qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy
shakli vujudga keldi.
Umumiy ekvivalent ro‘lining nodir metallarga, jumladan
oltinga yuklatilish
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;
- o‘z qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
Keyinchalik umumiy ekvivalent ro‘lini o‘ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar-
pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul-bu umumiy ekvivalent ro‘lini o‘ynovchi maxsus
tovardir.
Endi tovarlar ikkiga-bir tomondan, naflilikning ifodasi bo‘lgan tovarlarga va,
ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo‘lgan pulga ajraladi.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini
ko‘rib chiqamiz:
- qiymat o‘lchovi;
- muomala vositasi;
- jamg‘arish vositasi;
- to‘lov vositasi.
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal
ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab
va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi.
Aks holda,
narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning
qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog‘liq.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi.
Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini
birlik qilib olish zarur. Bunday birlik qiymat o‘lchovi deb ataladi. Bir tomondan
narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir.
Ikkinchi tomondan esa, u
muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun
davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan
olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi
paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul
muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshda pulning bevosita
kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lishi ayirboshlash vaqtida
qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini
belgilash zarur bo‘lgan. Keyinchalik metall quymalari o‘rniga metall tangalar ishlatila
boshlagan.
Uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar yoyilib ketishi, o‘z
vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli muomalaga to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat
belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda jam’arish vazifasini bajara boshlaydi.
Natural
xo‘jalik sharoitida jamg‘arish boylik to‘plash, mahsulot jamg‘arish shaklida amalga
oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul jamg‘arish
shaklini keltirib chiqaradi.
Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni
muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan
quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh turgan pul foyda keltirmasligi sababli pul
egalari uni harakatga solishga, uni foydali ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov
muddati kelgandan keyingina
to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz
berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz
pullar, veksel va banknotlar-pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib
chiqqan.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati
bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin) bilan emas,
balki qiymat belgisiga ega
bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi [4] (4.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: