Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi
ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish
maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari,
bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar
uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya
vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha
tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari,
konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi
qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi
tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar,bolalar bilan olib
boriladigan ta’lim - tarbiya jara
yonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar,
kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan
olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida
e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar
namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga
sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunlari tashkil etilishi ham
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda
ota-onalarga bolalarning faoliyatlari: mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va
bolalarning jamoada ularining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi.Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim
tashkilotining Ustavi»ga binoan mudiraga
yordam berish uchun tuziladi. U ota-
onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir
yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi
mudiraga maktabgacha ta’lim tashkilotining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida
yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash,
o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar
qo‘mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular
bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi.
Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-
onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ro‘za va hisobotni eshitishga
103
xaqlidir. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim
tashkilotida saqlanadi.