www.ziyouz.com kutubxonasi
209
Hayotda orttirgan tajribalarim, boshqalarni sevgani uchun deya ko‘rma, zinhor unday
emas! Men buni ko‘nglimning ichidagi umidsiz xayolingni seva-seva bildim.
Zaynilar qabristonining qorong‘iligida, shamol ertalabgacha o‘kirib chiqqan uzun ke-
chalarda, qishloq aravalarining qo‘ng‘iroqlari ingichka ovoz bilan jiringlab turgan keng
dalalarda, tolzorning xushbo‘y lox hidlari bilan to‘lgan iliq yo‘llarida ham hammavaqt se-
ning yoningda bo‘ldim, xayoling bag‘rida yashadim.
Ertaga meni qayliq qiladigan boyoqish chol meni oq gul kabi mas’um bir qiz deb
hisoblaydi, o, qanday yanglishadi!
Sevgi savdosi bironta beva qalbini, vujudini meniki qadar yakson, xokisor qilmagan-
dir, deb o‘ylayman.
Komron, bir-birimizdan asli bugun ayrilamiz. Bugun bo‘lib o‘tgan narsalarga qarama,
sen hammavaqt bir oz meniki eding, men esam butun qalbim bilan seniki...
(Fa-ri-da-ning daf-ta-ri shu yer-da tu-gay-di.)
Beshinchi qism
I
— Komron deyman, sen bilan hamroh bo‘lish, xudo haqqi, azobda qolish degan so‘z
ekan. Shu ikki soat ichida yuzta narsani so‘ragandirman, nuqul “ha” yo “yo‘q” degan ja-
vobdan boshqa narsa ololmayman! Mundog‘ o‘zingni yig‘ishtirib ol, o‘g‘lim!
Komron buzuq yo‘llarda tebranib borayotgan aravaning bir chekkasida oqshom sha-
moliga qarshi yoqasini ko‘tarib qo‘yib, Marmar dengiziga o‘ychanlik bilan tikilib borardi.
Ko‘zlarini dengizdan zo‘rg‘a uzib, kulimsiradi.
— Ikki soat ichida ikki yuz savolga ikki yuzta javob berish, nazarimda, oz narsa
bo‘lmasa kerak, pochcha, agar ular qisqagina “ha”, “yo‘q” qabilida bo‘lganda ham.
— Durust-u, lekin o‘ylab javob berayotganing yo‘qda, o‘g‘lim! Hammasi parishonxotir-
lik bilan bo‘lyapti.
— Nima ham derdik, pochcha, sizlarning kurortlaringizda kasallarni shifolashning shu-
naqa ajoyib usuli bor ekan! Qaydam, meni bekordan-bekorga o‘ylatib charchatishdan bi-
ron maqsadingiz bormi?
— Voy nonko‘r-ey, senga hech yoqib bo‘lmas ekan-da! Ha, chindan ham seni o‘ylash-
ga majbur qilmoqchiman; lekin maqsadim seni charchatish emas, boshqa o‘ylaringga
halaqit berish edi, rostini aytsam, hafsalam pir bo‘ldi. Seni qimirlatishning iloji yo‘q ko‘ri-
nadi. Rost-da, mana, uch kun bo‘ldi, bir bahona bilan seni qishloq to‘yiga olib bordim.
Turli-tuman odamlarni ko‘rding, dovul, surnay chalganlarini eshitding, o‘yinga tushgan
yigitlarni, kurashgan polvonlarni ko‘rding. Men rosa maza qildim, sen bo‘lsang bez bo‘lib
o‘tirding! Yo‘q dema! Ko‘zim bor, aqlim, farosatim bor!
— Sizga qanday tushuntirsam ekan, pochcha! Men aslda boshqacha yaratilgan
bo‘lsam kerak...
— Yo‘q, o‘g‘lim, sen o‘zingga durust qaramaysan. Loaqal mendan ibrat ol: oltmishni
urib qo‘yibman-u, kundan-kunga yasharib boryapman.
— Hazir bo‘ling. Oysha xolam bilib qolmasin.
— Bilsa bilaversin, menga nima! Bu yerga kelganimda qariroq ko‘rinmasmidim?
Komron kulimsiradi.
— Mening Taqirdog‘iga kelganimga o‘n yil bo‘ldi. Hali-hali esimda. Shunaqa avgust kecha-
laridan biri edi...
Azizbey qo‘llarini bir-biriga urdi.
— Qara-ya, yo olloh, umr qanday tez o‘tadi-ya! Yashavor-e! Mana endi o‘g‘ling to‘rtga
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |