Bolalarni oilada tasviriy faoliyat orqali maktabga tayyorlash.
Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish
uyg‘otadi, balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z ishida aks ettirishda, olamni ko‘z
oldida yaxlit holda namo
yon etishida va umuman har tomonlama shakllanishiga
(estetik, aqliy, axloqiy) turtki bo‘ladi.1-sinfning o‘quv dasturiga tasviriy faoliyat
darslari kiritilgan, Ushbu faoliyatda bolalar rasm chizishga o‘rganishadi. Qog‘oz
va loy bilan ishlash qo‘l mehnati dasturiga kiritilgan.Shuning uchun uyida
hamkorlikda rasm chizgan, loy bilan ishlash, qirqib yasashga o‘rgangan bolaning
o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, qo‘lda bajarish ko‘nikmalari yanada
mustahkamlanadi. Tasviriy faoliyat bolaning maktabga psixologik-aqliy
tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha harakatlarni
anglagan holda bajarishida ko‘rishimiz mumkin. Rasm chizish, loy bilan ishlash,
applikatsiya o`yinli ta`lim foliyatlarlari, bolani o‘z vaqtini rejali
tashkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va
to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni
egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga
o‘rgatadi.Tasviriy faoliyat mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan
materiallar quyidagilar: qog‘oz, qalam, mo‘yqalam,bo‘
yoq, elim, qaychi, plastilin
va hokazo. Bolalar, asosan,
yorqin ranglarni yoqtirishadi, ularni bo‘yoq va
qalamlar to‘plam o‘ziga jalb etadi. Bo‘
yoqlarni har xil rangdaligi bolalarning
dunyoni
yorqin tasvirlashga imkon yaratadi va mazmunli rasm solishga turtki
114
bo‘ladi.Shuning uchun rasmga yaxshi bo‘
yoq materiallarini tanlash muhim. Rasm
chizish uchun har xil materiallardan foydalanish mumkin, lekin bu hamma material
ham muhim degani emas. 12 xil rangdagi qalamlar to‘plami, oddiy qalam (2-3m)
mo‘yqalam, akvarel bo‘
yoqlari va rasm uchun qog‘oz kabi materiallarsiz bola
faoliyatini tashkillashtirib bo‘lmaydi. Albatta turli materiallar rangli mel, bola
ishini yanada boyitib ko‘rsatadi va bu rasm chizish jara
yoniga katta e’tibor talab
qiladi, bola syujetga xos rang tanlashga o‘rganib qoladi, rasm va meteriallar
o‘rtasidagi aloqa kabi masalalar bolani fikrlashga da’vat etadi. Har gal yangi-yangi
rasm syujeti bilan bog‘liq materialni tanlash ham kerak emas. Bola bir material
ustida ishlab uni to‘liq anglab olishi kerak. Kattalar tasviriy faoliyatni uyda
tashkillashtirishi, bola ishlashi uchun va material, uskunalar uchun alohida joy,
mashg‘ulot uchun kerak bo‘ladigan materiallarni tayyorlashi zarur. Bu bola
mustaqil tarzda ishlashi uchun, kerakli narsalarni, chin dildan tayyorlashi va ish
oxirida o‘z joyini yig‘ishtirib qo‘yishi uchun zarur.Bolalarni ta`limiy faoliyat
uchun materiallarni oldindan tayyorlashga o‘rgatish kerak: qalamlarni o‘tkirlash,
akvarel bo‘
yoqlarini namlash ya’ni yumshab mo‘yqalamga oson yig‘ilishi
uchun.Bo‘
yoq bilan ishlash uchun, maxsus idishda toza suv, yumshoq latta,
mo‘yqalam suvini shimishi uchun kerak bo‘ladi. Bundan tashqari rangni
aralashtirib, zarur rangni tanlash uchun palitradan foydalanish kerak bo‘ladi.
Qog‘ozni rasm albomi va rasm daftaridan olishi kerak. Yupqa
yozma varaq va
oddiy daftar varaqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Loy o‘rnida eng qulayi bu
plastilin. Uni kaftlar orasida harakatlantirib,qizdirib, yumshatib olish lozim. Buni
bolani o‘zi bajarsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Applikatsiya uchun rangli
qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin.
Eng muhimi bola ishiga hurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chiza
yotgan vaqtda
unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak
emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jara
yonlarni
buzadi. Rasm va loy ishida: “Qalamni to‘g‘ri ushla”, “Qattiq bosma”, “Rasmni
ehti
yotlik bilan bo‘yagin”, “Shoshilma” kabi gaplar bilan tanbeh berishning o‘zi
yetarli. Buni bola jig‘iga tegmasdan sekin murojaat qilgan holda bajarish
kerak.Ta`limiy faoliyat paytida stolga tushadigan
yorug‘lik muhim va bolani
o‘tirishiga e’tibor qilish lozim. Agar bola biror narsani o‘xshatib chizgisi kelsa-yu
lekin o‘xshatishga qiynalsa, odatda kattalarga
yordam so‘rab boradi. Bunday
holatda qalam ushlab, rasm chizishga shoshilmaslik kerak, chunki bu har doim
ham yaxshi samara bermaydi. Rasmni har safar kattalar chizib ko‘rsataversa,
bunday bolalar engillikka o‘rganib qolishadi va qiyinchilikni yengib o‘ta
olmaydilar. Qiyinchilikni yuzaga kelish sababi, bu bolada ko‘rgazmali narsa
haqida aniq tasavvurning yo‘qligidadir. Shuning uchun bola shu narsa haqida to‘liq
115
ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar shu narsani kitob va o‘yinchoqlar orqali
ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, albatta undan foydalanish kerak. Bola kerakli narsani
rasmlar orqali o‘zi topsin. Kattalar esa bola rasmni topishi uchun ketgan vaqtni
hisobga olishi kerak. Qidiruv uchun ko‘p vaqt sarf qilinishi kerak emas, chunki
bola diqqati va xa
yoli boshqa faoliyatga ko‘chib, boshlagan ishni oxiriga etkaza
olmay qoladi. Bolaga
yordam berish, rasmni qidirib topib, diqqat bilan kuzatish
kerak. Bola rasm detallarini tushirib qoldiradimi
yoki qo‘shadimi bu o‘ziga havola.
Eng asosiysi bola o‘z holicha rasm chizsin. Biz bolada asosan maqsad sari intilish
hissini shakllantirish va doimo o‘z ishini oxiriga etkazish kabi hislatlarni tarbiyalab
borishimiz darkor. Har doim ham bola bir mashg`ulotning o‘zida boshlagan
rasimni oxiriga etkaza olmaydi, sababi, vaqt yetmaydi
yoki charchab qoladi.
Bunday holda bolaga rasmni keyin davom ettirishini maslahat beriladi. Ba’zida esa
bola boshlagan ishini oxiriga yetkazmay turib, «Chizishni xohlamayman», deb
turib oladi. Sababi, ko‘pincha bola rasmni biron bir detalini chiza olmay qolsa,
shunday qila boshlaydi. Aynan nima bolaga qiyinchilik tug‘dirayapti, shuni
aniqlab, eng ma’qul bo‘lgan maslahatni berish kerak. Agar gap bunda emas, balki
bola hamma boshlagan ishini ham oxiriga etkazmasligini aniqlansa, unday holda
bolaga yumshoq muomalada turib, ishni oxiriga etkazish zarur ekanligi
tushuntiriladi. Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda
(rasm,applikatsiya, yasalgan figuralar) namo
yon bo‘ladi. Iloji boricha ota-onalar
bolaning qiziqishi, bajara
yotgan ishi haqida suhbatlashishi kerak. Eng avvalo,
boladan o‘z ishida nimani aks ettira olishi, aynan qaysi detal ustida qiynala
yotgani
va bajargan ishidan qoniqqanligi haqida gaplashish zarur. Eslatib o‘tish joizki,
haddan tashqari qattiqqo‘llik bolani ijodiy faoliyatini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini
so‘ndiradi. Shuning uchun tanbehni maslahat tarzida berish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘p maqtov esa bolada o‘zboshimchalikni yuzaga keltiradi. Hamkorlikda
bajarila
yotgan ish haqidagi muhokama bolada o‘z ustida qayta-qayta ishlash,
o‘ziga to‘g‘ri baho berish va kamchiliklarni to‘g‘rilash kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
Bu nafaqat maktabda,balki hayot davomida ham asqotadi. Rasm mashg‘ulotini
haftasiga 1-2 marta o‘tkazish kerak. Loy ishi ham huddi shunday faqat
applikatsiyani haftasiga bir marta o‘tkazgan ma’qul. Agar bolada mashg‘ulotdan
tashqari rasm chizish, qirqish, yasash istagi tug‘ilsa, unga imkoniyat yaratib berish
lozim.
Mashg‘ulot vaqti 25-30 daqiqadan oshmasligi lozim. Shunday paytlar bo‘ladiki,
bola o‘z ishini oxirigacha yetkaza olmaydi. Agar bunga vaqt sabab bo‘lsa, albatta
bolaga o‘z ishini tugatishi uchun vaqt ajratish kerak. Bola bajara
yotgan ish uchun
ancha vaqt sarf bo‘lsa, unday holda bolaga ishni boshqa payt tugatish kerakligini
sekin va mayin ohangda tushuntirish lozim. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga
116
nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat,
odamlar, jamiyat hayotidagi hodisalar haqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib
borish kerak. Bola bilan suhbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat
hodisalari, hayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqarl kitoblar
o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Kattalar bolani atrofga nisbatan qiziqishini va
mehr-muhabbatini oshirishlari kerak. Ota-onalarning bolani o‘rab turgan olam,
nimalarga e’tiborini qaratish, bo‘la
yotgan hodisalarga berayotgan bahosi ko‘p
holda bolani olamga nisbatan bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bolani olam haqidagi
tasavvurini kengayishida bolalar kitobi va kinofilm, diafilmlarni o‘rni katta. Rasm
mashg‘ulotini o‘tkazish yo‘llari turli xil bo‘lishi zarur. Birinchi holda bola aniq bir
predmetni chizsa:(masalan o‘simlik) ikkinchi holda o‘qilsa, kitobga illyustratsiya
qilinadi, unda o‘rab turgan olamni tasvirlaydi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning
asosiy mavzusi – insonlarni o‘rab turgan olamga oid bo‘lishi kerak. Bolalarga
hamma narsa qiziq ko‘rinadi, shuning uchun ular o‘zi uchun har kuni yangilik
yaratishadi. Bolalar o‘z tasavvuridagi olamni qog‘ozga tushirib, bundan katta zavq
olishadi. Ota-onalar esa bolaning texnik qobiliyati, tasavvuri va olam to‘g‘risidagi
tushunchasini hisobga olib qiziqarli mavzu tanlashida
yordam berishlari kerak.
Tayyor ko‘rgazmani qog‘ozga to‘g‘ri tushira olish ham bir mahorat. Bola bilan esa
kompozitsiyani rasm qog‘oziga to‘g‘ri tushira olish haqida qog‘ozga to‘g‘ri tushira
olish haqida gaplashish juda muhim. Bolalar kitobidan ilyustratsiyali rasmlar va
rassomlar ishini bolalarga ko‘rsatib o‘tish zarur. Bolaga shunday materialdan
foydalanishni maslahat berish kerakki, rasmda u
yoki bu mavzular aniq
ko‘rinishga ega bo‘lsin. Masalan, qish tasvirini bolalar bo‘
yoq yoki guash orqali
aniq tasvirlab bera oladi. Bahor tasvirini akvarelda
yoritib bergan ma’qul. Bola
hayotidagi biror bir voqea
yoki umumiy bir ko‘rinishdagi bola qalam yoki
bo‘
yoqlar yordamida qog‘ozga tushirishi kerak. Shuni esda tutishi kerakki, qalam
bilan chizish o‘zoq vaqtni oladi va qalamni kuch bilan bosib bo‘yash, uni
qattiqligini hisobga olganda bolaga biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shuni hisobga
olib, bolaga katta hajmdagi qog‘oz berish tavsiya etilmaydi va bo‘yash uchun
qalamdan foydalanmagan ma’qul. Agar bola rasmni shoshilib, e’tiborsizlik bilan
chiza
yotgani yoki charchaganini sezsak, unga rasmni keyin davom ettirish ham
mumkinligini tushuntirish lozim.Agar syujet ko‘rsatmasi
yorqin ranglardan
foydalanishni talab qilsa, bunday holda guash va temperdan foydalanish kerak.
Bola kitobda tasvirlangan illyustratsiyaga xos rasm chiza
yotganda, ma’lum
personajlar harakatiga kirishib ketadi. Ular bilan birga ham xayajonlanadi ham
xavotirga tushadi. Syujetdagi ko‘pgina personajlarni harakatdagi holatini
tasvirlash bolaga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ota-ona bola imkoniyatini
hisobga olib qo‘lidan kelgan personajni tasvirlab chizishni tavsiya etishi zarur.
117
Bolalar uchun ertakning syujetli ko‘rgazmali tomonini
yoritib berish oson kechadi.
Masalan: qu
yon va bo‘g‘irsoq uchrashuvi, Zumrad va Qimmat uchrashuvi va
hokazo. Lekin bolaga har safar ertakni faqat syujetli tomonini
yoritib chizdirsak
noto‘g‘ri bo‘lar edi. Bolalarda fantastik obrazlarni tasvirlash kuchli bo‘ladi va ular
fantaziyasini o‘stirish o‘ta muhimdir. Shuning uchun bolaga sehrli daraxt,
afsonaviy bog‘, sehrli qush rasmini chizish tavsiya etiladi. Bu rasmlarda bola ijodiy
yondoshishi kerak. Bola bilan oldin suhbat o‘tkaziladi: «Ishni nimadan boshlash
kerak? Tasavvuringdagi obrazni qog‘ozga qanday tushirasan?» kabi savollar
beriladi. Bunday savollar bolaga ko‘rgazmani ko‘z oldiga keltirib ko‘rishiga va
anglab etishiga
yordam beradi. Rassomchilik san’atining foydali bir ko‘rinishi –
naturadir. Natura bolani qabul qilish doirasini atrofga nisbatan diqqat va
tasavvurini boyitib, kuzatuvchanligini oshiradi. Buning uchun oddiy bir predmet
tanlanadi. Masalan barglari aniq bo‘lgan alohida-alohida joylashgan uy gullari
yoki guldastadagi gul. Tanlangan predmet hammaga yaqqol ko‘rinarli qilib
qo‘yiladi. Bolaga obyektni diqqat bilan kuzatish taklif qilinib, ayniqsa gul va
barglarning joylashishi ketma-ketligiga, gul, guldon formasiga nisbatan qiziqish
uyg‘otiladi. Iloji boricha guldon shaklini qo‘l bilan silab ko‘rsin. Bolalar o‘yinchoq
rasmlarini chizishni yaxshi ko‘rishadi. Agar bola mavzuga xos rasm chizishga
qiynalsa, bunday holda o‘yinchoq rasmini chizishga maslahat bering. Buning
uchun bolaga chizish oson bo‘lgan va bola o‘zi tanlagan o‘yinchoqni beriladi.
Avvalo o‘yinchoqning tuzilishiga, shakliga, ranggiga e’tibor berish, o‘yinchoq
qismlariga diqqat qaratish kerak. Eng qadimgi san’at asarlaridan biri bu dekorativ
san’atdir. Odamlar uy, idish va kiyimlarini ushbu san’at ko‘rinishi asosida
yasatishga urinishgan. Bolalarni ushbu san’at turi bilan tanishtirish o‘ta muhim.
Ko‘pgina shahar va tumanlarda maxsus san’at muzeylari mavjud. Bola ijodkorligi
va estetikasini oshirish uchun albatta muzeyga olib borib, san’at turlari bilan
tanishtirish zarur. Naqsh va dekorativ kompozitsiyalar yaratishni ko‘proq qizlar
xush ko‘rishadi. O‘g‘il bolalarni ham bu qiziqarli rasm turi bilan tanishtirish
maqsadga muvofiq. Bolani ushbu san’at turi orqali tasavvurini yanada kengaytirish
uchun dekorativ mato, ma’lum dekoratsiya asosida yasalgan idishlar, dastro‘mol va
boshqa turli xil narsalarni ko‘rsatib baho berish tavsiya etiladi. Bola diqqatini
naqsh elementlariga (geometrik forma, gul, barg, qush) qaratish va ularni naqshda
ritmik joylashtirishga ko‘maqlashish zarur. Bola rasmlarni qalam va bo‘
yoqlar
bilan bezatishi kerak va ko‘ngliga
yoqqan dekorativ bezakni tanlashi mumkin.
Bola uchun qiyin bo‘lmagan naqshni tanlab, huddi shunga o‘xshatib, naqsh
chizishni taklif qilish lozim. Chizila
yotgan naqsh elementlari, chiziqlari uzunligi
15-20 sm, eni 5-6 sm ni ko‘zdan kechirib chiqiladi. Agar bu bolaga qiyinchilik
tug‘dirsa, bolaga naqsh elementlarini ma’lum shaklga keltirishni taklif qilinadi.
118
Masalan: to‘rtburchak (dastro‘molcha, salfetka) misolida keltirilib, ushbu shakl
chet qismi va o‘rtasini naqshlar bilan bezatiladi. Doira (likopcha) shaklida esa
naqshni o‘rtaga
yoki o‘rta va chetga joylashtirish mumkin. Dekorativ
kompozitsiyani yaratishda bolalar ma’lum shakl va shakllarni bir necha
marta takrorlab chizishi mumkin, lekin undagi naqshlar turli xil bo‘lishi shart.
Bola tanlagan rasm mavzulari turlicha bo‘lishi kerakligi haqida gapirildi.
Bolalar odatda bilgan rasmlarini qayta-qayta takrorlab chizishadi. Bunday holatda
bolaning chizish malakasi boyimay, tasavvuri o‘smaydi. Shuning uchun har xil
mavzu va turli mazmundagi rasmlarni chizdirish foydadan holi emas.
Tasviriy faoliyat estetik tarbiyani shakllantirish bilan birga bolani chizish
malakasini oshirib, hamda maktabga tayyorlaydi va shu asosda qo‘l muskullarini
shakllantirib
yozishga o‘rgatadi. Nafaqat rassomlik, balki tasviriy faoliyatning
barcha turlari: applikatsiya, loy, to‘qish, qurish-yasash bolani qo‘l muskullarini
shakllantiradi. Lekin rasm chizish faoliyati boshqa tasviriy faoliyatdan farqli
o‘laroq, bolani
yozishga nisbatan tayyorgarligini oshiradi, sababi ruchkaga yaqin
qurollardan (qalam, mo‘yqalam) qurollardan foydalanish hisoblanadi.
Psixologlar fikricha,
yozishni o‘rganish uchun grafik va texnik malakalarni
kuzatib, bajarish muhim, bunda harf elementini to‘g‘ri o‘xshatib chizish
yoki
ma’lum harf formasini bir-biri bilan to‘g‘ri birlashtirish hisobga olinadi.Ta’limiy
faoliyat paytida ruchkani to‘g‘ri ushlab, qo‘lni ohista harakatlantirish muhim.
Sanab o‘tilgan ko‘pgina malakalar rasm chizishda qo‘llaniladi. Agar bola diqqat
e’tiborini to‘g‘ri o‘tirgan holda rasm chizishga o‘rgatsak, ya’ni qog‘ozni
buklamay,suyanmasdan, qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, boshlagan ishini
oxiriga etkazish kabi faoliyatlarni namo
yon qilsak, bola maktabga chiqqach,
ma’lum talab va qoidalarga tez ko‘nikib ketadi va
yozishga qiynalmaydi.
Agar kattalar bolalar kattalarga o‘tirish va
yozish texnikasini o‘rgatishmasa, bola
maktabda ham noto‘g‘ri o‘tirish va ruchka, qalamni noto‘g‘ri ushlash oqibatida o‘z
ishini bilmagan holda barmoqlari bilan
yopib qo‘yadi. Yozuvga o‘rgatish uchun
bola qo‘l harakatlarini tekis yo‘naltirishga o‘rgatish kerak. Rasm chizishda bu
harakatlarni naqsh elementlarini namo
yon etishida ko‘rish mumkin.
Masalan: rasmni bo‘ya
yotganda qalamni bir tomonga yo‘naltirish. Bolaga rasmni
shoshilmasdan, ozoda bajarishga o‘rgatish kerak. Bola o‘z ishi va harakatini
boshqara olishi kerak. Masalan: katta guruh tarbiyalanuvchilari rasmni
bo‘ya
yotganda belgilangan chiziqdan chiqarmasdan bo‘yashlari kerak. Harflarini
bir tekisda
yozish uchun bolalar barmoq haraktlarni mashq qilish kerak. Bu
harakatlar
har
mashg‘ulotda
takrorlab
va
mustahkamlanib
boriladi.
Mashg‘ulotdan tashqari kattalar bolaga oq qog‘oz berib, dekorativ san’at turiga xos
turli chiziq burma shakllarni chizish taklif qilishlari mumkin. Bolani qo‘li qancha
119
ko‘p harakat qilsa, uning mustaqil, tekis va chiroyli
yozishi ham shuncha oson
bo‘ladi. Yozuv – o‘z qonun-qoidalari va afzalliklariga ega. Bolalarni
yozishga
o‘rgatish uchun, ma’lum mashqlar
yordamida har mashg‘ulotda yozdirishimiz
kerak.Buning uchu ota-onalarga
yordam tariqasida yozuv daftarini olishimiz
mumkin.Bola bu mashqlarni tez-tez takrorlab
yozish malakasiga ega
bo`lishadi.Yozuv daftaridagi nuqtalarni birlashtirish asosida harflar yigindisini
yoki qisqa so‘zni hosil qilishadi. Bola qilgan xatolikni ota-onalar tug‘rilab borishi
kerak. Bola
yozayotgan paytda uning qo‘l harakatiga, qalam, ruchkalarni to‘g‘ri
ushlab
yozishga e’tibor berish kerak. Bola yozuv haqidagi ma’lum ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lgandagina bolani
yozishga o‘rgatgan ma’qul. Yozishni yanvar
va fevral oyidan boshlagan ma’qo‘l. Mashg‘ulotni haftada 1-2 marta o‘tkazish
kerak. Tasviriy faoliyatni barcha turlarini ota-onalar o‘zi oilada olib borishlari
mumkin. Bu bolani estetik tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |