Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
* * *
Adib qaysi tilda asar yozsa, o’sha xalqning yozuvchisi hisoblanadi. Bu o’rinda
millatning
daxli yo’q.
* * *
Yozuvchilik-ikki foiz talant, to’qson sakkiz foiz mehnatdir, degan gap to’g’ri bo’lsa,
dunyodagi hamma chumolilar yozuvchi bo’lardi!
* * *
Haqiqiy dengizchi ummonda o’zini
qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy yozuvchi ham so’zlar
ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To’rtta jumla yozmay turib, u yog’iga so’z
topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi.
* * *
Iztirob chekib yozilgan asar rohat qilib o’qiladi.
* * *
Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni,
odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling: siz
magnitafonda muzika tinglayapsiz. Cholg’u ohanglari, xonandaning ovozini qulog’ingiz
bilaneshitib, hayajonga tushasiz… endi tasavvur qiling: siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda
qora chiziqlar-harflardan bo’lak hech qanaqa rang yo’q. hech kim kuy ham chalmaydi.
Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda
rangin manzaralar paydo
bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O’zingiz bilmagan holda
qattiq hayajonga tushasiz…
Hech shubhasiz, badiiy adabiyot-dunyodagi sakkizinchi mo’jiza!
* * *
U- zo’r ijodkor. Shunchali “polvon”ki,
qayoqqa borsa, bir qop “paxta” orqalab yuradi.
* * *
O’z xalqi tanimagan, o’z xalqi sevmagan yozuvchini jahon kitobxoni sevishiga
ishonmayman.
* * *
Qog’oz oq bo’lgani uchun unga So’z bitadilar. Paytava kr bo’lgani uchun unga So’z
bitib
bo’lmaydi. Qog’oz pok bo’lgani uchun zarracha cho’g’ tushsa, yonib ketadi. Paytava kir
bo’lgani uchun tutaydi-yu, yonmaydi. Yozuvchi bo’lish uchun iste’dodning o’zi
kamlik
qiladi.
Qalbi qog’ozdek oq, qog’ozdek yonadigan odamdangina chinakam yozuvchi chiqadi.
* * *
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
Dostları ilə paylaş: