-
tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli
ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini
ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo‘ladi);
-
tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq
miqdorini belgilab beradi;
-
mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha
haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha
farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab
maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi
va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi
ko‘zlanadi.
Rеspublikаdа tаrif sеtkаsi 22 ta rаzryaddаn tаshkil tоpgаn. Ishchilаr mеhnаtini 1-8
rаzryadlаr аsоsidа, mutаxаssis vа xizmаtchilаr 9-16 rаzryadlаr bo’yichа, yuqоri lаvоzimli
xizmаtchilаr esа 17-22 rаzryadlаr bo’yichа ishgа qаbul qilinаdilаr vа ulаrgа shu rаzryadlаri
аsоsidа ish hаqi to’lаnаdi. Rеspublikаdа аhоlini ijtimоiy himоyalаshni tа’minlаsh mаqsаdidа
iqtisоdiy rivоjlаnishdаgi inflyatsiya jаrаyoni dаrаjаlаrini e’tibоrgа оlgаn hоldа ish hаqining eng
pаst dаrаjаsini bеlgilаsh аsоsidа оshirib bоrilmоqdа. Shuningdek tarif tizimi orqali ish haqi
tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona razryadlari
aniqlangan. Narxlar o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar
ular o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.
21 may 2019 yilda «Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini
aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» PF-5723 sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
2020-yil 1-fevraldan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga quyidagi miqdorlar
belgilandi:
-
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 679 330 so‘m;
-
bazaviy hisoblash miqdori - 223 000 so‘m;
-
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - 238 610 so‘m;
-
eng kam yoshga doir pensiyalar - 466680 soʻm;
-
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466680 soʻm;
-
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
beriladigan nafaqa oyiga 286390 soʻm miqdorida belgilandi.
Bunda: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qo‘shimcha haq,
gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi
to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng
kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda
oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini
aniqlashda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: