www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Ko‘zlarim moshday ochildi.
— Ha, seni deb yuribdi... Sen kelmasdan avval ham ko‘rardim, lekin yo‘l bo‘yidagi
mana shu daraxtlar orasidan meni quvmay, indamay o‘tib ketardi-da, qaytib kelmas
edi...
O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Mujgon ikkimiz uy oldiga chiqdik. Gaplashib
yurib dengiz tomonga ketdik.
— Sening bir darding bor, Farida, hech gapirmaysan, — dedi Mujgon.
Bir oz ikkilanib turganimdan so‘ng:
— Kunduzi aytgan behuda gapingni hech miyamdan chiqara olmayapman, ko‘nglim
xijil, — deb javob berdim.
Mujgon shoshib so‘radi:
— Nima devdim?
— “Men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku”, deding.
Mujgon yumshoqqina kuldi.
— Ana xolos, senga nima kuygulik?
Men Mujgonning qo‘llarini ushladim, ko‘zlarimni jovdiratib, mungli tovush bilan:
— Nima, sen xunukmisan, opa? — deb so‘radim.
U yana kuldi, meni erkalab betimga asta shapati urdi.
— Xunuk ham emasman, chiroyli ham... O‘rtachaman deyayin-u, shu bilan gapni ta-
mom qilaylik... Senga kelsak, bilasanmi, yoshing o‘sgan sari odamning hushini oladigan
darajada ochilib boryapsan!
Qo‘llarimni Mujgonning yelkasiga qo‘ydim, uni o‘pmoqchiday burnimni burniga taqab:
— Meni ham o‘rtacha deyaylig-u, shu bilan bu masalani bitiraylik, — dedim.
Qiyalikning chetiga kelgan edik. Yerdan tosh to‘plab dengizga ota boshladim. Mujgon
ham menga qo‘shildi, lekin boyaqish tosh otishni bilmasdi, qo‘lida quvvati yo‘q edi.
Men otgan toshlar osmonda bir zumgina ko‘rinmay ketardi-da, keyin fosforday yalti-
rab borib, suvga o‘qday otilib kirib ketardi. Uniki esa kulgili bir alfozda yumalab borib,
qirg‘oq toshlariga urilar yoki etakdagi qumlarga tushardi. Biz ichagimiz uzulguday bo‘lib
kular edik.
Nima ham deysiz, oy yog‘dusiga cho‘milgan dengizning ikki yosh qizga bag‘ishlangan
ilhomi shugina bo‘lmasligi kerak edi, lekin nachora. Bir ozdan keyin Mujgon charchab
kattakon toshga o‘tirdi. Men ham turgan yerimga cho‘kkaladim.
Mujgon maktabdoshlarim to‘g‘risida har xil savollar bera boshladi. Men ham Mishel
to‘g‘risidagi bir necha voqeani aytib berdim. Keyin tilimni tiyolmay, o‘z uydirmalarimni
aytishga kirishdim.
Buning nima hojati bor edi? Ajabo, Mujgonga shu narsalarni aytib berishga meni maj-
bur qilgan narsa shunchaki bir sho‘xlik ehtiyojigina edimi? Qaydam. Noo‘rin ish
qilayotganimni sezib, tilimni shuncha tiyishga urinsam ham, hech epini qilolmay so‘zlar
edim.
Mujgonga aytib bergan narsalarim dugonalarimni bo‘ri ertagidagi singari qanday alda-
ganim hikoyasidan iborat edi. U mahal rol talabi bilan o‘zimni qayg‘uli holga solardim, le-
kin bu safar bunga majburiyat bo‘lmasa ham, nima uchundir, yana o‘zimni, qayg‘u
og‘ushiga tashladim. Ovozim asta-sekin mung olib, boqishlarim telbalanib bordi. Muj-
gonning yuziga qarashdan qo‘rqib ko‘zlarimni olib qochar edim. Uning goh etaklari, yo
tugmalarini o‘ynar, goh boshimni tizzasiga qo‘yib, nuqul dengizga, uzoqlarga tikilardim.
Hikoyamning qahramonini avval Mujgondan yashirishga tirishdim-u, keyincha buni
ham og‘zimdan chiqarib yubordim.
Mujgon sochlarimni silab, so‘zlarimga jimgina quloq solib o‘tirardi.
So‘zimni bitirib, dugonalarim haqida yolg‘on-yashiq narsalar aytganim aybligini
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |