Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Bu hadisi sharifni eshitganlar Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) «Omonatdan murod nima?» deb
so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Qo‘l — insonga Alloh (tomonidan berilgan) omonatidir. U bilan
harom narsaga yopishmaslik
kerak.
Oyoq — Allohning bir omonati. U bilan haromga yurmaslik, haromga bormaslik kerak. Tanosil
a’zolari omonat. Ular bilan zino qilmaslik lozim. Barcha a’zolar Allohning omonatidir.
Ularni bandalik
xizmatida, foydali ishlarda qo‘llash kerak. Shunday ish tutgan kishi kafolat ostida bo‘lganidek, o‘zi
ham ishonchli, eminlardan bo‘ladi. Aks holda xoinlardan bo‘ladi».
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Bir kishi Luqmondan:
— Siz Luqmonmisiz? — deb so‘radi.
Luqmon:
— Ha, men Luqmonman, — dedilar. O’sha kishi:
— Men bilganimda
siz zaif bir odam edingiz, bunday darajaga qanday erishdingiz? — dedi.
Luqmon:
— Shu uch narsa bilan.
1 Omonatga xiyonat qilmaslik.
2. To’g‘ri gapirish.
3. Keraksiz so‘z va ishlarni tark etish, ko‘p va foydasiz so‘zlashishni tashlamoq bilan erishdim, —
dedilar».
Ey, farzand!
Inson a’zoga omonatga xiyonat qilmasin.
Hazrati Muso (a.s.) Allohdan so‘radilar:
«Allohim! Omonatni yaxshi saqlab, ko‘rib, haqqini
berganga, haqqiga rioya etganga, joyiga,
o‘rniga topshirganga qanday ehsonda bo‘lgaysan?»
Alloh marhamat etdi:
«Ey, Muso! Omonatni yaxshi ko‘rgan va uni joyiga, o‘rniga topshirgan qulimni
qiyomat kuni
xavfdan emin etib, jannatimga kiritaman!»
Dostları ilə paylaş: