12.2-rasm. Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S
1
S
1
dan S
2
S
2
ga
qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W
1
dan W
2
ga qadar oshirishga erishadilar. Biroq,
ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqarishiga
olib keladi.
Aksariyat kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar.
Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakat
qiladilar. Bu ochiq turdagi kasaba uyushmalari uchun xos bo‘lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni,
ularning malakasidan qat’iy nazar, o‘z saflariga a’zo bo‘lishiga intiladilar. Bu o‘rinda, agar
kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda
tashkil etish ham mumkin bo‘ladi.
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan
bo‘shatib, ular o‘rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Biroq, o‘ziga
malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay
olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan
ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish
zaruratini yo‘qqa chiqaradi. Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha
ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda kasaba
uyushmalari korxona ma’muriyatini o‘z ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat
tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga undash orqali kasaba
uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan to‘liq mahrum etishi mumkin.
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi chizma orqali
ko‘rish mumkin (12.3-rasm).
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o‘z tarkibiga
kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi
W
1
dan W
2
ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig‘i SS dan W
2
aS ga
siljiydi. W
2
ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q
1
dan Q
2
ga qadar
qisqartiradilar.