Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə186/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
— Parvo qilma, kichkina, hechqisi yo‘q, askarlikda,— deydi. 
Xayrullobey aybini astoydil pushmoni va yoqimli uyatchanligi bilan afv ettirgan, hatto 
manzur qilgan yosh bolaga o‘xshaydi. 
Ikkinchi nuqsoni bunisidan ham kattaroq. Bu qo‘pol, dag‘al odamda hech tushunib 
bo‘lmaydigan g‘alati bir noziklik bor. Odam o‘ziga aytishga ham yuragi betlamagan nar-
salarni ustalik bilan og‘zidan sug‘urib oladi! Masalan, men o‘z sarguzashtimni shu mahal-
gacha hech kimga og‘zimdan chiqarmay yashirib kelardim, shuning ham bir qismini bilib 
olibdi-da! Qanday qilib aytib qo‘ydim deng? O‘lay agar, o‘zim ham bilmayman. Gohi-
gohida bergan yakka-dukka savollariga quruq, kalta-kulta javoblar berishdan nariga 
o‘tmaslikka tirishib kelardim. Keyin bilsam, ana shu yakkam-dukkam so‘zlarimni bir yer-
ga to‘plab, butun boshli bir hikoya chiqarib olibdi. 
Doktorning hech kimi yo‘q. Yigirma besh yil muqaddam uylangan ekan, oradan to‘qqiz 
oy o‘tmay xotini tif kasalidan o‘lib qolibdi. Keyin uylanmabdi. O‘zi rodoslik emish. Qusha-
dasida ham mulki bor deyishadi. Polkovniklik maoshiga uncha ehtiyoji ham yo‘q, chunki 
kasallarga oladigan oyligidan ham ko‘proq qarashib turadi. Masalan, kecha bir yarador-
ning uyidan kelgan xatini o‘qib berdim. Yarador soldatning qari onasi kambag‘allik qiy-
nab yuborganini, bolalari ochlikdan tilanchilik qila boshlaganini yozibdi. Soldat xatni 
eshitib, oh-voh ko‘tardi. 
Xayrullobey yon tomonda yotgan kasalni qarayotgan edi. Birdan u bechora soldatga 
o‘girilib: 
— Ammo meni qoyil qoldirding! Hoy, nimangizga ishonib shuncha gadoyvachchani 
tug‘asizlar! — dedi. 
Bu zolim ta’na yuragimga o‘qday sanchildi. Hozir joyi emas, bo‘lmasa buni, albatta, 
qari doktorning yuziga solardim. Bir ozdan keyin uning o‘zi bu haqda gap ochib qoldi. 
— Kichkina, ana shu yarador onasining adresini sekin bilib ol, besh-o‘n lira yuborar-
miz, — dedi. 
Bilishimcha, bu qari doktor armiyada na pul uchun va na askarlik burchi uchun xizmat 
qiladi. Uning o‘z intilishi bor: bu intilish “aziz ayiqchalarim” deb atagan boyoqish soldat-
larga bo‘lgan muhabbatidir. Lekin, bilmayman, nima uchundir bu muhabbatini xuddi 
uyat narsaday yashirib yuradi. 
* * * 
Qusha-da-si, 28 yan-var. 
Bugun ertalab gospitalga kelganimda, og‘ir yarador bo‘lgan to‘rtta ofitser keltirilganini 
aytishdi. Hamshiralardan biri: 
— Xayrullobey sizni yo‘qlayaptilar, — dedi. 
Og‘ir operatsiyalar mahalida doktor meni hamisha birga olib kirardi. 
— Bunday vahimali narsalarni senga ko‘rsatish, albatta, yaxshi emas, kichkina, lekin 
sendan epchilroq odam bo‘lmasa nima qilay? Hammasi jahlimni chiqaradi, baqirtiradi, 
keyin qilayotgan ishimni bilmay qolaman,— deyardi. 
Chorshafimni olib tashlab, apil-tapil xalatni kiydim. Lekin men kiyinib chiqqunimcha 
operatsiya tugabdi: yaradorni zambilda yuqoriga olib chiqib ketishayotgan ekan. 
Xayrullobey meni yoniga chaqirib olib: 
— Kichkina, sensiz rosa yamoqchilik qildik, — dedi. Operatsiyani u yamoqchilik deb 
atardi. — Yoshgina shtab mayori qo‘limizga tushib qoldi. Granata o‘ng qo‘li bilan yuzi-
ning bir tarafini rasvo qilib tashlabdi. Kabinetimga yotqizdim. O‘zing qaramasang 
bo‘lmaydi. Boyoqish jiddiy parvarishga muhtoj. 
Shu tariqa gaplashib kabinetga kirdik. Yuz-qo‘li bintlar bilan bog‘lab tashlangan bir ki-
shi karavotda jim yotardi. Yoniga bordik. Yuzining chap tarafi jindakkina ko‘rinib turardi. 
Menga issiq ko‘rindi... Lekin qaerda ko‘rganimni bu ahvolida eslash qiyin edi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin