Differentsial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial
renta II ga bo‘linadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga,
bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
Differentsial renta II xo‘jaliklarni
intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish
uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni
qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi
tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differentsial renta I
va II ni o‘z ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan
joylashuv bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan
iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning
davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi.
Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan
tabiiy sharoitda vujudga
keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer
davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida
markazlashtirilgan davlat byudjetida to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda
joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa
xo‘jaliklar bilan iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat
byudjetiga o‘tgan bu differentsial renta I mablag‘larini, mamlakat
oldida turgan vazifalarni
amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan
bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini
oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning
o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat byudjetiga jalb
qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o‘z
hissasini
qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish
uchun kapital mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi.
Shunday qilib, differentsial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulkchilik
monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Yerga bo‘lgan bu
mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar,
yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining
vujudga kelish
mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga
foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar.
Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli
xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi-monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda
uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari, uzumning alohida
navlarini,
sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini yetishtirish uchun imkoniyat
yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi
ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday
mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga
monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo‘shimcha daromad olinadi.
Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi ishlash uchun qulayligi jihatidan va konning
boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi
konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni
qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot
va shu kabilar qurish bilan
bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-
biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi formulasi
quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: