Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1675- sonli Qaroriga binoan 2012 yilning 1
yanvaridan boshlab:
-
mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadi etib birinchi razryad
belgilangan, no’linchi razryad bekor qilindi;
-
respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning
Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam bo‘lmagan holda belgilangan.
Shunga binoan Mehnat kodeksining 155-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar
kiritilib,
mehnat haqining eng kam miqdori quyidagicha belgilab qo‘yildi:
«Muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq
bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif
setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi
to‘lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda
to‘lanadigan haqlar (157, 158-moddalar), shuningdek rayon koeffitsientlari (153-moddaning
to‘rtinchi qismi) qo‘shilmaydi».
Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qo‘llaniladi:
-
soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan
davlat xizmatlari uchun
boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
-
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati,
tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan
aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans
qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning
cheklangan miqdorini.
Pensiyani hisoblashning
bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va
kompensatsiya to‘lovlari,
shuningdek, xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashda
qo‘llaniladi.
Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo‘shimcha haq,
mukofotlar hamda
boshqa kompensatsiya va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning barcha turlari mazkur
to‘lovlarning so‘mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob
qilinadi.
2020 yilning 1 fevralidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish
haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy
yordam miqdori 1,7 barobarga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi «Mehnatga haq to‘lash,
pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi
PF-5723-son farmoni 1-bandida:
-
ikkinchi xatboshidagi «634880» raqami «679330» raqami bilan almashtirildi (mehnatga
haq to‘lashning eng kam miqdori);
-
uchinchi xatboshidagi «202730» raqami «223000» raqami bilan almashtirildi (bazaviy
hisoblash miqdori);
-
to‘rtinchi xatboshidagi «223000» raqami «238000» raqami bilan almashtirildi (pensiyani
hisoblashning bazaviy miqdori).
2019 yil 1 avgustdan boshlab:
-
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga
doir eng kam pensiyaning 50 foizdan 75 foizga oshirildi;
-
II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar-pensionerlarning pensiyalariga ustama
miqdori eng kam ish haqining 50 foizdan 75 foizga oshirildi;
-
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari
soniga
amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib
chiqib belgilandi;
-
I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik
nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov
joriy qilindi.
Mehnat haqi miqdori, shakli va tizimlari.
Mehnat kodeksining 153-moddasiga binoan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan
xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat
haqi qonun hujjatlari bilan
belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir
tarzda cheklanmaydi.
Xo‘jalik hisobidagi ayrim tarmoqlar (yoqilg‘i-energetika kompleksi, temir yo‘llari,
aviatsiya, maxsus qurilish va hokazolar)da ham tarmoq tarif setkalari tarmoq kelishuvlari
vositasida joriy etilgan.
Xo‘jalik hisobidagi mustaqil korxonalarda lokal tarif setkalar joriy etilishi mumkin.
Mehnat kodeksining 153-moddasiga binoan mehnat haqi shaklini
va tizimini tanlash
huquqi mehnat jamoalarining o‘ziga berilgan bo‘lib, jamoa shartnomalari va kasaba uyushmasi
bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda aks ettiriladi.
Quyidagi 12.1-rasmda MDH mamlakatlarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori
ko‘rsatkichlarinin ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: