’zamning unga aytgan nasihatlari quyidagilar bo’ldi:
- Ey Ya’qub! Sultonning hurmatini o’rniga ko’y, uning martabasini e’zozla, xuzurida yomon gapirishdan, biror ilmiy hojat uchun seni chaqirmaganida ham har vaqt kirishdan o’zingni saqla.7
Xalq ommasiga va tojirlar huzurida faqat ilmga oid narsalar tug’risida so’zla. Agar sen ular oldida molu dunyo xususida gap ochsang, ular seni molu davlatga hirsi va muhabbati bor ekan deb, yomon fikrga boradilar va notug’ri e’tiqod qiladilar. Ko’cha-kuylarda ko’p o’tirma. Shoyi matodan tikilgan kiyimlarni kiymagin, chunki bu befarosatlikka olib boradi. Kam gapir va ko’p eshitgin, kam gapirish solihlarning ishidir. Sen birinchi navbatda ilm ol, undan keyin halol yo’l bilan molu davlat orttir. Ana undan keyingina uylan. Agar ilm olish davringda mol topishga qiziqsang, ilm hosil qilishdan mahrum bo’lib qolasan. Ilm hosil qilmasdan turib, boylik orttirish va ayollar bilan mashg’ul bo’lishga sarf qilsang, bilginki, umring zoya ketadi. Uylanganingdan so’ng bolalaring ko’paya boshlaydi va sen ilm olishni tark etib, ularni ta’minlash bilan shug’ullanishga majbur bo’lasan .
Odamlarga bepisand bo’lma. O’zingni xam, boshqalarni ham hurmat qil. Ular bilan ko’p munosabat qilma. Faqat senga murojaat qilganlaridan so’ng ular bilan munosabat qil. Ularning munosabatlarini masalalarni eslatish bilan taqdirla. Chunki ilm ahlidan bo’lsa, ilm bilan mashg’ul bo’lib ketadilar, ilm ahlidan bo’lmasalar, seni yoqtirib qoladilar. Agar biror odam sendan bir masala yuzasidan fatvo so’rab qolsa, faqat uning savoligagina javob ber xolos. Unga xech narsani qo’shimcha qilma. Ortiqcha so’zlaring uning savoliga bergan javobingni chalkashtirib qo’yadi. Savollarga aniq va ravshan javob ber.
Garchi sen o’n yil kasbsiz va oziq-ovqatsiz qolsang xam, ilmdan yuz o’girma. Fakat bunday qilsang, xayoting og’ir kechadi. Haqiqatni aytishdan xech kimdan, xatto sultondan xam tortinma. Ibodatni boshqalardan kam ado etishda o’zingdan rozi bo’lma. Ibodatni mukammal qil. Ko’p xoxolab kulaverma, zero ko’p kulish qalbni o’ldiradi. Doimo oxista yur. Yumushingda shoshma-shosharlik qila ko’rma. So’zlagan vaktingda qichkirib gapirma va ustozning bu nasixatlari nafaqat shogirdi uchun, balki butun omma uchun ham foydalidir.


Yüklə 53,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin