Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
1.E’tiqodga taalluqli bo‘lgan bid’atlar: mutazilalar, ravofizlar,
juhaymiya va boshqa
toifalarning ahli sunnat va jamoat e’tiqodiga qo‘shgan fikrlari e’tiqodiy bid’atlardir.
2. Alloh va uning rasuli ko‘rsatmagan bir ish yo odatni ibodat sifatida dinga kiritish
kabilar amaliyotdagi bid’atlardir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bid’atlardan ogoh etib: «Sizlar Allohning yo‘liga ergashinglar,
o‘zga yo‘llarga ergashmanglar», deb marhamat qildilar (Abdulloh ibn Mas’ud rivoyati).
Bid’atga qarshi kurashishning yo‘li ilm va ulamolardir. Ulamolar
deganda ilmiga amal
qiluvchilarni tushunmoq kerak. Ilmga amal qiladigan ulamolarning kamayishi bid’atning
rivojlanishiga olib keladi. Allohning kitobi va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlarini o‘rganib,
ularga amal qilib, farzandlarimizni ushbu yo‘lda
tarbiya qilsak, inshaalloh, bidat
balosidan xalos bo‘lamiz.
Savol: Mo‘minlar halokatiga besh narsa sabab deb eshitdim. Ular
nimaligini aytsangiz.
Javob: G’ofillik,
ibodat va aqidada shak qilish, fitna, xarom tutun (chekish) va nafs
istaklari mo‘minlar halokatiga sababdir (Ashboh va Nazoir).
Dostları ilə paylaş: