27
foyda olmayotganini anglatmaydi. Keyingi gal u dadilroq bo‘lib, ishga kirishiga
jazm etadi.
Musiqa yoki sport zaliga o‘tganda bolalar katta yoshdagi boshqa
ustozlar (musiqa xodimi, trener) bilan muloqot yuritadi Har kuni guruh xonasi
doirasidan tashqariga chiqish bolalar hayotiga rang-baranglik olib kiradi, ularning
ijtimoiy-madaniy makonini kengaytiradi. Ushbu ta`limiy faoliyatning bir qismini
pedagog bolalar bilan birga o‘tkazishi, boshqa qismini esa – yengil nonushta
tayyorlashga sarflashi mumkin (agarda u ota-onalar iltimosi bilan tashkil
etilayotgan bo‘lsa). Birgalikda ovqatlanish bolalar guruhining jipslashuviga xizmat
qiladi. Nonushta paytida erkin, qulay muhitni vujudga keltirish, bolalarning bir-biri
bilan o‘tgan ta`limiy faoliyatlardan olgan taassurotlari bilan bemalol fikr
almashishiga imkon berish zarur. Nonushtadan keyin pedagogga stolni tartibga
keltirish uchun navbatchilar yordamlashadi.
Kun bolalarning erkin faoliyati bilan yakunlanadi. Ayni shu vaqtda
pedagog haftada ikki marta bir necha bolani (qo‘shimcha mashg‘ulot zarur
bo‘lganlarni) kommunikativ treningga taklif etadi. Barcha xohlovchilar ularga
qo‘shilishi mumkin. Har bir guruh bilan mashqlar majmui 10 daqiqaga
mo‘ljallangan. Hafta kunlardan birini pedagog bolalarda o‘yin faoliyatini usullarini
rivojlantirish maqsadida ular bilan o‘ynashga bag‘ishlaydi.
Kattalarning bolalar bilan o‘yini va kommunikativ treningning tashkiliy
o‘ziga xosligiga e’tibor qaratish lozim: pedagog bu ishni bolalarning erkin
mustaqil faoliyati bilan bir vaqtda amalga oshiradi. Bu jarayonda pedagog kichik
guruhlar bilan ishlaydi, u bolalarni o‘yin yoki suhbatga maxsus jalb qilishi yoki
xohlovchilarni taklif etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: