101
fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini
qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya qilib berish
mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga
hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim - tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha
tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning
yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining
ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar
yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim tashkilotiga taklif qilinadi.
Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajara
yotganini yoki
sayrga chiqishdan avval u qanday kiyina
yotganini ko‘radilar va bolalarning uquv
va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni
tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak.
Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. Ota-
onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda
ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishni taqozo etadi. Masalan: bolalarni
tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni
maktabga tayyorlash haqida; maktabgacha ta`lim tashkilotlarining yillik ish rejasi
to‘g‘risida; ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular
jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning
guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari
kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: