59
I. Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma
(motivatsion tayyorgarlik).
Maqsad:
Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida
unda mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab
vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini
aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga
munosabati va unda o‘qishga xohishi).
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol
bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish
sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi sababini aniqlaydi).
3. O‘qish –bu qiyinmi
yoki
oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta’lim
olish jara
yon
ibu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jara
yon
degan tushunchaga
oydinlik kiritadi).
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi
bo‘lish
yoki
bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga
uning munosabati).
5. Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan?
(sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi
haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon
o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi
haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi).
7. Nega ayrim bolalar maktabda
yo
mon o‘qishadi? (bolalarda mas’uliyat
hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi).
8. Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga
bo‘lgan intilishini aniqlaydi).
9. Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy
bahoga bola munosabatining asosi).
10. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun
nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi).
Dostları ilə paylaş: