So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan so‘zning o‘zi
hamiste’moldan chiqadi. Bu so‘zlar ham o‘z navbatida qadimgi so‘zlar va tarixiy
33
Arxaizmlarning hozirgi sharoitda o‘rnida ishlatiladigan boshqa so‘zlar ham
bo‘lishi mumkin. Bu bir narsaning 2 ta nomi bir vaqtda ishlatiladi, ammo bittasi zamon
nuqtai nazaridan faol biri passiv iste’molda bo‘ladi. Eskirgan formasi o‘rni bilan o‘sha
davrni ochib berish holatlarida qo‘llanishi mumkin. M-n; g‘azot-urush, sho‘ro-q. sh.
Raisi, toushan-quyon kabi.
Bunday so‘zlarning lug‘at birligi biror jihatdan eskirib o‘z o‘rnini boshqa bir
lug‘at birligiga bo‘shatib bergan. Ba’zi hollarda ba’zi bir so‘zlarning ma’nolari bir-
biriga yaqinlashadi, yoki aynan bir xil bo‘lib qoladi. Bunday hollarda ulardan biri
iste’moldan chiqib ketadi. M-n; sho‘ro-sovet, ma’ruza-doklad kabi so‘zlar dublet
shaklida qo‘llanib kelindi. Bularning ichidan sho‘ro, doklad so‘zlari eskirib iste’moldan
chiqdi. O‘tmishda mavjud bo‘lgan va hozirda ishlatilmay qolgan narsa va
tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar istorizmlar tarixiy so‘zlar yo‘qolib ketgan narsa –
voqea-hodisalarning va tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bularni hozirgi
adabiy tilda shakldoshlari bo‘lmagan.M-n; qozi, alam, ellikboshi, mirshab kabi. Bu
so‘zlar hozirgi paytda zaruriyat tufayli o‘tmishga murojaat qilingandagina o‘z o‘rnida
ishlatilishi mumkin. Yangi so‘zlar jamiyatda, hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ifoda
qiladi.
Bunday so‘zlar har bir tilda o‘z so‘z boyligi asosida turli sohalarni ifodalovchi
leksema sifatida paydo bo‘ladi. Bu so‘zlar ham ma’lum bir davr uchun yangilik
hisoblanadi. M-n; 20-yillarda kolxoz, sovxoz, 60-yillarda kosmos, kosmonavt so‘zlari
yangilik sanalgan. 10-yillarda zavod, ishchi, poyez so‘zlari yangilik sanalib keyinchalik
eskirgan. Evfemizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan. Hozir ham ayrim
qoldiqlari saqlanib qolgan. Tabu hodisasi bilan bog;liq holda yuzaga kelgan. Evfemizm
grekcha “yaxshi gapiraman” degan ma’noni bildiradi. M-n; ko‘zi ko‘rmaydigan odamga
ko‘r demasdan ko‘zi ojiz deyish evfemizmdir. Tabu hodisasi etnografik atama bo‘lib,
irim-sirimlar asosida yuzaga keladi. M-n; ma’lum bir so‘zni aytmaslik tabu deyiladi. M-
n; tog;li xalqlar kechasi bo‘ri nomini aytmaganlar. Qarluq shevalarida ilonni arg‘amchi
deyilishi, o‘g‘uz shevalarida g‘assolni tozalovchi deyilishi tabu hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: