Microsoft Word Economic theory lecture 4


-rasm. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki



Yüklə 160,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.05.2023
ölçüsü160,02 Kb.
#108727
1   2   3   4   5   6   7
Economic theory - lecture 4

 
4.1-rasm. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki 
xil xususiyati 
 
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda 
tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida 
odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, 
alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat 
mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi. Mehnat 
unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan 
o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga 
sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki 
aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali 
tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti 
birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi 
tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki 
bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan 
vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi.
4.3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi 
nazariyasi 
Tovar qiymatining negizini aniqlashda quyidagi ikki asosiy yo‘nalish mavjud: 
1) qiymatning mehnat nazariyasi; 
2) qiymatning keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari bo‘lib Uilyam Petti, Adam Smit, David 
Rikardolar hisoblanadi. 
U.Petti qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u 
qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini 
belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va 
qiymati o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho 
metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
Aniq mehnat 
Abstrakt mehnat 
Mehnat 
Ijtimoiy nafliligi 
Tovar 
Ijtimoiy qiymati 
Ijtimoiy zaruriy naflilik 
Talabga mos miqdordagi tovar 
Ijtimoiy zaruriy mehnat 


A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» 
(1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U 
tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday 
sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar 
qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan 
o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. 
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan 
hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U 
tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib, har qanday 
ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini 
ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga 
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni 
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar 
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va 
rag‘batlantirishni tartibga soluvchi, ob’yektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan 
oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash 
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq 
bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning 
mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib 
chiqarilishlari yoki xonavayron bo‘lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy 
sarflarni kamaytirishni rag‘batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari 
bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat 
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan 
kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda 
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb 
bo‘lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab 
chiqarish usullarini o‘z vaqtida qo‘llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z 
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida 
bozor narxlarining tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. 
Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan 
iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‘lgan holda narx = qiymat. 
Talab > taklif bo‘lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‘lgan holda narx < qiymat.


Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki ob’yektiv qiymat qonunining 
ta’siri ostida bo‘ladi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo‘lib avstriya 
maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926), E.Bem-Baverk (1851-
1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda 
xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar hamda xizmatlarni ishlab chiqarishga ijtimoiy 
zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi 
sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi 
sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur 
nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga 
«ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat 
nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki 
nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita 
tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb 
hisoblaydilar:
1) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir 
ehtiyojlarini qondirish layoqati;
2) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’yektiv narxini 
bildiradi. Bu sub’yektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi 
va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. 
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim mashhur 
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat 
nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, deb 
hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni umumlashtirish yo‘li bilan aniqlik 
kiritishga harakat qildi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir 
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‘rdi. A.Marshall 
keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab 
chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi. 
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda keying qo‘shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish zarurligi haqidagi fikri 
juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning monistik nazariyasini yaratishga 
urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. A.Marshall nazariyasida 
qiymat va narx talab, ya’ni keying qo‘shilgan miqdor nafliligi hamda taklif, ya’ni tovar 
ishlab chiqarish xarajatlari tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali 
aniqlanadi. 
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor 
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan 
boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni umumlashtirishga o‘tildi. 


Lekin A.Marshall ushbu umumlashtirishni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy 
zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko‘ra 
olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o‘rniga qo‘shilgan naflilikni, ijtimoiy 
zaruriy mehnat sarflari o‘rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning 
qiymati ham, nafliligi ham to‘liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy 
davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy 
mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo‘ladigan tovarning ikki xil 
xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga 
sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning 
nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar 
manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi yoki xaridorlar 
manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar.

Yüklə 160,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin