Bolalarni maktab va maktab o‘quvchilari hayoti bilan tanishtirish. Bolang‘ich sinf o‘quvchisi va maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhi
tarbiyachisi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha
ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o‘tkazilishi
mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab
o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalariga
o‘zlarini maktabdagi o‘qishlari,ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar
xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni
qanday
parvarish
qila
yotganliklari,
ustaxonada
qanday
ishlarni
bajara
yotganliklarini ko‘rsatadalar. Ish shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-
sinfda «Rasmga qarab so‘zlab berish» mavzusidagi dars – mashg‘ulotni
birga o‘tkazish. Sport maydonchasida
yoki sport zalida maktabdagi
jismoniy tarbiya mashg‘ulotini birga bajarish;
-
birinchi sinf o‘quvchilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan rasmlarni
birgalikdagi ko‘rgazmasini tashkil etish;
-
maktab ustaxonasida o‘quvchilarni mehnat mashg‘ulotini kuzatish;
-
o`quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni maktabgacha ta’lim
tashkiloti bolalariga sovg‘a qilishadi;
-
maktabda o‘qi
yotgan bolalar o‘z maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
kelishadi;
-
«Maktab» o‘yini tashkil etish.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va boshlang‘ich sinf
o‘quvchisi faoliyatiga izchillik yaqqol namo
yon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash
va ta’lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan
maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi aloqa mustahkam bo‘lgandagina bola
tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning