www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Lekin u yana battar avj qila boshladi. Endi sochlarini yulib, yoqasining tugmalarini
uzib yig‘lar, qo‘llarimni, tizzalarimni o‘pgani yopishar edi.
Atrofimizdagi olomonning hamon ko‘payib borayotganligini ko‘rib, dahshatga tushdim.
Istambulda ko‘cha o‘rtasida tish tuzatadigan, kiyimlardan dog‘ ketkazadigan, sovun, sirli
dori-darmon sotadigan baqiroq chayqovchining atrofiga odamlar qanday to‘planishsa, biz
ham xuddi shunday odamlar o‘rtasida qolgan edik...
Atrofdan “Bechoraga jabr bo‘libdi, yig‘latma sho‘rlikni, kichik xonim!” qabilida so‘zlar
ham eshitila boshladi. Birdan tepamda paydo bo‘lgan yashil sallali, yo‘g‘on gavdali, op-
poq soqol mulla to‘ppa-to‘g‘ri menga xitob qildi:
— Qizim, keksa odamlarga hurmat, iltifot bir vazifayi diniya va insoniyadir, — dedi. —
Qo‘y, shu bechora xotinning rizqiga chang solma. Xudoni ham, payg‘ambarni ham xush-
nud qil. Javobi haq razzoqi olamdir. Albatta, senga ham g‘ayb xazinasidan boshqa bir
eshik ochib berur.
Chodra ichida bir yoqdan titrar, ikkinchi yoqdan sira tinmay ter to‘kardim. Qo‘lidagi
qisqichni betinim shiqirlatayotgan bir qahvachi:
— Shunday bo‘lsin, ha, shunday bo‘lsin, — deb baqirardi. — Olloh qaerdaki bo‘lsa, sen
ham noningni o‘sha yerdan topib olasan.
Olomon ichida qahqaha ko‘tarildi. Shu asnoda qizil ko‘ylakli kotib ham birdan sahnada
paydo bo‘ldi. Qahvachini yoqasidan bo‘g‘ib, zinadan pastga qarab uloqtirdi.
— Beadab! Hozir og‘zingni dabdala qilaman! — deb baqirdi.
Odamlar nega kulishdi ekan! Qahvachining so‘zlari ham mulla aytgan so‘zlarning
o‘zginasi edi-ku!
Huriya xonim shunday yig‘ladi, sharmandalik shu qadar kuchaydiki, bu masxaraboz-
likdan qutulish uchun jonimni ham berishga tayyordim. Men nihoyat:
— Xo‘p, xo‘p, xohlaganingiz bo‘lsin. Lekin xudo haqqi, meni qo‘yib yuboring, — de-
dim-u, yerga yotib olib o‘pmoqchi bo‘lgan tizzalarimni zo‘rg‘a qutqarib maorif mudirining
kabinetiga qaytib kirib ketdim.
Bir ozdan so‘ng menga markaziy rushdiyadagi darslarimdan o‘z ixtiyorim bilan voz
kechganim va Zaynilar maktabi muallimaligini tanlaganim haqida bir qog‘ozga qo‘l
qo‘ydirib oldilar.
Bir soat ichida butun rasmiyat bitdi. Joyidan qimirlay olmaydigan mudroq maorif mu-
diri esa izvoshda hokim uyiga borib, buyruqqa qo‘l qo‘ydirib keldi.
Ba’zan oylar bo‘yicha stolma-stol sarson bo‘lgan ishlar, agar xohish bo‘lsa, mana
shunday oson hal bo‘lar ekan...
Musofirxonaga qaytganimda, Hoji xalfa meni eshikda kutib oldi. U ham ranjigan, ham
suyungan bir alfozda:
— Sen yashirding-u, men bilmay qoldim, shunday-da? Xudo muborak qilsin, — dedi.
— Nimani bildingiz?
— Buyrug‘ing kelganini, jonim...
— Qanday buyruq, Hoji xalfa?
— Qo‘zim, seni markaziy rushdiyada olib qolishibdi, Huriya xonimning pasportini qo‘li-
ga berishibdi.
— Yanglish, Hoji xalfa. Men hozir maorif mudirining oldidan kelyapman. Unday gap
yo‘q.
Chol mening yuzimga shubhalanib qaradi:
— Yo‘q, buyruq kecha kechqurun kelibdi. Ishonchli joyda eshitdim. Bundan chiqdi,
mudir sendan yashiribdi-da. Hali bu yerda biron lo‘ttibozlik bo‘lmasin tag‘in? Gapir, tu-
shuntir.
Hoji xalfaning soddaligidan, gumonsirayotganidan kula-kula voqeani so‘zlab berdim,
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |