Microsoft Word Dialekt Majmua



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Tayanch tushuncha: 

1. Izоglоssa. 

2. Karta. 

3. Dialеktоlоgik atlas. 

4. Izоfоnеma. 

5. Izоmоrfеma. 



 

 

 



18-ma’ruza 

Mavzu: Adabiy til va dialekt munosabati 

Reja: 

1. 


Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalari 

2. 


Dialektal xato va ularni bartaraf etish yo‘llari 

3. 


Bir xalq tilining turli davlat hududlarida rivojlanishi 

 

Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalari. 

O‘zbek  shevashunosligida  mavjud  bo‘lgan  ilmiy  adabiyotlarda  sheva,  lahja  va 

dialect  atamalari  turlicha  ma’nolarda  qo‘llanilib  kelmoqda.  Mazkur  atamalarning 

ma’nosi ham bir-biridan unchalik uzoq emas. Sheva – forscha so‘z bo‘lib, asl ma’mosi 



ovoz,  til,  so‘zlashish,  odat,  yo‘sin,  ravish  kabi  ma’nolarni  anglatadi.  Ammo 

tilshunoslikka  oid  atama  sifatida  qo‘llanilganda  “o‘ziga  xos  fonetik,  grammatik  va 

leksik  xususiyatlarga ega bo‘lgan,  muayyan  hudud bilan chegaralangan o‘zbek tilining 

bir  tarmog‘i  sheva  deyiladi”.  Shevalar  hatto  kishik  bir  qishloq  hududi  bilan  ham 

chegaralanishi mumkin. Masalan, Toshkent shevasi, Andijon shevasi va boshqalar.  

Keyingi  yillarda  sheva  atamasi  bilan  bir  qatorda  –  dialekt  atamasi  ham 

ishlatilmoqda.  Dialekt  so‘zi  lotincha  bo‘lib,  adabiy  tildan  o‘zining  ba’zi  bir  (fonetik, 

grammatik,  leksik)  farqlanadigan  umummilliy  tilning  yirikroq  bo‘lago  dialekt  deb 

yuritiladi.   

Kichik  shevalar  yig‘ilsa,  lahjani  yuzaga  keltiradi.  Shu  bois,  “bir-biriga  yaqin 

shevalar yig‘indisi lahja deb yuritiladi”. Lahja – so‘zi arab tiliga xos bo‘lib, ifoda, so‘z, 

sheva,  ovoz  kabi  ma’nolarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Lahja  atamasi  keng  va  tor 

ma’nolarda  qo‘llanilib  kelinadi.  O‘zbek  tilshunosligida  shevalardagi  asosiy 

xususiyatlarni  o‘zida  birlashtiruvchi  shevalar  yig‘indisi  ma’nosida  qo‘llanilishi  uning 

keng  ma’noda  qo‘llanilayotganini bildiradi. Ba’zan esa, dialekt  (sheva) atamalari bilan 

ham mos kelib qoladi. Bunda u tor ma’noda qo‘llanilayotgn bo‘ladi. 

Milliy  til  tushunchasi  barcha  sheva  hamda  lahjalarni  o‘z  ichiga  qamrab  oladi. 

Milliy  tilimiz  chegaralangan  va  chegaralanmagan  leksika,  yangi  va  eski  so‘zlar,  kasb-

hunarga  oid  so‘zlar,  tabu  va  evfemizmlar,  varvarizm,  jargon  va  argolar,  xullas 

tilimizning barcha leksik qatlamlarini qamrab oladi. 

O‘zbek  adabiy  tili  esa,  ana  shu  lisoniy  vositalarda  saylab  olinib,  sayqallanib, 

tartibga  solinib  shakllantirilgan,  O‘zbekistonda  yashayotgan  barcha  sheva  vakillari 




22 

 

uchun tushunarli bo‘lgan til hisoblanadi. O‘zbek adabiy tili ana shu sheva va lahjalardan 



oziqlanadi. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin