Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Ellik birinchi majlis DO‘ZAXNING BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə61/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Ellik birinchi majlis DO‘ZAXNING BAYONI

Alloh taolo aytadi: «Va kofir bo‘lgan kimsalar to‘da-to‘da bo‘lib jahannamga haydaldi. Qachon ular (jahannamga) kelib yetganlarida, uning darvozalari ochildi va uning qo‘riqchilari (kofirlarga): «Sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan payg‘ambarlar – Parvardigoringizning oyatlarini sizlarga tilovat qilgan hollarida va sizlarni mana shu kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar», deganlarida ular: «Ha, (kelganlar), lekin azob So‘zi kofirlar ustiga haq bo‘lgandir, (bas, bizlar ham ularni yolg‘onchi qilganimiz sababli mana shu azobga giriftor bo‘ldik), dedilar. (Shunda ularga) aytildi: «Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!» Bas, kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!» (Zumar surasi, 71–72-oyatlar).

Rivoyat qilinadiki, ahli jahannam do‘zaxga yuzlari qora, ko‘zlari ko‘kargan, og‘izlari esa muhrlangan holatda haydab kelinadi. Do‘zaxning eshiklari oldiga kelganlarida zaboniyalar (do‘zax posbonlari) ularni kishan va zanjirlar bilan kutib oladilar. Zaboniyalar zanjirlarni ularning og‘izlaridan kiritib, orqalaridan chiqaradilar. O’ng qo‘llarini bo‘yinlariga kishanlaydilar, chap qo‘llarini esa ko‘kraklaridan ikki yelkasini orqasidan chiqaradilar va zanjir bilan qattiq bog‘laydilar. Har bir kofirni o‘zining hamrohi bo‘lgan shayton bilan birga bog‘laydilar. Ular yuzlari bilan yurishga majbur qilinadi. Farishtalar ularni temir gurzilar bilan uradi. Har qachon ular do‘zaxdan chiqishni xohlaganlarida, ularni qaytadan do‘zaxga tashlaydilar. Xuddi Alloh Qur’onda bayon qilganidek: «Qachonki ular do‘zaxdan chiqmoqni xohlaganlarida, ular unga qaytaradilar va «o‘zlaringiz yolg‘onga chiqargan do‘zaxning azobini totib ko‘ringlar» deyiladi».

Hikoya qilinishicha, Abu Yazid to‘xtamasdan ko‘z yosh to‘kib yig‘lar edi. U kishidan buning sababini so‘radilar. Shunda u kishi: «Agar Alloh menga: «Gunoh qilsang, seni abadiy do‘zaxga qamayman», deganida, to‘xtamay ko‘zyosh to‘kishim haqli bo‘lardi. Endi menga: «Agar gunoh qilsang uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga tashlayman, deb va’da bergan bo‘lsa, nimaga yig‘lamayin», degan ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi. «Ey Jabroil! Menga jahannamni vasflab ber!» dedim. U aytdi: «Alloh jahannamni yaratgandan keyin uni ming yil qizdirdi, so‘ngra yana ming yil qizdirgach, u oqardi, so‘ng yana ming yil qizdirgach, u qoraydi. U hozir qop-qorong‘u kechadek. Uning alangasi aslo o‘chmaydi».

Rivoyat qilinishicha, Alloh Jabroil alayhissalomni zaboniyalar kattasi Molikning oldiga do‘zaxdan bir parchasini olib, taom pishirib, Odam alayhissalomga olib borish uchun yubordi. Molik: «Ey Jabroil, jahannamdan qancha miqdorda olmoqlikni xohlaysiz», deb so‘radi. Jabroil alayhissalom: «Xurmo miqdoricha», dedi. Molik: «Agar sizga xurmo miqdorichasini bersam, yetti qavat osmonu yetti qavat yer uning haroratidan erib ketadi», dedi. Jabroil alayhissalom: «Unday bo‘lsa uning yarmi miqdorini ber», deb aytdi. Shunda Molik: «Agar siz aytayotgan miqdorni bersam, osmondan biror tomchi yomg‘ir yog‘maydi, yerdan birorta o‘simlik o‘smaydi», dedi. So‘ngra Jabroil alayhissalom: «O’ Parvardigor, olovdan qancha miqdorda olayin?» deb nido qildi. Alloh: «Jahannamdan zarracha miqdor ol», deb amr etdi. Jabroil alayhissalom jahannamdan zarracha miqdor olib, yetmishta daryo suviga uni yuvib, so‘ng uni baland tog‘ning cho‘qqisiga qo‘ydi. Bu tog‘ erib ketdi. Olov jahannamga ko‘tarildi. Uning tutuni tosh va temirlarda qoldi. Hozirgi olovlar o‘sha zarrachaning tutunidir.

Muhammad ibn Ka’b dedilar: «Ahli jahannam besh bora duo qiladilar. Alloh ularni to‘rttasiga javob berib, beshinchisiga aslo javob qaytarmaydi. Ular aytadilarki: «O’ Parvardigor, gunohlarimizni e’tirof etamiz, bu yerdan chiqishning iloji bormi?» Alloh ularga: «Sizlarning bu azoblanishlaringiz yagona Allohga chaqirilganingizda kofir bo‘lganlaringiz. Allohga sherik qilinsa ishonganlaringiz sabablidir», deb javob beradi. Ular: «O’ Parvardigor, biz ko‘rdik va eshitdik, endi bizlarni dunyo hayotiga qaytar, biz solih amallar qilamiz», deydilar. Alloh: «Sizlar avval: «Biz aslo yo‘q
bo‘lmaymiz», deb qasam ichmaganmidinglar», deb javob beradi. So‘ng ular: «O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan chiqargin, biz senga kofir bo‘lmasdan solih amallar qilamiz», deydilar. Alloh ularga:

«Sizlarga eslatma oladigan miqdorda umr bermaganmidik va sizlarga ogohlantiruvchi kelmadimi?!» deydi. So‘ngra ular: «O’ Parvardigor, bizlarning baxtsizligimiz bizga g‘olib keldi va biz adashgan qavmlardan bo‘ldik. O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan hayoti dunyoga qaytar, agar biz yana kofir bo‘lsak, unda biz zolimlardan bo‘lamiz», deydilar. Alloh ularga: «Jahannamga daf bo‘linglar va Menga boshqa so‘zlamanglar», deb javob beradi. Ular bundan so‘ng aslo gapirmaydilar. Bu hol azobning eng shiddatlisidir. «Ular u joyda (jahannam o‘tidan orom beradigan) biron salqinni va biron ichimlikni topmaslar! Faqat qaynoq suv va yiringnigina (topurlar)! (Mana shu ularning qilmishlariga) yarasha jazodir!»

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar do‘zaxdagi yiringlardan bir chelagi bu dunyoga tashlansa, dunyo ahlining barchasini kuydirib yuboradi», deganlar. Qur’oni karimda esa: «Har qachonki ularning terilari kuyib ketgach, azobni totishlari uchun ularning terilarini boshqa (yangi) terilarga almashtiramiz», deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Ularni jahannam har kuni 70 ming marta kuydirib kul qiladi, har qachonki kuyib ketganlarida ularga «qaytinglar» deyiladi, ular avvalgi hollariga qaytadilar va aslo o‘lmaydilar, Alloh aytganidek: «ularga har tomondan o‘lim keladi, holbuki, ular o‘lguvchi emasdir».

Qiyomat kuni kofirlar deyishadi: «O’ Parvardigor, bizga bizlarni adashtirgan ins-jinslarni ko‘rsatki, ularni oyoqlarimiz ostiga tashlab toptaylik». Iblis uchun do‘zaxga minbar qo‘yiladi. Iblis minbarga ko‘tariladi. Uning oldiga kofirlar va unga ergashganlar jamlanadilar, aytadilarki: «Ey mal’un, sen bizlarni haq yo‘ldan adashtirding». Shunda iblis: «Albatta, Allohning sizlarga qilgan va’dasi haqdir. Men uchun sizlarning ustingizda hukmronlik yo‘qdir. Lekin men sizlarni da’vat qildim, sizlar ijobat etdingiz. Meni malomat qilmanglar, balki o‘zingizni malomat qilinglar. Men sizlarga hujjat keltirdim va sizlar meni ko‘rmadinglar ham. Bas, meni malomat qilmanglar, balki o‘zlaringizni malomat qilinglar», deydi.

Hikoya qilinadiki, ahli jahannam ming yil dod-faryod qiladi, so‘ngra: «Agar biz bu dunyoda sabr qilsak, biz uchun rohat bo‘lardi», deb so‘ng yana ming yil sabr qiladi. Lekin ulardan azob yengillatilmaydi. So‘ngra ular: «Sabr qilamizmi, qilmaymizmi, baribir ekan», deydi va Molikka: «Ey Molik, bizlarga va’da qilingan narsa haqiqatan ro‘yobga chiqdi, azob bizlarga og‘ir bo‘ldi, terilarimiz kuyib ketdi, agar bizlarni do‘zaxdan chiqarsang, aslo kufrga qaytmaymiz», deydi. Molik ularga:

«Sizlarga ochiq-oydin hujjatlar bilan payg‘ambarlar kelmaganmidi?» desa, ular: «Albatta, kelgan edi», deyishdi. Shunda: «Duo qilaveringlar, baribir duolaringiz foyda bermaydi», deyiladi ularga: «O’ Parvardigor, bizlarning baxtsizligimiz ustimizdan g‘olib keldi va biz adashgan qavmlardan bo‘ldik. O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan chiqar, agar biz yana kufrga qaytsak, zolimlardan bo‘lurmiz», deb yolvorishadi ular. Alloh hatti dunyo muddatining ikki baravar miqdoricha vaqt ularga javob bermaydi, so‘ng: «Daf bo‘linglar va Menga gapirmanglar», deydi. Ular jahannamdan chiqishdan umid uzishib, Allohdan ming yil yomg‘ir tilaydilar. Shunda ularga qizil bulutlar kela boshlaydi. Ular yomg‘ir yog‘adi, deb gumon qiladilar, ammo xachirdek-xachirdek kattalikdagi chayonlar yog‘adi. Agar ulardan biri bir marta chaqsa, ming yil alami ketmaydi. So‘ngra ular Allohdan yana ming yil yomg‘ir talab qiladilar. Ularga qora bulutlar kela boshlaydi. Yo bulut yomg‘ir emas, balki tuyaning bo‘ynidek keladigan ilonlarni yog‘diradi. Agar ulardan biri bir marta chaqsa, alami ming yilda ham ketmaydi. Bu Allohning Qur’oni karimda: «Ular fasod qilganliklari sababli Biz ularga azob ustiga azobni ziyoda qilamiz», degan so‘zining ma’nosidir.

Ahli ilmlardan biri aytadi: «Do‘zax yettita bo‘lib, avvalgisi Sa’irdir. Alloh Qur’oni karimda: «Endi Sa’ir egalariga halokat bo‘lgay!» degan. Unga haqni yolg‘onga chiqarguvchilar kiradi. Ikkinchisi – Lazo. Alloh Qur’oni karimda: «Yo‘q, (hech qanday to‘lov uni azobdan qutqara olmas)! Albatta, (kofirlar tashlanadigan do‘zax o‘z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo‘lgan) bir olov (ya’ni, Lazo)dir», degan. Unga zakotni haqdorlarga bermaydiganlar kiradi. Uchinchisi – Saqar bo‘lib,
Alloh taolo u haqda shunday xabar beradi: «(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida), ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Miskin-bechoraga taom beruvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘uvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarlar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik)». To‘rtinchisining nomi

– Jahim. Alloh Qur’oni karimda: «Bas, ana o‘shanda kim (hayoti dunyoda kufri isyon bilan) tug‘yonga tushgan va hayoti dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahim do‘zaxigina (uning uchun) joy bo‘lur!» degan. Do‘zaxning ushbu turi havoi xohishga ergashganlar uchun yaratilgandir. Beshinchisi – Jahannam. Alloh taolo Qur’oni karimda: «Albatta, jahannam ularning barchalariga va’da qilingandir», degan. Oltinchisi – Hoviya. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: «Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi Hoviya (ya’ni, jarlik)dir. Uning nima ekanini qaerdan ham bilar eding?! (U) qizigan do‘zaxdir». Yettinchisining nomi – Hutoma. U chaqimchilar uchun yaratilgan bo‘lib, Alloh taolo Qur’oni karimda u haqda deydi: «Yo‘q, (uning bu hisob-kitobi bekordir)! Qasamki, albatta, u Hutoma (ya’ni chil-parchin qilguvchi do‘zax)ga tashlanur. (Ey inson) Hutoma nima ekanligini qaerdan ham bilar eding?! U Allohning yoqib qo‘yilgan bir olovidirki, (o‘z alangasi bilan badanlarni teshib o‘tib, yuraklarga qadar yetur!)» degan».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga o‘tirgan edik. Shunda haybatli va dahshatli bir ovozni eshitdik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu nima ekanini bilasizlarmi?» deb so‘radilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir», dedik. «Bu jahannamga yetmish ming yil avval tashlangan tosh bo‘lib, endi uning tubiga yetdi», dedilar Nabiy alayhissalom.

Abu Dardo raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar:

«Ahli jahannamga ochlik yo‘liqadi. Ular shu darajada och qoladilarki, buning alami boshqa azoblardan ham qattiq bo‘ladi. Shunda ular taom so‘raydilar, ularga zaqqumdan beriladi. Alloh Qur’oni karimda aytganidek: «So‘ngra, albatta, sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumrohlar, shak-shubhasiz (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, undan qorinlaringizni to‘ldiruvchidirsizlar. So‘ng uning ustiga qaynoq suv ichguvchi, (ichganda ham) tashna, to‘ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar!»

Xabarlarda kelishicha, do‘zax zaboniyalarining har biri bir irg‘itishda jahannamga qirq ming ahli do‘zaxni irg‘itar ekan. Ular rahm qilish va yumshoq muomalada bo‘lishni bilishmaydi.

Muoz ibn Jabal raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, ahli do‘zaxlarning terilari soatiga yuz marta almashtiriladi. Abu Shayboning rivoyatida esa, ahli do‘zaxlarni do‘zax bir kunda yetmish ming marta kuydirib yuborar ekan, har safar kuyganida, ularga, qaytinglar, deyiladi, ular avvalgi hollariga qaytadilar. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kofir kimsaning tishi Uhud tog‘idek, terisining qalinligi esa uch yillik yo‘ldek bo‘ladi», deganlar.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin