Microsoft Word Dialekt Majmua


Dialektal  xato  va  ularni  bartaraf  etish  yo‘llari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Dialektal  xato  va  ularni  bartaraf  etish  yo‘llari.  Mamlakatimizning  turli 

hududlarida istiqomat qilayotgan sheva vakillari o‘zbek adabiy tilidan foydalanishda bir 

qancha o‘rinlarda dialektal xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bunday dialektal xatoliklar har 

bir lahja vakillari uchun xususiy shakllarda namoyon bo‘ladi. 

Masalan,  qarluq  lahjasi  vakillari  nutqida  qaratqich  kelishigi(-ning)  o‘rnida 

tushum  kelishigi  (-ni)ni  qo‘llash  holatlari  keng  kuzatialdi.  Misol  qilib:  mani  kitobim 

(mening  kitobim),  sani  uying  (sening  uying)  kabi.  Bu  holatni  o‘zbek  tilining  deyarli 

barcha sheva va lahjalari vakillari nutqida kuzatish mumkin. 

Yoki,  o‘g‘uz  lahjasi  vakillari  nutqida  jo‘nalish  kelishigi  (-ga)  o‘rnida  (-a) 

shaklining  qo‘llanishi:  bozora  (bozorga),  uy:a  (uyga)  kabi.  Samarqand,  Buxoro 

regionlarida  yashaydigan  turkiyzabon  kishilar  nutqida  jo‘nalish  kelishigi  qo‘shimchasi 

(-ga)  o‘rin-payt  kelishigi  o‘rnida  qo‘llanilishiga  guvoh  bo‘lamiz.  Masalan,  mashinada 

keldi//mashinaga keldi; shu yerda//shu yerga va boshqalar.   

Bu  kabi  dialektal  xatoliklarni  tuzatish  uchun  ko‘proq  adabiy  til  me’yorlarini 

o‘rganish va ularga rioya qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun mashhur diktorlar, radio va 

televideniening taniqli suxandonlari nutqini tinglab borish zarur bo‘ladi.  




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin