Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə84/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
ko‘zlari yashil rangni menga xunuk ko‘rsatib qo‘ydi. 
Mana endi u ko‘zlarni yaxshi xotirlayman. Komron, ilgarilari ham, hozirda sendan na-
fratlanib yurgan kezlarimdagi singari, ko‘zlaringni yoqtirmas edim. Bu nafrat boshlan-
ganda men hali o‘n ikki yoshga kirmagan edim. O‘zing ham, albatta, unutmagan 
bo‘lsang kerak. Har dam hovuchlarimga tuproq to‘ldirib yuzingga sochardim. Ajabo, bu 
faqat bolalik sho‘xligidanmi? Yo‘q, quyosh nurlari aks urib turgan yo‘sinli dengiz kabi ich-
larida hiyla uchqunlari chaqnagan ko‘zlaringga azob berish uchun sochar edim. 
* * * 
Yana gapimdan adashdim. Holbuki, maqsadim faqat bugungi voqealarnigina yozib 
qo‘yishdan iborat edi. Qaerda to‘xtab edim? Ha, Hoji xalfa bir necha kundan buyon endi 
mo‘ralagan quyosh tufayli bolalarcha zavqlanganimni ko‘rdi-yu, biron yerdan yaxshi xa-
bar eshitibdi, deb o‘ylab, mendan surishtira boshladi. Menga tegishli biron xabarning un-
dan avval qulog‘imga yetishi mumkinmi axir? Qaerda och qolishimni ham, qachon 
uyqum kelishini ham bu g‘alati musofirxona xizmatkoridan so‘rab yurmasam, deb o‘ylay-
man! 
Hoji xalfa: 
— Ko‘p noz qilaverma, ayt. Bunday piqirlab kulishingning boisi yo‘q emas. Xudo bila-
di, biron xushxabar eshitgan ko‘rinasan, — dedi. 
Undan ham qulog‘i dingroq ko‘rinish negadir ko‘nglimni ko‘tarar, yarim hazil, yarim 
jiddiy bir alfozda ma’noli qilib kular, ko‘zlarimni qisar edim. 
— Kim bilsin, balki aytib bo‘lmaydigan biron sirdir, — dedim. 
Quyosh shu qadar chiroyli ediki, uning g‘oyib bo‘lishidan qo‘rqib, musofirxonaning na-
rirog‘idagi ko‘prikka chiqdim. Ro‘paramdagi tik tepalikka qarab yurdim, so‘ngra botqoqlik 
orqasidagi bir chakalakdan o‘tib, yana bir ko‘prikdan chiqdim. Hali anchagina aylanishim 
mumkin edi, lekin yo‘lni adashtirib qo‘yishdan ham qo‘rqinchliroq narsaga duch keldim. 
Savlatli chodram va mahkam to‘silgan yuz pardam bo‘lishiga qaramay, bir necha 
shubhali erkak orqamdan tushib so‘z ota boshladi. 
Hoji xalfaning nasihatlari esimga tushdi-yu, qo‘rqib, darrov orqamga qaytdim. 
Maorif bo‘limidagi qizil ko‘ylakli sarkotibning: “Hali ham Istambuldan hech qanday 
xat-xabar kelgani yo‘q, hamshira xonim!” deb javob berishiga ishonardim. Lekin ko‘cha-
ga chiqqandan keyin, u yerga ham bir uchrab kelish lozim. 
Mudirning xizmatchisi meni zinada ko‘rib: 
— Yaxshi kelding, xo‘jonim, bey seni yo‘qlayotgan edi. Oz bo‘lmasa seni qidirib muso-
firxonaga borardim,— dedi. 
Bey degani maorif mudiri edi. Qiziq! Mudir yangi qizil movut yopilgan yozuv stoli 
orqasida doimiy horg‘inligini qondirish uchun ko‘zlarini yumib jim o‘tirar edi. Qo‘llari 
yonlariga tushgan, yoqalari yechilgan, ko‘zlari yarim yumuq holda o‘yga botgan. Meni 
ko‘rib esnadi, kerishdi, keyin dona-dona qilib so‘zlay boshladi: 
— Xonim qizim, Maorif ministrligidan haligicha javob olganimiz yo‘q. Xohishlari qan-
day bo‘lishini bilmayman. Lekin Huriya xonim tajribali muallima bo‘lgani uchun uni olib 
qolishsa kerak, deb o‘ylayman. Masala sizning foydangizga hal bo‘lmagan taqdirda 
mushkul ahvolga tushib qolishingiz turgan gap. Miyamga bir fikr keldi. Bu yerdan atigi 
ikki soatlik bir masofada Zaynilar degan qishloq bor. Havosi, suvi yaxshi, tabiati nihoyat-
da go‘zal, aholisi axloqli, vijdonli, gapning qisqasi, jannatday bir joy. U yerda bitta vaqf 
maktabi bor edi. Bultur shu maktabni ancha ovora bo‘lib remont qildik, yaxshiladik. 
Ko‘pgina maktab qurollari sotib oldik. Maktab ichida muallimalar turadigan maxsus uy 
ham bor. Endi biron yosh muallimaning himmatiga, jonbozligiga muhtojmiz. U yerga siz-
dek pokiza bir xonimning borishini juda-juda istar edik. Haqiqatan ham yaxshi joy. Xo‘p 
desangiz, vataningizga juda katta xizmat qilgan bo‘lardingiz. To‘g‘ri, u yerdagi oylik bu 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin