Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

 Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. 
Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan bolalar 
poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha shifokorlardan iborat bo‘lgan 
tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sog`ligi va maktabga 
tayyorgarligi haqida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda 
o‘tkazilishi 
bolada 
aniqlangan 
yetishmovchiliklarni 
yoz 
davomida
dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo‘l 
muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, harakat sifati rivojlanganligini 
musobaqa, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida 
tekshirish mumkin.
 Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash. 
Tashxislash suhbati savollari: 
1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt. 
2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt. 
3. Sen qizmi 
yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami? 
4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ? 
5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi? 
6. Hozir ertalabmi 
yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)? 
7. Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab 
qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi 
yoki kechki ovqat? 
8. Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda? 
Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
9. Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi? 


53 
10. Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning, ro‘molning) 
rangi qanaqa? 
11. Hozir yilning qaysi fasli – qishmi, bahormi, 
yozmi, kuzmi? Nega sen 
shunday deb hisoblaysan?
12. Nega qor qishda bo‘ladi, 
yozda emas? 
13. Haydovchi (shifokor, o‘qituvchi ) nima ish qiladi? 
14. Maktabda qo‘ngiroq, parta nima uchun kerak? 
15. O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulog`ingni ( o‘ng 
yoki chap qo‘l bilan ) 
ko‘rsat. Ko‘z va quloq nima uchun kerak? 
16. Qanday hayvonlarni bilasan? 
17. Sen qanday qushlarni bilasan? 
18. Nima katta: sigirmi, echkimi? Kushmi 
yoki asalari? Nimaning panjasi 
katta: kuchuknikimi, xo‘roznikimi?
19. Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi, 3 ? 3dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana. 
20) Bilmasdan birovning narsasini sindirib qo‘ysang, nima qilish kerak? 
21. Uy telefonlaringning, onangning, otangning, buvingning ish joylaridagi 
telefonlarning raqamini eslab ko‘r… 
22. Agar ota-onang ( kechqurun va dam olish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa – 
qayerda bo‘lishi mumkin?
23. Sen (katta do‘konda, bozorda, hayvonot bogida, seni majburan olib 
ketganda, notanish ko‘chada ko‘p kishilik avtobusda, metroda va boshq.) adashib 
qolsang, bunday holatlarda nima qilgan bo‘larding?

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin