Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə33/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
da ovqat yeb o‘tirgan uchta baliqchi bizni ko‘rib qolsa bo‘ladimi. 
Mujgonning esxonasi chiqib ketdi, qo‘llarimni xuddi sindiradiganday qisib: 
— Murodingga yetdingmi, Farida? Endi nima qildik? — dedi pichirlab. 
Men kuldim.
— Baliqchilar odam yeyishmaydi-ku, — dedim. 
Lekin ahvolimiz chindan ham xunuk edi. Masalan, tizzamning ko‘zlarigacha ochiq boldir-
larim, qo‘lda paypoqlarim bilan odamlarga ko‘rinadigan ahvolda emas edim. 
Mujgon supurgidan qochgan o‘rgimchakdek, ingichka boldirlari bilan qochish harakati-
ga tushib qoldi. Menga bu vahm aybday tuyuldi, shuning uchun baliqchilarni gapga so-
lish fikriga tushdim. 
Suv o‘sha kuni nega yo‘llarni bosib ketgani, dengizning qaysi tomonlarida qachon ba-
liq tutishganini so‘radim. Ishqilib, gapga solish niyatida aytilgan safsatalar bu... 
Baliqchilarning ikkitasi yigirma yo bundan ortiqroq yoshlardagi ikki yigitu, bitta soqolli 
chol edi. 
Yigitlar uyatchan ko‘rindi. Javobni chol qildi. Lekin u ham men singari gapdonlikni 
yaxshi ko‘rarkan shekilli, mening kimligimni so‘radi. 
Bir zumda shoshib turganimdan so‘ng: “Marika degan qizman. Savdogar amakimniki-
ga Istambuldan mehmon bo‘lib keldim”, — deb yurib ketdim. 
Mujgon meni qo‘limdan ushlab sudramoqchi bo‘lganday oldinga tortar: “Xudo jazoing-
ni bersin, nega bunday qilding?” deb koyir edi. 
— Qaydam, — dedim men ham, — Istambuldagi xolalarim: “Tilingni tiy. Behuda vaqil-
lama. U yerning odamlari g‘iybatchi bo‘ladi”, deb tayinlashuvdi-da. Baliqchilar: “Bu qan-
day musulmon qiz, boshinigina emas, sonini ham ochib yuribdi”, deyishmasin dedim-
da...... 
Xullasi, qo‘rqoq Mujgon bu ahamiyatsiz narsadan katta voqea yasadi... 
* * * 
Kechqurun Mujgon ikkimiz qo‘ltiqlashib sayr qilib yurganimizda, bir yosh suvori ofitse-
ri orqamizga tushganini ko‘rib qoldik. Bu ofitser otiga ta’lim berayotgan ko‘rinardi. Lekin 
xudoning dalasiga boriladigan boshqa joy qurib ketganday, nuqul biz yurgan yo‘lda bo-
rib-kelar, yonimizdan o‘tayotganda bizga tikilib qolardi. Yana shundayin g‘alati avzodaki, 
hali-zamon to‘xtab gaplashadi, deb o‘ylaysan... 
Bir kun u yana otini o‘ynata-o‘ynata bizni devor chetidagi daraxtlar orqasiga qochirib, 
yonimizdan o‘tib ketgandan so‘ng sekingina kuldim-u, tomog‘imni qirib: 
— Tushundik, Mujgon opa, — dedim. Mujgon yuzimga qaradi. 
— Nima demoqchisan, Farida? — deb so‘radi.
— Shuni demoqchimanki, biz avvalgiday yosh qizcha emasmiz, opa... Ofitser bilan 
yaxshigina jigarso‘xtaligingiz bor ekan... 
Mujgon kula boshladi. 
— Meningmi? Jinni qiz! 
— Bizni ham bir oz mensib muomala qilish darajasiga tushsangiz qanday bo‘lar ekan, 
xonim afandim? 
— Ofitser menga ilhaq bo‘lib yuribdi, deb o‘ylaysanmi? 
— Bunday o‘ylamaslik uchun bir oz to‘mtoq bo‘lish kerak. 
Mujgon yana kuldi. Lekin bu safargi kulgisida bir oz iztirob bor edi. Keyin chuqur tin 
oldi. 
— Jonginam, men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku... U seni deb atrofi-
mizda parvona bo‘lib yuribdi. 
— Nahotki, opa!.. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin