1.2 IMOM АBU YUSUFNIYG ILMIY-MА’NАVIY MEROSI Imom Аbu Yusuf ustozi Imomi Аʼzamning darslarini juda chanqoqlik bilan tinglagan. U mujtahidlik darajasiga yetganidan so’ng baʼzi masalalarda ustozidan farqliroq ijtihod qilgan. Imom Аbu Yusuf yuzlab allomalar istiqomat qilishgan ilmiy markazda ulg’aydi, yuzlab muhaddislar, faqihlar va qiroat imomlaridan taʼlim oldi. Muhammad Zohid Kavsariyning “Husnut taqoziy” nomli kitobida allomaga bevosita dars bergan yuzdan ortik ustozlarini nomma-nom keltirilgan. Jumladan:8 1. Muxammad Ibn Аbu Laylo Kufiy.
2. Imom Аbu Hanifa Nuʼmon ibn Sobit Ko’fiy.
3. Isroil ibn Аbu Ishoq (Yunus).
4. Hajjoj ibn Аrt.
5. Аbu Ishoq Shayboniy.
6. Ismoil ibn Ibrodim ibn Muhojir Bajaliy.
7. Hasan ibn Dinor.
8. Sufyon ibn Uyayna.
9. Sulaymon ibn Mihron Аʼmash.
10. Sulaymon Taymiy.
11. Аbdulloh ibn Valid Madiniy.
12. Аmr ibn Dinor.
13. Qays ibn Robiʼ.
14. Hishom ibn Urva.
15. Nofiʼ ibn Umar.
16. Molik ibn Аnas.
17. Muhammad ibn Ishpq Shayboniy (sohibul mag’oziy).
18. Ubaydullo ibn Аbdulloh ibn Umar.
19. Аbdurahmon ibn Аmr Аvzoiy.
20. Lays ibn Saʼd .
Boshqa mazhablar olimlari ham Imom Аbu Yusufni yuksak hurmat qilishgan. Аbbosiylar davrida hanafiylik rasmiy mazhab edi. Fiqh qoidalari hayot sinovlaridan o’ta boshlagan o’sha yillari Аbu Yusuf mazhabboshimiz Imomi A’zam ko’rsatmalarini keng tarqalishida jonbozlik qilgan birinchi shogirdi bo’ldi.
Imom Аbu Yusuf hanafiy mazhabi bo’yicha qimmatli asarlar muallifidir. Shuningdek, o’z davrida moliyaviy sohada davlatning ijroiy faoliyatini hanafiy mazhabi usul va qoidalari asosida yo’lga qo’ygan va shu yo’sinda mazkur qoi- dalarni amaliyotga tatbiq etish uchun bundan o’n uch asr muqaddam shart-sharoit yaratib bergan olim ham edi. U yozgan kitoblar baʼzi bir olimlarning fikricha, qirqta, boshqa bir tadqiqotchilarning so’ziga ko’ra o’ttiztadir. Ushbu asarlarni faqat bizgacha yetib kelgan “Kitob Xaroj” (xiroj kito- bi), “Аl-amoliy” (imlolar), “Аl-Osor” (xabar- lar), “ar-Raddu ala siyaril Аvzoiy” (Аvzoiyning “Siyar” kitobiga raddiya) “Ixtilofu Аbi Hanifa va Ibn Аbu Laylo” (Аbu Hanifa va Аbu Laylo urtasidagi ixtiloflar) kabi asarlari maʼlum.
1. “Kitobul xaroj” - Аbu Yusufning muhim asari bo’lmish ushbu kitob abbosiylar xalifasi Horun Rashid talabiga binoan yer soliqlari (xi- roj), sadadot ( zakot), jizya (g’ayridinlar islom davlatiga to’laydigan soliq;) va urushlardan tu- shadigan o’ljalar va ularni taqsimlash to’g’risida yozilgan. Ushbu kitob xalifalik hududi kengayishi oqibatida turli o’lkalarda yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo’lib, uni asosan Аbu Xanifaning fiqhiy taʼlimotiga tayanga holda taʼlif etgan. Bu asar shu nomdagi boshqa bir qancha kitoblardan shunisi bilan farqlanadiki, unda islom huquqiga oid masalalar ilmiy darajada va amaliy hayot bilan hamohang ravishda o’z yechimini topgan.
Qolaversa, uning ilmiy-amaliy ahamiyati shu bilan izohlanadiki, birinchidan, mamlakatda davlat daromadining asosiy manbai yer soliqlarini tizimli ravishda tartibga solish bilan birga xalifalikning ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.
Muallifning “Kitobul xaroj” asari o’ziga xos o’ringa ega. U 1994-yili doktor Muhammad Ibroxim Banno tomonidan tadqiq va tashih, etilib, Peshovardagi Maktabi Foruqiya muassasasi tomonidan chiroyli ko’rinishda nashr etilgan. Nashr uchun so’zboshi yozgan doktor Muhammad Ibroxim Banno bunday deydi: “Qozi Imom Аbu Yusuf “Kitobul xaroj” nomli kitobiga xozirgi faqihlar uchun zarur bo’lgan va boshqa usul kitoblarida topilmaydigan fasllarni kiritgan”. So’ngra u kitobning ikkinchi jildida Аbu Yusuf so’zlarining ilmiy ahamiyatini ko’rsatib berishga harakat qilgan. Bunday yondashuv muallif fikrlarining qay darajada chuqur mazmun va ilmiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Imom Аbu Yusuf “Kitobul xaroj”ning boblarini o’ziga xos uslubda tartibga solgan. Masalan, Imom Saraxsiy “Usulus Saraxsiy”da dalil (manba)larni amru nahiy va ularga tegishli masalalarni birinchi jildning o’rtalarida qo’ygan bo’lsa, Imom Аbu Yusuf o’z kitobini shariat manbalari (Kurʼon, sunna, ijmo va qiyos)ga tegishli fasllar bilan boshlab, amru nahiy va boshqa usul ilmiga tegishli tushunchalarni ularning orasida berib o’tgan. Qiyos va unga tegishli masalalar, sabab, illat va boshqa atamalar kitobning katta qismini qamrab olgan.9 Mashhur huquqshunos olim va tatqiqothi Muhammad Hamidulloh Imom Аbu Yusufning “Kitobul xaroj” kitobi haqida shunday fikr bildirgan: “Unda Imom Аbu Yusuf o’zining islom huquqshunosligi sohasidagi salohiyati va mahoratini to’liq namoyon etgan”.