Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bolalarni 
maktabga 
tayyorlashda 
salomatlik 
va 
jismoniy 
rivojlanganlikning ahamiyati. O‘qish uchun bolalar anchagina jismoniy va aqliy 
kuch sarflashlari kerak. Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar 
uning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amxo‘rlik qilishi 
juda muhimdir. Bola hayotining rejimi. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif 
bolaga nisbatan maktab rejimiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan 
g`ayratlarini tiyib jim utirishga tezroq ko‘nikadi. Har bir bola aniq kun tartibiga 
ongli ravishda rioya qilishiga bog‘liq . Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning 


49 
sogligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o‘rindan turish, ovqatlanish va 
uyquga 
yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining 
xarakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini 
o‘rnatadi. Biroq siz bir narsani, ya’ni maktabgacha 
yoshdagi bolaning nonushtasi 
va tushligi o‘rtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat 
o‘rtasidagi oraliq – bir oz kattaroq (6-7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish 
kechki 
choy 
bo‘lishi 
kerakligini 
unutmasligingiz 
kerak. 
Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola 
tushlikdan so‘ng 1-1,5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda, 
ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin. Bola miriqib uxlasin desangiz, quyidagi 
qoidalarga rioya qiling:
- bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating; 
- bolani uxlashga 
yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qo‘li, buyni, oyogini 
yuvishga odatlantiring; 
- bolaga o‘rinda nonushta qilishga aslo yo‘l qo‘ymang; 
- bolaning me’yoriy rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat qilishi 
kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiqsin. Bola 
ochiq havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, 
yozda esa deyarli butun 
kunini ochiq havoda o‘tkazsin. Bolaga kun bo`yi tinim bilmay lakillab yurishga 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bunday ortiqcha o‘ynoqilikdan bola maktabning talabchan 
intizomiga ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch faoliyatlar bilan 
almashinib turishini kuzatib borish zarur. Bolaning kundalik rejimga amal qilishi 
uchun asosan, qat’iy nazorat lozim. Bola kundalik rejimni bajarish majburiyligiga 
va hech qanday gap, iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda 
o`ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga ko‘nikishi kerak. Shu bilan birga rejimning 
zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. Masalan: “Ertalabki 
badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun bo‘yi tetik 
yurasan”,”Barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan. Menga ancha 
yordam
ing 
tegdi”,”O‘z vaqtida ovqatlansang, tez o‘sasan hamda, kasalga chalinmaysan” va 
shu kabilar. Rejimning qimmati bola faoliyatining har xil turlarining almashinib 
turishini ta’minlashdir, bu esa 
yosh, o‘suvchi organizmni charchashdan saqlaydi, 
bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, bola rasm 
solishga qiziqib ketib, stoldan 40 daqiqa davomida turmadi, lekin u faol harakat 
qilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. Shuning uchun u o`ynab bo‘lganidan 
keyingina unga tinch o‘yin 
yoki mashg‘ulotni tavsiya qilish mumkin. Agarda ish 
shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada bo‘lmasin asta-
sekin o‘z faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab 
rejimining 
asosiy 
qoidalariga 
osongina 
ko‘nikishida 
katta 


50 
ahamiyatga egadir. Olti yoshli bolaning kundalik rejimi taxminan quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin