www.ziyouz.com kutubxonasi
206
iflos tuhmatlarga qanday javob qilarding? Bu xabarni eshitib aqlim boshimdan uchdi. Ko-
missiya yig‘ilgan xonani ko‘z oldimga keltirdim: seni u morj tishli nusxa qarshisida qora
chorshafda, sarg‘aygan bola chehrasida, bo‘yningni egib turganingni ko‘rdim. Seni par-
chalab tashlash qasdida bo‘lgan u nusxa “Bo‘ri bilan Qo‘zichoq” masalidagi yirtqich sin-
gari suvdan bahona izlar, o‘zi singari iflos, sharmanda bo‘htonlarni takrorlardi. Aqlini yeb
qo‘ygan soldatning sal-pal qo‘pol so‘zlari oldida rangdan rangga kiradigan mas’um
yuzing, hurkak ohu ko‘zlaring o‘sha morj ro‘parasida termilib tursinmi?..
Xayrullobeyning halim, moviy ko‘zlarida men hech mahal ko‘rmagan g‘azab olovi
chaqnadi. U iyagini qaltiratgan, tishlarini g‘ijirlatgan bir titroq bilan mushtini silkitib:
— Shu chiroyli og‘zimni bir ochdim, morjnusxani shunaqayam boplab savaladimki, Fa-
rida... Shunda sassiq vujudiga o‘q urishsa, bir tomchi ham qon chiqmas edi. Ilgari kuni
eshitdim, meni sudga beribdi. Qani endi sud tezroq bo‘la qolsa! U ifloslarning qilmish-
qidirmishlarini sudda betlariga solib bir xumordan chiqayki!..
Qari doktor ko‘zlaridagi u g‘azab olovi, yuzidagi u dahshat qizilligi yo‘qolguncha jim
turdi. Keyin yana eski iliqlik, mehr bilan menga qarab, ilgarigi halim tovushi bilan gapira
boshladi:
— Ikki o‘rtada nima bo‘lsa ham senga bo‘ldi. Kaltak sening boshingda sindi. Meni
zo‘rlab iste’fo yozdirdi, deb keyincha xafa bo‘lib yurishingni xohlamayman. O‘qituvchilik
bilan aloqangni butunlay kesishing kerak edi. Olloh bu ko‘zlarni, bu lablarni kulish va te-
varakdagilarni baxtiyor etish uchun yaratgan. Morjnusxalar oldida titrasin, yig‘lasin deb
emas... Farida, senga yana bir narsa aytmoqchiman. Endi sening oldingdagi mas’uliya-
tim ikki baravar ortdi. Chunki bu falokatning tushishiga men sababchi bo‘ldim. Shuning
uchun buni daf qilish ham mening zimmamga tushadi. Yana qayta aytaman: bir yerga
borib ishlash fikrini miyangdan chiqar. Bugungi mushkuldan bir amallab qutulib ketar-
miz, lekin ishga kirguday bo‘lsang, ertaga boshqa bir bahona bilan yana sho‘ringni quri-
tishadi. Buning ustiga, balki u vaqt men dunyoda bo‘lmasman. Qani, kel, ikkalamiz birga
o‘ylashaylikchi. Istambulga, qarindoshlaring oldiga qaytishning iloji bormi?
Boshimni solintirdim.
— Yo‘q, doktorbey, ular men uchun tamom bo‘lgan odamlar.
— Bo‘lmasa, yana bitta chorasi bor: ajoyib bir yigitga turmushga chiqsang qalay
bo‘lar ekan?
— Yo‘q, doktorbey. Dunyodan toq o‘tishga ahd qilganman.
— Erga tegsang baxtli bo‘lishingga mening ham uncha ishonchim yo‘q, Farida. U la’-
nati qalbingga shunday kirib olibdiki, chiqarib tashlashning hech iloji yo‘q.
— Doktorbey, oyoqlaringizni o‘pay, xohlagan narsangizdan gapiring, lekin bu to‘g‘ri-
da...
— Xo‘p, xo‘p, kichkina, xo‘p.
— Qulluq, doktorbey.
Xayrullobey mo‘ylovlarining uchini tishlab turib, anchagina o‘ylandi.
— Xo‘p, bo‘lmasa nima qilamiz? Muhtojlikdan qo‘rqmasang ham bo‘ladi, buning xavfi
yo‘q. Chunki mana shu kichkina bog‘u chorbog‘imdan tushib turadigan daromad ikkala-
mizga ham bahuzur yetadi. Gapning rosti, pullarimni nima qilsam ekan, deb o‘zim ham
boshimni qotirib yurardim. Sening baxting yo‘liga sarf qilmasam, nimaga sarf qilaman?
Beradigan javobim uni xafa qilishini bilardim, nachora, aytmasdan ilojim yo‘q. Tizzala-
rini silab, qo‘rqib turib:
— Lekin, doktorbey, sizdan pul yordamini qaysi sifatda qabul qilishim kerak? Shundan
keyin men nima degan odam bo‘laman? — dedim.
Xayrullobeyning jahli chiqmadi, biroq ko‘ngli ozor topib, yuzimga o‘pkalanib qaradi.
— Ayb, Farida, ayb! — dedi. — Bir-birimizga shunchalik suyanib qolganimizdan keyin
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |