Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish va uni yakuniy tovar darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib
boradigan korxonadir.
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi vasanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga
tayyor
bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, oilaviy
xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik korxonalar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat
birlashmalari va korxonalari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning
birlashmasidir. Ya’ni, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular
mahsulotini
qayta ishlovchi korxonalar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir
texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma
ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan
birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va
iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va
korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik
mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushmalarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi
davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil
mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes turi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi.
Shu sababli respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko‘rib ishlash natijasida og‘ir
ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarining tarkibi fermer xo‘jaliklaridan iborat shirkatlar
uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan
fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon
xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan boradi. Fermer xo‘jaligining
barcha tashkiliy
shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‘rsatadi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish
O‘zbekiston
Respublikasining
«Fermer
xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi,
«Dehqon
xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga
hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga
va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan
uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan, birga bu xo‘jalik uchun
yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan
ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni
rag‘batlantirish uchun huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi.
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilma-agrofirmalar,
mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov
punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Shu vazifani bajarish yo‘lida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini
rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini
amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmonining 3.3.-bandida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirish asosida:
- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini izchil
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli
darajada oshirish;
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka,
sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va
uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
- fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir
qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan
shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish
va rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat
hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik
asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo,
moliyaviy va
boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va
irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga
intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni
joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
- kasallik
va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga
moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori
mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini kengaytirish;
- global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi
hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar
ko‘rish belgilangan.
Dostları ilə paylaş: