47
davrida yetakchi faoliyat turi bo‘ladigan o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi
lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli malakalarning shakllangan bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri
bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira
olishidir. Bunday jara
yon
lar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi
belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini kidirib topa bilish va ulardan
hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga
aylantirilsa
yoki
o‘yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o‘zlashtiradi.
Yuqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda
muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va
ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo`lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham
yuqori
bo‘lsa-yu
o‘quvchilikning
ijtimoiy
holatiga
shaxsan
tayyor bo‘lmasa, maktabda o‘qib ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi
yoki
ota-
ona uni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zo‘rma-zo‘raki, sifatsiz,
qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo‘ladi.
Eng
yo
moni, bu
yosh
da maktabga borishni xohlamaydigan bolalar ham uchrab
turadi. 5-7
yosh
li bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni
tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoning oqibati hisoblanadi.
Ayrim ota-onalarda maktabgacha
yosh
davridagi bolani maktab bilan qo‘rqitish
hollari ham kuzatiladi. “
Dostları ilə paylaş: