Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc



Yüklə 108,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix07.04.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#94404
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060 DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Shoir har kuni aqalli bitta she’r yozishi kerak, adib har kuni aqalli bitta sahifani to’ldirishi 
kerak, degan gaplar yuradi. 
Chindan ham tikuvchi har kuni aqalli bitta ko’ylak tikadi. Oshpaz har kuni aqalli bir 
qozon osh damlaydi. Novvoy har kuni aqalli bir tandir non yopadi… shaunday ekan, shoir 
nega har kuni aqalli bitta she’r yozmasligi kerak? 
Shunaqa-ku… Tikuvchi do’kondan tayyor mato olib, tayyor bichim bilan ko’ylak tikadi. 
Oshpaz bozordan tayyor masalliq olib, tayyor qozonda osh damlaydi. Novvoy kappondan 
tayyor un olib, tayyor tandirda non yopadi… 
Qalamkash esa, “mato” bilan “bichim”ni ham, “masalliq” bilan “qozon”ni ham, “un” bilan 
“tandir”ni ham o’zi yaratishi kerak. Boshqalar bor joydan bor qilsa, ijodkor yo’q joydan 
bor qiladi. Buning uchun esa, Xudo bergan iste’dod, Xudo ko’ngliga slogan ilhom kerak! 
* * * 
Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani to’la to’kis qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon 
qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushganlarning hammasini to’la-to’kis his 
qilolmaydi. Binobarin, kitob yozayotgan qalamkash hayajoni kitob o’qiyotgan o’quvchi 
hayajonidan o’n karra kuchliroq bo’ladi. 
Asar o’qiyotganingizda jinday tabassum qilsangiz, bilingki, o’sha sahifalarni qalamkash 
rostmana kulib yozgan. Kitob o’qiyotganingizda ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki, 
qalamkash o’sha sahifalarni rostmana yig’lab yozgan. 
* * * 
Asar binoga o’xshaydi. Faqat bino g’ishtdan quriladi, asar esa so’zdan. Endi bir narsani 
tasavvur qiling: bitkazilgan binodan bitta g’ishtni sug’urib olsangiz, uning husniga 
shikast yetadi. O’nta g’ishtni ko’chirsangiz, bino bosib qoladi… 
Shunday asarlar borki, butun-butun jumlalarni olib tashlasangiz ham, yuzta so’zni 
o’chirsangiz ham, mingtasi o’rnini almashtirsangiz ham hech nima o’zgarmaydi… 
Bunaqangi “asar” bino emas, vayronadir! 
* * * 
Talantsiz yozuvchi tovuqqa o’xshaydi. Yong’oqdek tuxum tug’adi-da, qaqog’lab olamni 
buzadi! 
* * * 
Ijod-yuz metrli masofani kim o’zarga yugurib o’tiladigan sprinterlik musobaqasi emas, 
uzoq va mashaqqatli yo’ldir. 
* * * 
Bir hamkasbim nolidi: 
-Bugungi kitobxon nodon, savodsiz. Mening qadrimni biladiganlar yuz yildan keyin 
tug’iladi. 
Men yupatdim: 
- Gapingiz to’g’ri… Faqat uni notariusdan tasdiqlatib, po’lat sandiqqa solib qo’ying… yuz 
yildan keyin so’zingizga guvoh topishingiz mushkul… 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin