Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc



Yüklə 108,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix07.04.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#94404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060 DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR

Kuchsizniki-kuchli 
Kuchli odamning g’azabidan qo’rqmang. Ojiznikidan qo’rqing! Kuchli to’ksa, o’z g’azabini 
to’kadi. Ojiz esa o’z g’azabi bilanbirga o’zgalardan ko’rgan sitamini ham qo’shib 
sochadi... 
Tarnov 
Erta bahor edi. Hordiq kuni edi. Kech turdim. Hovliga tushsam, havoning avzoyi buzuq. 
Yuvunib chiqib qarasam, tunuka tom peshidagi tarnov bir tomonga qiyshayib yotibdi. 
Qishda yoqqan qor zalvoridan qiyshayib qolgan shekilli… Qatiqroq shamol bo’lsa, tushib 
ketadigan… 
Yo’lakda yotgan narvonni ko’tarib kelib tomga tiraguncha tinkam quridi, zax tortib
zildek bo’p ketibdi. 
Narvon zinasiga oyoq qo’yishim bilan ayvondan onam tushib keldi. 
- Nima qilmoqchisan?- dedi ko’zimga termulib. 
- Hozir,- dedim beparvo qo’l siltab.- Tarnov qiyshayib qopti. 
- Shoshma, bolam, avval choyingni ichib ol... 
- Hozir tushaman. 
Shunday dedim-u narvonga tirmashdim. Tomga chiqishim bilan pastdan onamning 
xavotirli xitobi eshitildi: 
- Ehtiyot bo’l, tom labiga borma! 
- Uyga kirsangiz-chi! – dedim og’rinib. 
Tunuka tomni taraq-turuq bosib, qiyshaygan tarnov oldiga keldim. Uvallo urinaman, 
tarnov la’nati o’nglansa qani! Zanglab ketganmi, bo’yo’g’i yopishib qolganmi... 
Aksiga olib, yomg’ir shivilay boshladi. Avvaliga tomchilab turdi-da, keyin shiddat bilan 
yog’ib ketdi. Tom labida o’tirgancha, tarnovini qo’shqo’llab surishga urindim. Qilt 
etmaydi! 
Pastdan yana onamning ovozi keldi: 
- Menga qara, bolam. 
Narvon oldiga qaytib keldim. 
- Nima deysiz? 
- Jon bolam, mana buni kiyib olgin... 
Qarasam, onam bir qo’li bilan narvonni changallagancha, ikkinchi qo’lidato’n ushlab 
turibdi. Yupqa ro’moli, nimchasi ho’l bo’lib ketgan... 
Xunobim oshdi. 
- Hozir tushaman, dedim-ku! Men yosh bolamanmi? 
- Shamollab qolasan! 
- Obbo! Siz uyga kiravering! Hozir tushaman. 
Shunday deb, tag’in tarnov oldiga qaytdim. Jahl bilan tarnovni mushtlay boshladim. 
Bir mahal pastdan yana ovoz keldi: 
- Ada! Adajon! 
- Ha! – dedim battar xunob bo’lib. 
- Varragim yirtildi! 
Qarasam, yetti yashar o’glim hovli o’rtasida turibdi. Oyog’i ostida yirtilib, qamishlari 
qovurg’adek turtib chiqqan varrak loyga qo’rishib yotibdi. O’zi ko’ylakchan. Boshyalang. 
Yomg’ir ostida diydirab turibdi.
-uyga kir, Farruh!- dedim baqirib.- Uyga kir, shamollab qolasan! 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin