Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə185/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
gani uchun har bir so‘zi esimda saqlanib qolgan edi: 
— Shu yoshda, shu qiyofa, shu chehrada-ya? Juda soz, mayli, shunday bo‘lsin, yara-
mas qiz, shunday bo‘lsin, lekin sen yovvoyilik qilma. 
U dorilarini, men esa kitoblarimni esdan chiqarib, uzoq gaplashdik. 
— Demak, shu maktabda muallimalik qilasan, shundaymi? 
— Maktabimizni olib qo‘yganlaringizga biram xafa bo‘ldimki, doktorbey. 
— Shoshma, boshqa narsani o‘ylab turibman... U qurib ketgur qishloqning oti nima 
edi? Hov senga kasal boquvchilikni o‘rgatgan yerim-chi? Esingdami? Menga qara, bu 
yerda ham menga yordam qilasanmi? Aslida bu ikki ishning bir-biridan farqi katta emas: 
sening mitti maymunchalaring ham, mening aziz ayiqchalarim ham ruhan bir-birlariga 
juda o‘xshashadi. Ular ham, bular ham sofdil, sodda. O‘zing bilasan, hozir urush, meniki-
lar o‘t ichida, shunday bo‘lgandan keyin ularga yordam bersang — savob ish qilgan 
bo‘lasan, kichkina qiz... 
Birdan yuzimga kulgi yugurdi, yosh boladay suyunib ketdim. Qanaqa ish bo‘lsa ham 
mayli, ishqilib, kuch-quvvatimni, mehru muhabbatimni, butun vaqtimni bag‘ishlaydigan 
ish bo‘lsa bas. 
— Juda soz, doktorbey, qachon desangiz, shunda ishga tushaveraman. 
— Hozir tushaverasan. Buni qara, qanday kepataga solishibdi. Bular qo‘l bilan emas, 
balki... 
Yana og‘izga olib bo‘lmaydigan xunuk so‘z aytildi. Men uyalib: 
— Faqat bir shart bilan, doktorbey... Yonimda askarcha so‘zlashmaysiz, — dedim.
U kuldi. 
— Harakat qilaman, kichkina, harakat qilaman... Mabodo bexosdan og‘zimdan chiqib 
ketsa, ayb qilmaysan-da, — dedi. 
Ikkalamiz kechgacha ishladik, gospitalni ertadan kela boshlaydigan yaradorlarni qabul 
qilishga tayyorladik. 
* * * 
Qusha-da-si, 25 yan-var. 
Mana, bir oydan beri Xayrullobeyning yonida hamshiralik qilaman. Urush davom 
etayotir. Gospitalga kelayotgan yaradorlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ishim shu qadar ko‘pki, 
ba’zi kechalar uyimga ham ketolmayman. Kecha og‘ir yarador bo‘lib kelgan bir keksa ka-
pitanga butun kechasi bilan parvona bo‘lib chiqishga to‘g‘ri keldi. Shunday charchab-
manki, ertalab mazam qochib, dorixonamizdagi kursida o‘tirganimcha uxlab qolibman. 
Uyqumda yelkamga kimningdir qo‘li tekkanini sezdim. Ko‘zlarimni ochib qarasam, ol-
dimda doktor Xayrullobey turibdi. Sovqotib qolishimdan qo‘rqib, uyg‘otib yubormaslik 
uchun ustimga sekingina odeyal yopayotgan ekan. 
Doktorbey derazadan tushib turgan zaif tong yorug‘ida yana ham so‘lg‘in, yana ham 
horg‘in ko‘ringan moviy ko‘zlari bilan kulimsirab turib: 
— Uxla, kichkina, tinchgina uxla, — dedi. 
Shunday paytda qilingan bu shafqat qalbimda shirin minnatdorchilik uyg‘otdi. Bir ni-
ma degim, minnatdorchilik bildirgim keldi, lekin bo‘lmadi — uyqu yengdi, horg‘in-tolg‘in 
kulimsirab, yana uxlab qoldim. 
Ikkita katta nuqsoniga qaramay, bu qari doktorni juda yaxshi ko‘rib qoldim. Nuqson-
laridan biri shuki, u og‘zini juda yomon chakki qiladi. To‘g‘ri, atrofidagilarda ham ayb 
bor, lekin bu sabab emas-da! Ba’zida og‘zidan shunday xunuk so‘zlar chiqib ketadiki, ol-
didan qochib ketib, bir necha kungacha betiga qarolmay yuraman. 
Shunisi qiziqki, doktor o‘zining aybini bilmaydi emas, biladi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin