Microsoft Word Dialekt Majmua


Dialektal lug‘atlar ahamiyati



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Dialektal lug‘atlar ahamiyati 

O‘zbek  tilining  lahjalariga  oid  sheva  yoki  shevalar  guruhining  yoki  barcha 

shevalarning  leksik  boyligini  qamrab  olgan  lug‘atlar  o‘zbek  xalqi  so‘z  boyligining 

yagona  so‘z  boyligidir.  D.l.  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili  o‘zbek  tili  tarixi  bo‘yicha  olib 

borilayotgan  tadqiqotlar  uchun  shuningdek  adabiy  til  va  sheva  leksikasining  o‘zaro 

munosabatalini  yoritish  shevalardagi  ayrim  so‘zlarni  adabiy  til  lug‘atlariga  kiritish 

adabiy  tilda  badiiy  asarlarda  keng  qo‘llanayotgan  dublet  so‘zlarning  dominantlarini 

belgilash  uchun  yordam  beradi.  D.l.lar  o‘zbek  shevalari  atlasini  tuzish  uchun  ham 

foydalidir. Chunki D.l.larda dialektizmlarning qaysi hududda uchrashi ma’lum darajada 

aks etadi. 

Shevalardagi  ba’zi  so‘zlarning  etimologiyasini  ham  aniqlashga  yordam  beradi. 

D.l.da  o‘zbek  tilining  izohli,  ikki  tilli  va  terminologik  lug‘atlari  uchun  ko‘p  leksik 

materiallar  bor.  Bu  xildagi  adabiy  tilga  oid  lug‘atlarda  ba’zi  bosh  so‘zlardan  keyin 

qo‘yiladigan  dial  shartli  belgisi  o‘sha  so‘zning  mahalliy  shevalarga  oid  dialektizm 

ekanligini bildiradi. 

Umumturkiy  tillar  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ilmiy-nazariy  va  qiyosiy 

tadqiqotlarni  tuzish  rejalashtirilayotgan  umumturkiy  tillar  shevalarning  D.l.ni  o‘zbek 

shevalari  to‘liq  lug‘atisiz tasavvur qilish qiyin.D.l. o‘zbek xalq  maqol  va  matallarining 

qaysi  territoriyada,  qaysi  sheva  dialect  vakillari  tomonidan  yaratilganligini  belgilashga 

ulardagi ba’zi so‘zlar anglatgan ma’nolarni to‘g‘ri aniqlab olishga yordam beradi. 

D.l.  xalq  og‘zaki  ijodini  o‘rganuvchilar,  folklor  asarlarini  lug‘atini  tuzuvchilar 

uchun  ham  ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari,  maktablarda  o‘quvchilar  yozuvidagi 

dialektal xatolarni bartaraf qilish uchun ham foydalidir. Bu borasida N. Ahmedov va O. 

Botirovlarning  sheva  materiallari  asosida  yozilgan  nomzodlik  ishlari  fikrimizning 

dalilidir.  Shevalarlug‘atida  xalq  tarixinng  ko‘p  asrlik  mahalliy  ko‘rinishlari  o‘z  aksini 

topadi.  Shu  jihati  bilan  ham  D.l.lar  tarixchilar,  etnograflar,  arxeologlar  va 

adabiyotshunoslar  uchun  ham  qimmatlidir.  D.l.  lar  botanik,  zoolog  q.q.  xodimlari  va 

barcha  kasbdagi  odamlar  uchun  ham  zarur.  Chunki  unda  kasb  –  hunarga  oid  so‘zlar 

ham  mavjud.  Hozirgi  paytda  kitob,  radio,  vaqtli  matbuot,  teatrning  kundalik  ta’siri 

adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi farqni kamaytirib bormoqda. Bu holat arxaik hamda 

etnografik dialektizmlarning kamayishiga olib keladi. “Leksikologiyaga oid tadqiqotlar 

unutilishi  mumkin, biroq  yaxshi  lug‘atlar  hech  qachon  unutilmaydi,  ular abadiy qoladi 

deydi prof. F. Sorokoletov. Oktabr voqealaridan keyin V. Nalivkin va Nalivkinalarning 

Namangan shevasi bo‘yicha lug‘ati yaratilgan.   

1972  yildan  boshlab  A.  Kononov  va  A.  Aliyevlar  bu  lug‘atni  ilmiy  yozuvda 

berilmagani  uchun  lug‘at deb  hisoblamaganlar. 1899  yilda  N. Pantusovning “ Bir chol 

va  bir  savdogar  qizi  haqida  Marg‘ilin  ertagi”  asari  bosilib  chiqqan  va  o‘sha  davr 

Marg‘ilin  shevasi  bo‘yicha  ma’lumot  beradi.  1988  yilgacha  o‘zbek  dialektologiyasi 

bo‘yicha 9 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik ishlari himoya qilingan. Shulardan 25 tasida D.l. 

mavjud.  O‘zbek  shevashunosligi  tarixida  1971  yilda  5  ming  so‘zdan  iborat  1  tomlik 




30 

 

o‘zbek  xalq  shevalari  lug‘ati  nashr  qilngan.  Shundan  keyin  ham  qilingan  ko‘pgina 



ishlarda dialektal lug‘atlar mavjud. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin