Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc



Yüklə 108,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix07.04.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#94404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060 DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
Yuk ko’targan... 
“Yuk ko’targan odam yuzaga chiqadi”, deydilar... Chiqadi. Albatta chiqadi! Faqat yuk 
ko’targanni ko’tarib yuboradigan Qo’l bo’lsa bas! 
Baxtli va baxtsiz 
Baxtli odam xudbin bo’ladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bo’ladi: 
baxtlilarga g’ayirligi keladi. 
Da’vo 
Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko’p da’vo qilsa, 
shuncha nodon bo’ladi! 
“Bilimdon” 
“ Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho ekansiz! 
Aytingchi, sharqdan sekundiga besh-yetti metr tezlikda esayotgan shamol o’n daqiqadan 
keyin shimolga buriladimi, janubgami? Yarim soatdan keyin izg’iringa aylanadimi, 
bo’rongami?... 
Xudoning qudrati 
Tabiat shunaqangi qudratliki, hohlasa, gulshanning qoq o’rtasida sassiq alaf o’stiradi. 
Hohlasa, botqoqning qoq o’rtasida nilufarni gullatib qo’yadi... 
Laylak 
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida ona-
bola qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, tez-
tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. 
Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni 
ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya 
qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. 
Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi. 
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay. 
-Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. – Yura qol, jonim. 
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U 
yana to’xtab qoldi. 
-Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib. 
-Laylak, o’g’lim, laylak. 
- Nimaga bir oyoqda turibdi? 
Ona kuldi: 
- Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim. 
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib 
tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi. 
Bola tag’in to’xtab qoldi. 
- Nima o’zi u, oyi? 
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi 
bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – senga salom 
beryapti-da. 
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. 
... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador, 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin