Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə65/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Gulmisol xalfa ham hozir shu ahvolda edi. Yig‘lashning yaxshi narsaligini bu keksa 
cherkas ayol ko‘zlarida yosh ko‘rmasdan avval tushunmagan edim. 
Men onamni es-es bilaman. Tashlab ketilgan ba’zi uylarda chang-tuproqqa belanib, 
chiziq bo‘yoqlari o‘chib ketgan eski suratlar singari xiragina eslayman. Bu narsa hozirga-
cha menda na qayg‘u va na sevgi uyg‘otgan edi. Lekin Gulmisol xalfa qarib qolganligi 
uchun meni onamdan ajratolmay, “Guzidam!” deb qichqirganda, ichim g‘alati bo‘lib ket-
di. Onam ko‘z o‘ngimga keldi, o‘limining otashi qalbimga ko‘chdi, men ham “Oyi, oyijo-
nim!” deb hiq-hiq yig‘lay boshladim. 
Bechora xalfa o‘z dardini unutib, menga parvona bo‘lar edi. Yig‘lab turib: 
— Xalfa, onam menga juda ham o‘xsharmidi? — deb so‘radim. 
Juda ham, qizim. Seni ko‘rib, aqlim shoshib qoldi, umi deb o‘ylabman. Xudoyim 
senga yeru ko‘kday uzoq umr bersin. 
Qari xalfa dahliz yonidagi uyda meni yosh boladay yechintirayotganda ham hamon 
hiqillab yig‘lar edi. 
Uning to‘r pardali kichkina kulbasida o‘tkazgan dastlabki soatlarimning mazasini aslo 
unutmayman. Meni yechintirgandan so‘ng to‘r choyshab yopilgan karavotiga yotqizdi
boshimni tizzasiga qo‘ydi, peshonamni, sochlarimni silab turib onamdan gapirdi. 
Tug‘ilgan kuni yuzida moviy pardasi bilan birinchi marta quchog‘iga olgan paytdan to 
ayrilgan kunigacha bo‘lgan xotirotini bir-bir aytib berdi. 
Navbat menga kelganda men ham boshimga tushgan narsalarni batafsil hikoya qilib 
berdim. Xalfa so‘zlarimni bolalar ertagini eshitayotganday kulimsirab o‘tirib eshitar, gohi 
mahallari: “voy, qo‘zim-ey!” deb xo‘rsinib qo‘yar edi. Ammo kecha kechqurun chor-
bog‘dan qanday bosh olib ketganimni, o‘la-o‘lgunimcha u yerga qaytmasligimni aytga-
nimda, esxonasi chiqib ketdi. 
— Farida, bolalik qilibsan. Komronbey adashibdi, tavba qiladi, ikkilamchi bunday qil-
maydi. 
Gulmisol xalfaga g‘azabimni tushuntirishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun hikoyam 
oxirida: 
— Gulmisol xalfa, oqargan boshingizni bekorga charchatmang. Men siznikida ikki-uch 
kun mehmon bo‘laman-u, keyin boshqa yurtga ketaman. O‘z mehnatim bilan kun ko‘ra-
man, — dedim. 
Men shu so‘zlarni aytib turganimda, boyoqish kampirning ko‘zlari yoshga to‘ldi, qo‘lla-
rimni silab betlariga, lablariga surtdi. 
— Bu qo‘llarni ko‘zim qiyadimi, bolam! — deyardi.
Xalfani tizzalarim ustiga o‘tqazdim-da, bu qo‘llar uchun endi qo‘rqinchli hech narsa 
yo‘qligini, beboshlik qilgan bolalarning ora-sira quloqlarini cho‘zib qo‘yishdan boshqa ish 
qilmasligini aytdim. U so‘zlarimni o‘tirgan yerida sachrab, ajinli betlarini burishtirib eshit-
di. 
Anatoliyada qanday muallimalik qilishimni, qanday tadbirlar ko‘rishimni shu qadar su-
yunib so‘zladimki, oxirida u ham mening hayajonimga qo‘shildi. Yashil lattaga o‘ralgan 
kichikina Qur’onni tokchadan oldi-da, uni o‘rtaga qo‘yib, bu yerdan ketgunimcha meni 
hech kimga aytmaslik to‘g‘risida qasam ichdi. U yoqdan meni axtarib kelguvchilar bo‘lsa, 
eshikdan qaytaradigan bo‘ldi. 
O‘sha kuni kechgacha Gulmisol xalfa bilan uy ishlarini qildik. Men hozirgacha faqat 
tayyor ovqat yeb kelardim. Shu vaqtgacha aqalli bitta tuxum ham pishirmagan edim. 
Endi odatlar o‘zgarishi kerak. Oshpaz, xizmatchi qayda menga endi? Hozir Gulmisol xalfa 
yonimda ekan, undan ovqatni qanday pishirishni, kir va dog‘larni yuvishni, aytishga uyat 
bo‘lsa ham, yirtiq yamashni o‘rganib olishim kerak. 
Tuflilarimni, paypoqlarimni yecha solib, darhol ishga tushib ketdim. Xalfaning norozili-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin